Infin bankning tashkiliy tuzilishi va faoliyatini strategik boshqarishni tashkil etish jarayonlari


Download 250.63 Kb.
bet5/5
Sana19.06.2023
Hajmi250.63 Kb.
#1618250
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hisobot Doniyor

Infin bankning SWOT tahlili4

S

W

  • Xizmatning ko’p yildan buyon bozordagi mavqei, yani statusi;

  • Milliy bozordagi mahsulot realizatsiyasining yaxshiligi;

  • ISO sertifikatlarining mavjudligi;

  • Maishiy texnika bozoridagi faolligi;

  • Bozorda o’zining ko’plab potensial mijozlarga egaligi;

  • O’zining ichki labarotoriya hamda nazorat bo’limlarining tashkil etilganligi hamda ularning faol faoliyat olib borishi;

  • Texnik xizmat bo’limlarining hududlar bo’yicha joylashgani;

  • Eksport salohiyatining oshganligi

  • Respublikamizning barcha viloyatlarida o’zining texnik xizmat ko’rsatish bo’limlarining mavjud emasligi;

  • Vertikal integtratsiyani judayam murakkablashib ketganligi;

  • Harajatlarning ko’pligi;

  • Tez o’zgaruvchan bozor shartlariga moslashuvchanlik imkoniyatining nisbatan patligi;

  • Raqobatchi tarmoq kompaniyalarining bozorda o’ziga xos strategik usullarni qo’llashi

O

T

  • Yangi mahsulot turlari hamda assortimentini ko’paytirish;

  • Ekport imkoniyatlarini yanada o’sishiga erishish ;

  • Yangi (hududiy) bozorlarga kirib borish imkoniyati;

  • Yangi tarmoqlar sonini ko’paytirish

  • Yangi kuchli raqobatchilarning paydo bo’lishi (Artel, Samsung, Daewoo va Hiense kabilar);

  • Tarmoqdagi narxlarning o’zgarishi o’rtasidagi farqlar;

  • Xizmat xarajatlarini keskin oshishi;

  • Fors major holatlari;

  • O’rinbosar xizmatlarning kirib kelish xavfi;

  • Xaridorlarning o’rtasidagi raqobatlashish havfi;

  • Sifat ko’rsatkichlarining pastligi

Diversiyalangan kompaniya faoliyati turlari sifatini baxolashning eng keng tarkalgan usullaridan biri uning xujalik portfelini matritsali taxlil kilish xisoblanadi. Xo’jalik portfeli matritsasi diversiyalangan kompaniyani xar bir tarkibiy birligining strategik pozitsiyalari takkoslangan jadval kurinishida buladi. Matritsa, strategik taxlil pozitsiyalarni tavsiflovchi xar kanday ikkita kursatkich asosida tuzilishi mumkin. Eng axamiyatli kursatkichlar bulib, tarmokning usish sur’atlari, biror ulushi, tarmokning uzok muddatli jozibaliligi, rakobatbardoshlik va u yoki bu maxsulot va bozorning rivojlanish boskichi kabilar xisoblanadilar. Odatda matritsaning bir chizigi tarmokning jozibaliligini kursatsa, boshkasi undagi anik faoliyat turlarining axvolini kursatadi. Xujalik portfeli matritsalarining quyidagi xillari eng kup kullaniladi:



  • « usish / ulush» matritsasi;

  • «tarmokning jozibaliligi / rakobatdagi axvoli» matritsasi;

  • tarmokning xayotiy tsikli matritsasi;

  • Mak Kinsey matritsasi.

Eng keng kullaniladigan birinchi matritsa - ishbop faollik portfeli matritsasi turtta kvadrantdan iborat bulib, etakchi konsalting kompaniyasi «Boston Konsalting Group» tomonidan ishlab chikilgan. Uk chiziklarda tarmokning usish sur’atlari va bozorning nisbiy ulushi kayd kilinadi. Xar bir xujalik kismi doira shaklida ifodalangan bulib, uning xajmi korporatsiyaning barcha turdagi faoliyatidan olingan umumiy foydasida mazkur kism foydasining ulushi bilan belgilanadi. Mazkur xujalik birligi bozor ulushini dollarda emas, nisbiy birlikda ifodalangan va asosiy rakobatchining nazoratidagi bozor ulushiga bulgan nisbati bozorning nisbiy ulushi xisoblanadi. Masalan, agar «A» biznes bozorning umumiy xajmini 15 % ni egallagan bulsa, yirik biznes «V» ning ulushi 30 % bulsa unda «A» biznesning bozordagi nisbiy ulushi 0,5 foizni tashkil etadi. Agar, «A» biznes bozorda eng katta - 40 % ulushga ega bulib, asosiy rakobatchi 30 % ulushga ega bulsa, unda «V» biznes uchun bozorning nisbiy ulushi 1,33 ga teng buladi. Shunday kilib, fakatgina mos soxalarda bozor ulushi buyicha ilgor bulgan tarmoklarda bozorning risbiy ulushi 10 dan yukori buladi va aksincha ulardan ustun xisoblangan bitta yoki bir nechta rakobatchilarga bulgan kismlarda 1,0 dan past buladi.
So’rov belgilari yoki «murakkab bolalar» matritsaning yukoridan ung katagiga tushgan kompaniyalarni BKG «surov belgilari» yoki murakkab bolalar deb ataydi. Yukori usish sur’atlari ularni tarmok nuktai nazaridan jozibali kiladi. Lekin, bozorning nisbiy ulushini pastligi bu tarmoklar faoliyat olib borayotgan rakiblar bilan muvaffakiyatli rakobat kila oladilarmi degan savolni kuyadi. «Surov belgilari» yoki «murakkab bolalar» ning kismati shunday.
Yulduzlar. Tez usayotgan tarmoklardagi yukori nisbiy bozor ulushiga ega bulgan kompaniyalar jadvalida yulduzlar deb nomlangan. Chunki ular eng kup foyda olish va usish istikboliga ega buladilar.
Sogin sigirlar. Sekin usayotgan tarmoklarda yukori nisbiy bozor ulushiga ega bulgan kompaniyalar BKG jadvalida sogin sigirlar deb atalgan.
Itlar. Sekin usayotgan tarmoklardagi past nisbiy bozor ulushiga ega bulgan kompaniyalar. Bularning usish istikbollari zaif bulib, bozorda kolok pozitsiyalarni egallaydilar. Tajriba egri chizigida ilgorlardan keyinda turishlari ular oladigan foydaning xajmini cheklaydi.
«Usish- ulush» matritsasining asosiy ustunligi shundan iboratki, u nakd pullarning xarakati va xar bir biznesning investitsion ta’siridagi dikkatini karatadi. Korporatsiyaning moliyaviy resurslarini xujalik birliklari o’rtasidagi kanday kilib okilona taksimlash mumkin degan savolga javob beradi.
«Jozibalik - pozitsiya» matritsasida xar bir xujalik birligining axvoli tarmokning uzok muddatli jozibaligini kuchini kismining rakobatdagi pozitsiyasini son jixatdan baxolash asosida aniklanadi. Tarmokning jozibaligi - rakobatdagi pozitsiya matritsasi «usish- ulush» matritsasiga karaganda ancha kuchli kontseptual asosga egadir.
Xayotiy tsikl matritsasi diversiyalangan kompaniyaning turli xujalik birliklarini tarmokning xayotiy tsikli boskichlari buyicha taksimlanishini kursatadi.
Ushbu matritsa «Menejment asoslari» kursida batafsil kurib chiqilgan. Undan foydalanishdan asosiy maqsad menejerga firma portfelidagi urta xizmatlar urtasidagi moliyaviy oqimlarga bulgan talablarni aniqlashda yordam berishdir. BKG yondashuv uchta asosiy bosqichdan iborat:
- firma faoliyat soxasini urta xizmatlarga bulish va ularning uzoq muddatli istiqbollarini baxolash;
- urta xizmatlarlarni matritsa yordamida uzaro taqqoslash;
-xar bir urta xizmatlarga nisbatan strategik maqsadlarni ishlab chiqish.
BKGning asosiy tavsiyalari:
1. «Sog’in sigirlar»dan tushgan daromadlarning ortiqcha qismi tanlangan «yovvoyi mushuklar»ni rivojlantirish va rivojlanayotgan «yulduz»larni tarbiyalashga sarflanishi kerak. Uzoq muddatli maqsadlar «yulduzlar»ning pozitsiyalarini mustahkamlash va «yovvoyi mushuklarni» «yulduzlar»ga aylantirishdan iborat bulib, bu kompaniya portfelining jalb qiluvchanligini yanada kuchaytiradi.
2. Uzoq muddatli istiqbollari zaif yoki mavxum bulgan «yovvoyi mushuklar»ni shunday echintirish kerakki, kompaniyadagi moliyaviy resurslarga bulgan talabning kamayishiga erishish lozim.
3. Tarmoqdagi urta xizmatlar «kuchuk»larga aylanib qolganda kompaniya «xosilni yig’ib olish», «echintirish» yoki tugatish yordamida soxani tark etishi kerak.
4. Agar kompaniyaga «sog’in sigirlar», «yulduzlar» yoki «yovvoyi mushuklar» etishmayotgan bulsa, u xolda portfelni muvozanatlash uchun yon bosib, «echintirish» kerak buladi. Portfelda kompaniyaning sog’lom usishini ta’minlash uchun etarli miqdorda «yulduzlar» va «yovvoyi mushuklar» bulishi xamda ularni investitsiyalar bilan ta’minlash uchun «sog’in sigirlar» mavjud bulishi kerak.
BKG matritsasining asosiy afzalligi turli urta xizmatlar uchun moliyaviy mablag’larni oqimlariga qaratilishi va ushbu oqimlardan korporatsiya portfelini optimallashtirish uchun foydalanilishidir. Ammo BKG matritsasida bir qator kamchiliklar ham bor. Bu ikki ulchamli soddalashtirilgan model bulib, bir qator muxim omillarni xisobga olmaydi. Bozorning kichik qismini egallagan biznes ham juda katta daromad keltirishi va kuchli raqobatli pozitsiyani egallashi mumkin. Xuddi shuningdek, urta xizmatlarning jalb qiluvchanligini belgilovchi yagona omil emas.


  1. Infin bankda hodimlar faoliyatini boshqarish.

Globallashuv jarayonlarinining rivojlanishi, bozor iqtisodiyoti munosabatlarining avj olib borishi bilan bog‘liq xizmatlararo raqobat darajasi har bir xizmat faoliyatiga, jumladan, uning hodimlari mehnat layoqatiga yuqori talablar qo‘ymoqda. Infin bank mehnat resurslarini boshqarish, ularning faoliyatini o‘rganish davomida ushbu tizimni takomillashtirishga zarurat mavjudligini ko‘rishimiz mumkin.
Xizmatlarda ishlab chiqarish jarayonlarining jadallashishi, mehnatning maxsuslashganlik darajasi, xizmatlar sifatining har bir hodim mehnatiga bog‘liqligi sababli zamonaviy ISO 9001 Xalqaro standartining 6.2-bandida hodimlar layoqatiga alohida talablar belgilangan.
Ushbu standartga layoqatlilik atamasi kiritilishi hodimlarning mas’uliyatini kuchaytiradi.
“Layoqatlilik’ atamasini ta’riflash va xizmatlar sharoitida qo‘llash muammolariga bag‘ishlangan bir qator tadqiqotlar o‘tkazilgan. Lekin, shu bilan birga, ushbu atamani aniq ifodalovchi ta’rif berilmagan. Umumiy ma’noda layoqatlilik –bu kasbiy standartlarga mos holatda ma’lum ishni, faoliyatni samarali bajarish qobiliyatidir5.
ISO 9001:2008 Xalqaro standartida layoqatlilik atamasiga berilgan ta’rifga ko‘ra layoqatlilik – bu mavjud bilim va ko‘nikmalarni to‘g‘ri ishlatish qobiliyatidir.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida mehnat resurslariga qo‘yiladigan talablar aksariyat mehnat faoliyati turlariga kerak bo‘lgan umumiy mehnat, bilim va ko‘nikmalar standartlashtirilgandir. AQSH ning maxsus davlat boshqaruv organi – SCANS (the Secretary of Labor’s Comission on Achieving Necessary Skills) qaroriga binoan umumiy layoqatlilik me’yorlariga umumta’lim bilimlari, fikr yuritish, muammolarni anglash va mustaqil yechimini izlash, shaxsiy xususiyatlar, mas’uliyatlilik va o‘zini-o‘zi to‘g‘ri baholash hamda axborot va texnologiyalar bilan ishlash qobiliyatlari kiradi.
Infin bankda mehnat resurslarini boshqarishni takomilashtirish bo‘yicha quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga urg‘u berilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi: sadoqatli kadrlar zahirasini shakllantirish; hodimlarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish; mehnatni stimullash va motivatsiyalashni takomillashtirish; attestatsiya tizimini takomillashtirish; hodimlarning axborot bilan ta’minlanishi; hisobot berish tizimi; hodimlar takliflarini yig‘ish va qayta ishlash, innovatsiyalar tatbiq etish.
Har bir bildirilgan taklif aniq chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilishi kerakligini anglatadi. Ularni batafsilroq ko‘rib chiqsak:

  1. Jamiyat faoliyati uzluksiz ravishda barqaror faoliyat yuritishi uchun unda xizmatga sadoqatli kadrlar zahirasini shakllantirish. Ta’kidlab o‘tish joizki, bunda asosiy mezon kadrlar sadoqatiga emas, balki ularning professional tayyorgarligiga qaratilishi lozim, ya’ni nafaqa yoshida bo‘lganlar, fertil yoshidagi ayollar, ishdan bo‘shamoqchi bo‘lgan hodimlarni hisobga olgan holda, doimo ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar bo‘lishi kerakligini bashoratlash va ushbu masalani yechishga doir rejalar ishlab chiqish.

Xizmat faoliyati tang ahvolga tushib qolganda, yoppasiga ish tashlashlar tufayli, mavjud kadrlar zahirasidan ajrab qolishning oldini olish uchun esa, xizmatga sodiq ishchilarni tarbiyalash, ya’ni kompaniya ruhini singdirish lozim. Aynan, shunday vaziyatlarning ro‘y bermasligi uchun esa, xizmat hodimlari Kodeksi deb yuritilmish qo‘llanmadan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi:

  • halollik va sodiqlik;

  • mehnat jamoasi – bizning ikkinchi oilamiz;

  • uyg‘unlik va hamkorlik;

  • hurmat va oddiylik;

  • shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarning tengligi;

  • firma – bu men6.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, kadrlarga bo‘lgan talab doimiy ravishda rejalashtirib borilishi, kadrlarni to‘plash, tanlash va zahirani shakllantirish masalalari bo‘yicha olib boriladigan ishlarni takomillashtirish kerak.
2. Hodimlarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish. Ushbu yo‘nalishga qaratiladigan birinchi e’tibor – malaka oshirish bilan bog‘liq dasturlarni ishlab chiqishdir. Uning amalga oshirilish tartibini quyidagicha tavsiflash mumkin: yil yakunida har bir bo‘lim ixtiyoridan kelib chiqqan holda, unda hodimlarni majburiy o‘qitishga yuborish, ya’ni qaysi hodim qaysi mavzu, qaysi sohada va qachon qayta tayyorlanishi yoki malakasini oshirishi lozimligini mas’ul shaxslarga taqdim etishi, ma’sul hodimlar bo‘lsa buni o‘rganib chiqqan holda rahbariyatga taqdim etishi va yillik qilinadigan ishlar tartibidan o‘rin olishi lozim.
Hodimlar malakasini oshirishning bir necha usullaridan foydalanish ham o‘z o‘rnida nazarda tutilishi lozim: ustoz-shogird: yangi kelgan hodimlarni tayyorlash, lavozim o‘zgartirish va shunga o‘xshash hollarda; kurslarga yuborish – savodxonlikni oshirish, tajriba almashinuvi va yangi bilimlarni o‘zlashtirish maqsadida; mutaxassis chaqirish orqali o‘qitish – mehnat jarayonini tark etmagan, ishlab chiqarishdan ajramagan holda, amaliy ko‘nikmalar hosil qilish imkonini beradi.
Fikrimizcha, xizmat ichki o‘quv kurslarini tashkil etilishi xizmat uchun kam xarajat hamda samariliroq bo‘lar edi. Agar har bir bo‘limdan tegishlicha malakali mutaxassis jalb etilib, bir haftada bir yoki ikki marotaba tasdiqlangan dastur asosida lavozim o‘zgartiruvchi, qayta tayyorlanuvchi hodimlarga dars bersa, o‘qitiluvchilar uchun ham tushunarli tilda, ham qiyinchiliklar yuzaga kelgan vaqtda bamaslahat ish yuritish uchun qulaylik bo‘lar edi.
3. Mehnatni stimullash va motivatsiyalashni takomillashtirish. Fransuz yozuvchisi J. Sesbornning so‘zlariga ko‘ra: “Mehnat adolatli taqdirlanmasa, hodim o‘ziga yetmagan e’tibor va rag‘batlantirishlarni o‘zining idroki doirasida qaytaradi, jumladan harakatsizlik, noinsoflik va shu kabilar orqali – va buning uchun hodimni ayblash noto‘g‘ri bo‘lardi”.
Agar rahbariyat bunday vaziyatdan chiqib ketish uchun nima va nima uchun qilinishi kerakligini anglab yetsa quyidagilarni qo‘llash o‘rinli bo‘lardi.
- takomillashtirish bo‘yicha o‘tkaziladigan loyihalarda ishtirok etish, yangi usullar va yechimlarni qidirish va umuman olganda, ISO 9004:2000 “Sifat menejmenti tizimi. Faoliyatni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar” ga amal qilish.
- hodimlarni ko‘rilayotgan muammoli vaziyatga jalb qilish va ularni kasbiy rivojlantirishga yordam beruvchi sharoitni yaratish.
Qolaversa, hodimlarni faqatgina moddiy jihatdan rag‘batlantirish tizimidan foydalanibgina qolmasdan, balki rag‘batlantirishning ruhiy vositalaridan ham foydalanish lozim. Bunday vositalarga – jamoadagi psixologik muhit, ish natijalarini ma’qullash va tan olish, kasbiy o‘sish va egiluvchan ish tartibi kabi elementlarni kiritishimiz mumkin.
Egiluvchan ish grafigi deganda, aytaylik, hodim biror bir sabab tufayli hafta o‘rtasida ishga kela olmadi. Qoldirilgan ish kunlaridagi mehnat me’yorlarini u “o‘z xohishiga” ko‘ra dam olish kunlari bajarishi mumkin. “Uzrli” sabablarga ko‘ra kech qolgan kunlarida ishdan keyin, qolib ishlashi, “uzrsiz” sabablarga ko‘ra kech qolganida esa, ogohlantirish berilishi, bajarilmay qolgan me’yorlar uchun haq to‘lanmasligi va ish haqidan ushlab qolishlar kabi jazolash usullarini qo‘llash mumkin.
Infin bankda mehnat resurslari unumdorligini oshirish maqsadida turli madaniy tadbirlarni o‘tkazishni taklif qilish mumkin:
- jamoa a’zolarining tug‘ilgan kunlarini nishonlash;
- tabiat qo‘yniga dam olishga chiqish;
- sport to‘garaklari tashkil etish, musobaqalar o‘tkazish;
- hodimlar farzandlari uchun turli tadbirlar o‘tkazish;
- “Eng yaxshi hodim”, “Eng yaxshi brigada” tanlovlarini o‘tkazish.

Xulosa



Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish xizmatlarida strategik innovatsion rejalashtirish bozor turidagi iqtisodiyot sharoitida xizmatdagi rejalashtirishning umumiy tizimida tizimcha bo’ladi. Infin bankdagi strategik rivojlanishning ob’ekti innovatsion faoliyatdan iborat, uni yanada rivolantirishda quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

  • Hozirgi sharoitlarda xizmatda innovatsion faoliyat strategiyasi (innovatsion strategiya) ni xizmatni rivojlanishining asosiy maqsadlari va vazifalaridan kelib chiqqan holda, resursli ta’minlanish va xatar omilini hisobga olish, tashqi muhitning holati va shaxsiy innovatsion imkoniyatlarini oldindan bashoratlash bilan mustaqil ishlab chiqish zarur;

  • Iloji boricha ko’proq foyda olish maqsadida yangi raqobatbardosh mahsulotni yaratish va uni texnika va texnologiyalarning zamonaviy darajasida ishlab chiqarish sohasidagi ilmiy – texnik siyosatini ishlab chiqarish va amalga oshirish innovatsion faoliyatning asosiy mazmuni bo’ladi;

  • innovatsion strategiyani amalga oshirishda ITTKIning strategik ahamiyati oshadi va shuning bilan bir vaqtda ularni amalga oshirishda xatar darajasi ko’payadi;

  • samarali strategik faoliyat xizmatdagi faoliyatning qolgan barcha turlari bilan va hammadan avval, ishlab chiqarish va marketing bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Xizmatning umumiy strategiyasi va ilmiy – texnik taraqqiyot sohasidagi strategiya o’rtasidagi aloqa, hammadan avval, yangi mahsulotni tadbiq etish va ishlab chiqarish jarayonidagi o’zgarishlarda amalga oshiriladi. Ilmiy – texnik yangiliklar sohasidagi strategiya xizmatdagi, uning faoliyat muammolarining butun majmuasi bilan uzluksiz bog’langan qayta ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlanishi strategiyasi doirasida amalga oshiriladi.
Innovatsion strategiya xizmat strategiyasi, iqtisodiy holati, ilmiy – texnik salohiyati, ilmiy – texnik vazifalar portfeli va vazifalarning o’zlarini bir birlari bilan bog’lovchi har xil bog’liqliklarni baholash va tahlil qilishning uzluksiz jarayonining natijasi bo’ladi.
Ishlab chiqarish xizmatlarining bozordagi yangilik kiritishlar strategiyasi hujumlar va mudofaasi xarakterga ega. Kompaniya odatda o’zining bozor tomonidan muvofiqlashtirish bilan ta’riflanuvchi innovatsion strategiyalar majmuasini yaratadi. Bunday majmua o’z ichiga ham xatarli (hujumkor) va ham xavfsiz (mudofaali) strategiyani oladi.
Xizmatlarni modernizatsiyalash sharoitida xizmatlarda, ayniqsa ishlab chiqarish xizmatlarida innovatsion jarayonlarni boshqarishda innovatsion tashkilot o’z ichiga asosiy jihatni oladi:

  • innovatsion faoliyatning yangiliklarni ishlab chiqish, tadbiq etish va ishlab chiqarishni birgalikda amalga oshiruvchi odamlarning birlashmasi bo’lgan sub’ekt;

  • tashkilotning innovatsion faoliyatdagi kerakli vazifalarni bajarishga qaratilgan jarayonlari va harakatlari majmuasi;

  • tizimni ichki tartibga solinishi va uning elementlari va tizimchalari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni takomillashishini ta’minlovchi tuzilmadir.

Xizmatlarni modernoizatsiyalash sharoitida tashkiliy shakllar markazlashgan va markazlashmagan tuzilmalarning hamkorligi asosida xo’jalik yuritishning yangi tamoyillari bilan yaqindan bog’langan. Innovatsion rivojlanishning o’ziga xosligi shundan iboratki, u ikkita qarama qarshi tendentsiyalarni hisobga olish zarurligiga asoslanadi.
Tashkiliy loyihalashtirish, yangi modellar va tuzilmalardan foydalanish menejmentning muhim yo’nalishi bo’ladi.
Ishlab chiqarish xizmatlarida strategik va innovatsion tizimning xususiyatlari ikkita qarama qarshi tendentsiyalar: bir tomondan markazlashganlikni tugatish va tabaqalashuv, boshqa tomondan markazlashish va integratsiyalash jarayonlarining o’zaro hamkorliklarini takomillashtirishga asoslanganlar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-T .:O’zbekiston, 2015 y.

  2. 2011-2015 yillarda O’zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori PQ-1442.,

  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. “Yangi turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va o’zlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”. 2017 yil 4 oktyabr, 1623-son.

4. Iqtisodiyotning real sektori xizmatlarini qo’llab-quvvatlash, ularni barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to’g’risida. PF-4058-son. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori.
5. Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida.PQ-1041-son. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori.
6. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi.2017 yil 14 yanvar.
7. O‘zbekiston respublikasi prezidentining qarori bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida 2018y 23-mart,PQ-3620-son

II. Asosiy va qo’shimcha adabiyotlar.



  1. Qosimova D.S. Menejment nazariyasi: darslik. –T.: Tafakkur bo’stoni, 2014. -335 b.

  2. Hotamov I.S., Sa’dulloev H.I. Marketing faoliyatini tahlil qilish va istiqbollash. Darslik.-T.: Iqtisodiyot, 2012. – 202 b.

  3. Soliev A. Marketing, bozorshunoslik. - T.: ART-FLEX, 2016. 240 – 256 bet.

  4. Konina N.YU. Menedjment v mejdunarodnыx kompaniy: kak pobejdat v konkurentnoy borbe.- M.: TK Velbi, 2011.- 560 s.

  5. Ermakov V.P., Makiev Z.G. Menedjment dlya studentov vuzov.– Izd. 5-e. – Rostov n/D: Feniks, 2010. – 184 s.

  6. Goncharenko L.P. Menedjment investitsiy i innovatsiy. Uchebnik. – M.: KNORUS, 2012. – 160 s.

  7. Kane M.M., i dr. Sistemы, metodы i instrumentы menedjmenta kachestva: Uchebnik. – SPb.: Piter, 2010. – 560 s.

  8. Farxutdinov R.A. Proizvodstvennыy menedjment: Uchebnik. 6- e izd.-SPb.: Piter, 2014.- 496 s.

  9. Barinov V.A., Xarchenko V.L. Strategicheskiy menedjment: Uchebnoe posobie.- M.: INFRA-M, 2014.- 285 s.

  10. Nabiev R.A. Menedjment. Uchebnoe posobie.- M.: Finansы i statistika, 2009.- 368 s.

  11. Meskon M., Albert M., Franklin X. Osnovы menedjmenta. M.: Delo, 2012.-470 s.

  12. Bagiev G.L., Tarasevich V.M., Ann X. Marketing: Uchebnik dlya vuzov. 3-e izd. /Pod obщ.red. G.L. Bagieva – SPb.: Piter, 2009. – 29-34 c.

  13. Kotler F. Marketing po Kotleru: kak sozdat, zavoevat i. uderjat rыnok. – M.: Al’pina Biznes Buks, 2014.- 283 s.

  14. Menedjment organizatsii: sovremennie texnologii. Pod red. N. G. Kuznetsova, I. YU. Soldatovoy. Uchebnoe posobie. Rostov – na – Donu.: Feniks, 2014.-305 s.

  15. Golenishchev E. P., Klimenko I. V. Informatsionnoe obespechenie sistem upravleniya. Uchebnoe posobie. Rostov-na-Donu.:Feniks,2014.-318 s.

  16. Kostrov A. V. Osnovi informatsionnogo menedjmenta. Uchebnoe posobie. M.: FiS, 2014.-350 s.

  17. Lagosha B. A. Optimalnoe upravlenie v ekonomike. Uchebnoe posobie. M.: Finansi i statistika. 2015.-210 s.

III. Internet saytlari.



  1. www.cer.uz

  2. www. management.ru

  3. www.Ziyo.net

  4. www.google.ru.


11 Strategiyani amalga oshirish jarayonining sakkizta asosiy boshqaruv elementlari

2Infin bankning strategiyaga mos yo’nalishlar

3 Jadval InFin bank balans va moliyaviy natijalar to‘g’risidagi 2016-2018 yillardagi hisobotlari asosida talaba tomonidan tahlil qilindi.

4Tashkilot ma’lumotlari asosida talaba tomonidan tuzildi.

5 A.Teshaboyev “Jamiyat va boshqaruv” jurnali 2015 yil, 5-son. – 21 b.

6 С.В. Шекин Управление персоналом в современной организации: учебно-практическое пособие. Издание 4-ое, переработанное и дополненное / С.В.Шекин – Бизнес-школа «Интел-Синтез, 2010. – С.176.

Download 250.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling