Infin bankning tashkiliy tuzilishi va faoliyatini strategik boshqarishni tashkil etish jarayonlari


Download 250.63 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi250.63 Kb.
#1618250
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Hisobot Doniyor


Mundarija

Kirish


  1. Infin bankning tashkiliy tuzilishi va faoliyatini strategik boshqarishni tashkil etish jarayonlari.

  2. Infin bankda boshqaruv strategiyalari va strategik rejalashtirish.

  3. Infin bankda amalga oshiriladigan strategiya turlari

  4. Infin bank faoliyatining SWOT va BCG tahlili

  5. Infin bankda hodimlar faoliyatini boshqarish.

Xulosa va takliflar
Ilovalar

Kirish
Zamonaviy bozor iqtisodiyati rivojlanib borayotgan bir sharoitda, xizmat va xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar, ko’rsatilayotgan, xizmatlar ko’rsatilayotgan xizmatlarning mavjud holatini yangilash va yaxshilash kabi innovatsion faoliyatni amalga oshirish orqali iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish masalasi har bir tashkilot oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo’lib turibdi. Buning uchun esa samarali faoliyatni, ayniqsa innovatsion strategik faoliyatni hamda chora-tadbirlarni amalga oshirish juda muhimdir. Shu o’rinda, innovatsion faoliyat - bu faoliyatlning o’zida yangi bilimlar, yangi xizmatlar, xizmatlarni ko’rsatilgan xizmatlarni, hodimlarni tayyorlash va boshqalarni birlashtiruvchi murakkab turidir.


Har bir xizmatning tashkiliy tuzilmasi o’ziga xosdir, u oldingi tashkiliy tuzilmalarni inobatga olib, rahbarlar topshiriqlarni taqsimlashni oldingi siyosatini va ichki muhitini aks ettiradi. Bundan tashqari har bir strategiya alohida omillarga va faoliyatga asoslanadi. Shu sababli tashkiliy tuzilmaga individual yondashuv maqsadga muvofiq.
Har bir tashkilot boshqaruvchisi tashkiliy tuzilmaning asosiy elementlari bilan shtab funktsiyalarini bir-biriga muvofiqlashtirish to’g’risida qaror qabul qilish jarayonida xizmat qiymatini yaratadigan asosiy va yordamchi funktsiyalarning strategik bog’liqliklarini inobatga olishlari zarur. Boshqaruv funktsiyalarining turlarini operatsiyalar ketma-ketligini inobatga olib, muvofiqlashtirish mumkin ya’ni xizmat ko’rsatiladigan iste’molchilar toifalarini, xizmat sotish kanallarini, texnik ko’nikmalarni va bilimlarni va boshqa shu kabilarni.
“2017 yil va undan keyingi davrga belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchta eng muhim talabga hal etuvchi darajada bog’liqdir.
Birinchi – davlat rahbari – Prezidentdan boshlab barcha bo’g’indagi rahbarlarning yakuniy natijalar uchun shaxsiy javobgarligi.
Ikkinchi – hamma sohada aniq tartib va qattiq intizomni ta’minlashimiz darkor. Yana bir bor ta’kidlayman, ishni birgalikda bajaramiz, natija uchun esa har birimiz shaxsan javob beramiz.
Uchinchi talab – kadrlarimizning sofligini ta’minlash, ishdagi har qanday salbiy holatlarning oldini olish va bunday illatlarning ildizini quritish.”
Regulyativ innovatsion faoliyatning yuqori shakli-bu innovatsion siyosatni ishlab chiqish va o’tkazish, innovatsion faolyaitni boshqarishdir.
Mahsulot sifatini yaxshilash orqali innovatsion loyihalarni boshqarib borishda innovatsiyalarni yaratish va tarqatish jarayonlarining tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy me’yoriy-huquqiy tartibga solinishi amalga oshiriladi. Innovatsion loyihalarni boshqarishga tizimli yondoshish innovatsion faoliyatni tartibga solishning har xil turlari organik birlashishi, majmuaviyligi, yagonaligi zarurligini bildiradi.
Xizmat va tashkilotlar hamda moliya muassasalarida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish samadorligini ta’minlash, ularning boshqaruv jarayonining samarasini ta’minlovchi samarali tashkiliy tuzilmani tanlash va shakllantirish nuqtai nazaridan kelib chiqib,bog’liq shart-sharoitlarni o’rganish muhim vazifalardan biri sanaladi.
O‘zbekiston respublikasi prezidentining qarori Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida. Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bank tizimida xizmatlar ko‘rsatishning bozor mexanizmlari joriy etilmoqda, ularning turlari kengaytirilmoqda, tadbirkorlar va aholi uchun moliyaviy ochiqlik oshib bormoqda.
Aholi uchun valyuta ayirboshlash amaliyotlarini amalga oshirishni yengillashtiruvchi yangi bank xizmatlari joriy etildi, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish uchun imkoniyatlar yaratildi.
Shu bilan birga, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga, ayniqsa, hududlarda rioya etish hamda moliyaviy ochiqlikni kengaytirish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish madaniyati va bank tizimiga bo‘lgan ishonchni yanada oshirishda bir qator muammo va kamchiliklar kuzatilmoqda.
Ishlab chiqarishning har qanday turini ko’rsatilgan sifatli xizmatlar, resurslarning muvofiq xarajatlarida va muvofiq muddatlarda ishlab chiqarishga to’liq tayyorligiga erishish uchun zarur sharoitlarni yaratish-ishlab chiqarishni tashkiliy-texnologik tayyorlashning asosiy maqsadi hisoblanadi. Shu o’rinda xizmat ko’rsatishda shart-sharoitlarining yaxshilanishi ko’rsatilayotgan xizmatning sifatini ham yaxshilanishiga olib kelishi eng muhim va zarur vazifalardan bir ekanligini unutmaslik lozim.
Tashkilotlarni tuzish – bu uning tarkibini shakllantirish, bo’limlarini aniqlash jarayoni bo’lib, uning maqsadlari va aniq vazifalarini bajarish uchun yetarli bo’lishi kerak.
Tashkilotning strukturasi xizmat maqsadlari va vazifalaridan kelib chiqqan holda tuziladi uning boshqarish pog’onalari, zvenolari xizmat faoliyati xususiyatidan kelib chiqib shakllantiriladi. Ishlovchi hodimlar, xizmatchilar va ishchilar soni ham strukturaga mos holda aniqlanadi.


Download 250.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling