Inflatsiyaning mohiyati va kelib chiqish sabablari


Download 99.84 Kb.
bet1/7
Sana23.04.2023
Hajmi99.84 Kb.
#1387825
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Inflyatsiya, uning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari 6 copy




Mavzu: Inflyatsiya, uning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari
Mundarija
Kirish
Asosiy qsim
1. Inflyatsiya haqida nazariy tushuncha.
2.Inflyatsiyaning turlari.
3. Infyatsiya davrida pul muomalasini barqarorlashtirish usullari
4. Inflyatsiyaga qarshi kurashish maqsadida pul- kredit siyosati va uning amaliyahamiyati


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Kirish


Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bo‘lib, sifati ham o‘zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida umumxo‘jalik mexanizmining ishdan chiqishiga olib keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bo‘lib qolmasdan, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadi. Hozirgi davr inflyatsiyasi birinchidan; pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar salmog‘ining o‘sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi. Inflyatsiyaning asosiy sababi - bu xalq xo‘jaligining turli sohalari o‘rtasida vujudga kelgan nomutanosiblikdir. Bu avvalambor, jamg‘arma va iste‘mol o‘rtasidasidagi, talab va taklif, davlatning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi muomaladagi pul massasi va xo‘jaliklarning naqd pulga bo‘lgan talabi o‘rtasidagi nomutanosibliklardan iboratdir1.
Qisqa qilib aytganda, ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi disproportsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy yoki to‘xtovsiz o‘sishi va natijada pul muomalasi qonunining buzilishi oqibatda pul biriligining qadrsizlanishiga inflyatsiya deb aytiladi. Inflyatsiya quyidagi shakllarda namoyonbo‘ladi:

  1. Tovar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o‘sib borishi natijasida pulning qadrsizlanishi va uning sotib olish qobiliyatining tushib borishi;

  2. Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushibketishi;

  3. Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi vaboshqalar.

Ba‘zi bir iqtisodchilarimizning fikricha inflyatsiya - bu barcha tovarlar baholarining oshishini bildirmaydi. Inflyatsiya juda tez o‘sgan taqdirda ham ayrim tovarlar bahosi barqaror bo‘lib qolishi, boshqalarniki tushishi ham mumkin ekan. Bizning fikrimizcha, bunday xulosalar 70-80 yillarning inflyatsiyasiga mos kelishi mumkin.
Kurs ishi ob’ekti: Inflyatsiya, uning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari bilan tanishtirish jarayoni
Kurs ishi predmeti: Inflatsiyaning kelib chiqish sabablari va uningrivojlanish yo’llaribilan tanishtirish ko’nikmalari
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishi jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi Kurs ishi natijalaridan pedagogik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Kurs ishi ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 2 bob, 4 bo‘lim, umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


Download 99.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling