Rule: Kishining nimanidir yoki nimadir qilishni yoqtirish yoki yoqtirmasligini bildirish uchun the Present Simple tense ishlatiladi.
Bu qoidada yoqtirish yoki yoqtirmaslik mazmunidagi fe’llar ishlatiladi: like, love, hate, dislike, can’t stand, don’t mind, prefer, enjoy va b.q. Ushbu yoqtirish va yoqtirmaslik fe’llaridan so’ng otlar, olmoshlar va fe’llarning gerund (doing) shakli ishlatiladi.
Model:
SUBJECT + VERBS OF LIKING OR DISLIKE + NOUN/PRONOUN/DOING
|
She can’t stand cats. Uning mushuklarga toqati yo’q.
He loves playing basketball. U basketbol o’ynashni yaxshi ko’radi.
Rule: The Present Simple tense hozirgi zamonda jadval va programma asosida bajariladigan ish-harakatlarni ifodalaydi. Bu holatda ish-harakatning bajarilishi aniq bir vaqtga belgilangan bo’ladi va bu ish-harakatlar har doim belgilangan jadval va programma asosida bajariladi. (Timetable/programm)
! Quyidagi ish-harakatlar jadval va programma asosida bajariladigan ish-harakatlar hisoblanadi:
1. Jamoat transportlari qatnovi vaqti (buses/trains/planes);
2. Sportga oid bo’lgan matchlar, musobaqalar, turnirlar, bellashuvlarning boshlanish va tugash vaqti;
3. Har-xil shou dasturlar (konsertlar/spektakllar/ko’rgazmalar) ning boshlanish va tugash vaqti;
4. TV hamda radio dasturlarining boshlanish va tugash vaqti;
The Art Exhibition starts on 15 May and finishes on 15 July. San’at ko’rgazmasi 15 mayda boshlanadi va 15 iyulda tugaydi.
The term ends on 21 stDecember. Chorak 21 inchi dekabrda tugaydi.
The match finishes at 7:45. Match 7:45 da tugaydi.
The plane leaves at 6:05. Samolyot 6:05 da uchadi.
! The Present Simple tense kelasi zamondagi jadval asosida bajariladigan ish-harakatlarni ham ifodalaydi va bu holatda kelasi zamon payt ravishlari bilan ishlatiladi.
This train leaves for London at 8 p.m tomorrow. Bu poyezd ertaga kechqurun soat 8 da Londonga jo’naydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |