Inflatsiya, uning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari Reja: Inflyatsiya haqida umumiy tushuncha
Download 0.94 Mb.
|
inflyatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Click here to add your title
Inflatsiya, uning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari Reja: 1. Inflyatsiya haqida umumiy tushuncha. 2. Inflyatsiya keltirib chiqaruvchi sabablar va uning oqibatlari 3. O‘zbekistonda Inflyatsiya ko‘rsatkichlari Inflatsiya (lot. infl atio — shishish, boʻrtish, koʻtarilish), pulning qadrsizlanishi — tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xoʻjalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qogʻoz pullar miqdorining koʻpayib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan taʼminlanmagan pullarning paydo boʻlishi. I. birinchi galda sifati yaxshilanmagan holda tovar va xizmat narxining koʻtarilishi koʻrinishida, shuningdek, oltin va chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan qimmatlashishi shaklida yuz beradi. Tovar ishlab chiqarishning toʻlov qobiliyatiga ega talab oʻsishidan ortda qolishi, bozorda talabga javob bermaydigan tovarlarning koʻpayib ketishi, byudjet kamomadlarini qoplash uchun qoʻshimcha pul emissiyasi, investitsiyalarnm emissiya hisobidan moliyalashtirish, monopol narxning mavjudligi, narxni oshib keti-shidan hadiksirab tovarlarni keragidan ortiq xarid etish, mamlakatga qadrsizlangan chet el valyutasining koʻplab kirib kelishi va boshqa omillar I.ni yuzaga keltiradi. Click here to add your titleI. pul qadrini tushirib, uning iqtisodiy ahamiyatiga putur yetkazadi, shu bois davlat harajatlarini qisqartirish, soliqlarni oshirish, pul emissiyasini cheklash, monopol narxlarni tartiblash, narx erkinligini taʼminlash, ortiqcha pullarni bankka, qimmatli qogʻozlar bozoriga tortish va boshqa- larlardan iborat I.ga qarshi siyosat yuritiladi. I. jahondagi barcha mamlakatlarga xos va xalqaro tus olgan. Masalan, I. surʼatlari 1980-yilda AQShda 10,8, Yaponiyada 7,1, Germaniyada 5,8, Fransiyada 13,3, Buyuk Britaniyada 16,3% ni, 1990-yilda tegishlicha 5,0; 2,4; 2,5; 3; 4,7% ni tashkil qildi. I. shiddati narxlarning oʻsish indeksiga qarab aniqlanadi. 2022-yilda O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 12,3%ni tashkil etdi.Xususan, iste’mol narxlari indeksi Markaziy bank tomonidan prognoz qilingan 12−12,5%ga mos keladi.O‘tgan yilning dekabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,2%ga oshdi. Bu ko‘rsatkich 2021-yilning dekabr oyida ham mos raqamlarni qayd etgandi. Taqqoslash uchun, 2020-yilning dekabr oyida bu ko‘rsatkich 1,5%ni, 2019-yil dekabrida 1,6%ni tashkil qilgan. O‘tgan yilning dekabr oyida narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egalladi hamda ularning narxlari o‘rtacha 1,7%ga oshdi. Shuningdek, nooziq-ovqat tovarlari narxlari 0,8%ga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish 1,1%ga oshgan. Bundan tashqari, 2022-yil boshida yillik o‘sishda iste’mol narxlari indeksi darajasi 9,8%ga yetgandi. Regulyator 2023-yil uchun bazaviy ssenariy doirasida 8,5−9,5%gacha pasayishni prognoz qildi. Ekspertlar fikricha, O‘zbekistondagi inflyatsiyaga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri savdo hamkori bo’lgan mamlakatlardagi inflyatsiya hisoblanadi. Negaki import inflatsiyasining o‘sishi asosiy inflatsiyaning taxminan 38%ni ifodalaydi. Qolaversa, aholining kelgusi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalari 15,3%ni, tadbirkorlarniki esa 14,3%ni tashkil etdi. Click here to add your titleTHANKS Shamshod Ochilov Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling