Kirish Tekislik va uning chizmada berilishi. Fazoda to’g’ri chiziq Gorizontal va ekvatorial koordinatalar sistemalari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar kirish
Download 170 Kb.
|
To\'g\'ri chiziqda tekislikda va fazoda kordinatalar sistemasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH
To'g'ri chiziqda tekislikda va fazoda kordinatalar sistemasi Kirish Tekislik va uning chizmada berilishi. Fazoda to’g’ri chiziq Gorizontal va ekvatorial koordinatalar sistemalari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Mustaqil o’qib bilim orttirish tamoyili shaxsning o’z tomonidan boshqariladigan maqsadiga yo’nalgan bilim faoliyatini ta’minlaydi. Qo’yilgan masalaning o’z yechimini izlash maqsadlarini aniqlash, mustaqil xulosalar qilishga intilish, fan, tehnika, madaniyatning turli sohalarida izchil bilim olish shaxs tomonidan erkin fikrlash madaniyati rivojlanganligining yuqori darajasiga erishilganligi haqida guvohlik beradi. Talaba yoshlarimiz ilmiy va ommabop adabiyotlardan mustaqil foydalanishni, ya’ni mustaqil bilim olish madaniyatiga ega bo’lishi kerak. Fanlarni o’zlashtirishda darslik bilan bir qatorda qo’shimcha adabiyotlardan foydalanish talab etiladi. Geometriya insoniyat paydo bo`lishi tarixi davomidagi eng qadimiy fanlardan biri hisoblanadi. Fanning tizimli ravishda rivojlanishida (abstraklashuvida) eramizdan avvalgi III asrda yashab ijod qilgan grek olimi Yevklidning “Negizlar” nomli asari sabab bo`ldi. Bu asar 13 ta kitobdan iborat bo`lib, unda Yevklid dastlab ta’riflar, postulotlar (Yevklid bu terminnni geometrik tushunchalar uchun ishlatgan bo`lsa, aksiomalarni algebraik munosabatlar uchun ishlatgan). Analitik geometriya oliy matematikaning asosiy bo’limlaridan biri bo’lib, bu bo’limda geometrik shakllar algebraik tahlil yordamida tekshiriladi. Analitik geometriyaning vazifasi: birinchidan, geometrik obrazlarni nuqtalarninggeometrik o’rni deb qarab, shu obrazlarning xossalariga asosan ularning tenglamalarini tuzish va ikkinchidan, tenglamalarning geometrik ma’nosini aniqlab, bu tenglamalar bilan ifodalangan geometrik obrazlarning shaklini, xossalarini ham tekislikda ham fazoda joylanishini o’rganishdan iborat. Analitik geometriyada nuqtaning chiziqdagi, tekislikdagi va fazodagi o’rni sonlar yordamida aniqlanadi. Nuqtaning o’rnini aniqlovchi sonlar uning koordinatalari deyiladi. Geometrik shakllarning o’rnini aniqlash usuli yoki metodi koordinatalar metodi deyiladi. Bu kurs ishi mavzusi ”tekislikda va fazoda orientatsiya. Qutb, sferik va silindrik koordinatalar sistemasi” dir. Kurs ishi mavzusi ana shunday muhim masalani o`rganishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan. Olingan maqsadga ko`ra kurs ishi kirish, ikkita bob, to’rtta paragraf va xulosa shaklida bajarish rejalashtirildi. Birinchi bobda oriyentatsiyalar haqida umumiy ma’lumot berilgan. Bu yerda fazo va tekislik o’zi nimaligi, ularning oriyentatsiyalari haqida ma’lumot berilgan. Download 170 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling