Inflyatsiya – pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar
narxlarining o‘sishida ko‘rinadi. Deflyatsiya – inflyatsiyaga qarama-qarshi jarayonni, ya‘ni narxlarning
umumiy darajasining pasayib borishini bildiradi.
Inflyatsiya quyidagilarda namoyon bo’ladi:
1.tovar (xizmat)larning mavjud taklifiga nisbatan muomaladagi naqd pullar
yoki moliyaviy aktivlar hajmining haddan tashqari ortib ketishida;
2.pulning sotib olish layoqatining pasayib borishida;
3.narxlarning uzoq muddatli umumiy o‘sishida.
Fillips egri chizig‘ida ishsizlik va inflyatsiya o‘rtasidagi bog‘liqlik qisqa davrdagina amal qiladi. Agar inflyatsiya 5 yildan ortiq vaqt davom etsa, ishsizlik darajasi yanada oshib ketishi mumkin. Buni grafikda egri chiziqning o‘ng tomonga siljishida ko‘rish mumkin, bunda stagflyatsiya xolati kelib chiqadi (Stagflyatsiyaning ma‘nosi inflyatsiya davrida ishsizlikning o‘sishidir).
Do'stlaringiz bilan baham: |