Inflyaksiya
Download 484.53 Kb.
|
INFLYATSIYA, UNING IQTISODIY VA IJTIMOIY OQIBATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Shiddatli
- 3. Jilovlanmagan
- 1. Oshkora inflyatsiya.
1. Sokin (polzuchaya, umerennaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga o`rtacha 3% dan 10% gacha oshishi mumkin. Bu mamlakatlarda muomaladagi pul massasi saqlanib turadi va milliy pul birligining xarid qilish qobiliyati saqlanib turadi.
2. Shiddatli (galopiruyuhaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga o`rtacha 10% dan 100% gacha ba`zi holatlarda 200% gacha oshishi mumukin. Buning natijasida muomaladagi pul massasi ko`payadi va milliy pul birliginng xarid qilish qobiliyati tushadi. Mamlakat aholisi o`rtasida pulning moddiylashtirish, ya`ni milliy pul birligini jamg`arishi emas, balki oltin, ko`chmas mulk holatida jamg`arishi jarayoni kuchayadi. 3. Jilovlanmagan (giperinflyatsiya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya holatida mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga 1000% dan ortiq yoki oyiga 100% dan ortiq darajada oshadi. Ushbu holatda milliy iqtisodiyotda inqiroz yuzaga chiqadi. Buning natijasida ishlab chiqarish va bozor boshqaruvsiz faoliyat ko`rsataditi, narx-navo va ish haqi o`rtasidagi farq ortadi. Mamlakat aholisi qo`lidagi qog`oz pullarga tovarlar sotib oladi. Bu holat esa muomalada tovar massasi bilan tovar va xizmatlar bilan ta`minlanmagn ortiqcha qog`oz pullarni to`lib-toshishiga olib keladi. Yuqorida ta`kidlab o`tganimizdek, inflyatsiyaning asosiy sababi odatda bir emas, balki bir nechta bo`lib o`zaro mahkam bog`langan bo`ladi va narx-navoning ko`tarilib borishi bilangina namoyon bo`lib qolmaydi, balki narx-navoni boshqarilishiga ham bog`liq bo`ladi. Ushbu jixatdan quyidagi inflyatsiya shakllari ajratiladi: 1. Oshkora inflyatsiya. Talab tomoniga qaragan makroiqtisodiy tengsizlik doimiy ravishda narx-navoning ko`tarilib borishi bilan ifodalanadigan bo`lsa, bunday inflyatsiya oshkora inflyatsiya deb ataladi. Oshkora inflyatsiya bozor mexanizmini buzmaydi: narx-navo ba`zi bozorlarda ko`tarilishi bilan bir vaqtda boshqa bozorlarda pasayib borishi mumkin. Buning asosiy sababi shundan iboratki, bozor mexanizmlari o`z ta`sirini davom ettirib, milliy iqtisodiyotga baholar to`g`risidagi ma`lumotlarni oshkora etkazib turadi, investitsiyalarni ilgari surib, ishlab chiqarishning kengayishi bilan taklifni rag`batlntirib boradi. Download 484.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling