Inflyatsiya siyosati
Download 122 Kb.
|
Inflyatsiya siyosati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Inflyatsiya va ishsizlik o’rtasidagi bog’liklik. Fillips egri chizig’i
R1– R0
Inflyatsiya o’sish sur’ati = R0 R1 – joriy yilning narxlar indeksi; R0 – o’tgan yilning (bazis) narxlar indeksi. 2013 yilda qat’iy pul-kredit siyosati yuritilganligi inflyatsiyani jilovlashda muhim ahamiyat kasb etdi va uning belgilangan prognoz ko’rsatkichdan past bo’lishi ta’minlandi. 2013 yil yakuni bo’yicha iste’mol narxlari indeksi asosida hisoblanadigan inflyatsiya darajasi 2012 yilga nisbatan 0,2 foiz bandga pasayib, 6,8 foizni tashkil etdi. Bunda iste’mol narxlari indeksining o’sishi asosan nomonetar omillar hisobiga yuz berdi. Jumladan, 2013 yilda oziq-ovqat mahsulotlarining narxi 3,9 foizga o’sib, uning inflyatsiyaga ta’siri 2,0 foizni, nooziq-ovqat mahsulotlari narxi 7,4 foizga o’sib, inflyatsiya darajasiga ta’siri 2,1 foizni tashkil etdi. Xizmatlar narxi esa 13,8 foizga o’sib, iste’mol narxlari indeksiga ta’siri 2,6 foizni tashkil qildi. 3. Inflyatsiya va ishsizlik o’rtasidagi bog’liklik. Fillips egri chizig’i Iqtisodiyot o’z rivojlanishida potentsial darajaga yaqinlashgan shariotda yoki bandlilik darajasini oshirish yoxud inflyatsiya darajasini pasaytirish kabi muqobil variantlardan birini tanlashga majbur bo’linadi. Chunki qisqa muddatli davrda ishsizlik va inflyatsiya darajalari o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud. Ishsizlikni pasaytirish ish joylarini yaratish uchun qo’shimcha mablag’lar ajratilishini anglatadi. Ayni paytda bu ish haqi miqdorining oshishiga ham olib keladi. Har ikkala holat ham narxlar darajasinining ko’tarilishiga olib keladi, ya’ni talab inflyatsiyasi ro’y beradi.. Ishsizlik va inflyatsiya ko’rsatkichlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik ingliz iqtisodchisi A.V.Fillips tomonidan aniqlangan va Fillips egri chizig’i (4 -chizma) deb ataladi. u Ishsizlik u Chizma. Fillips egri chizig’iFillips egri chizig’i ishsizlik va inflyatsiya darajalari o’rtasidagi teskari bog’lig’likni xarakterlaydi. Mamlakat iqtisodiyotining xususiyatiga ko’ra, shuningdek, inflyatsiyaning qaysi turi mavjudligiga qarab Fillips egri chizig’idagi inflyatsiya va ishsizlik darajalarining kombinatsiyasi farq qilishi mumkin. Bunday tanlov kutilayotgan inflyatsiyaning sur’atiga bog’liq. Kutilayotgan inflyatsiya darajasi qanchalik yuqori bo’lsa ishsizlikning har qanday darajasida (sur’ati past bo’lgan inflyatsiya darajasiga nisbatan) haqiqiy inflyatsiya darajasi yuqori bo’ladi. Ishsizlik darajasi va inflyatsiya sur’atining maqbul miqdorlari quyidagi formula ko’rinishida tasvirlanishi mumkin: Yh – Yp = kut + α ( ------------- ) + ε Yp Bu erda - inflyatsiyaning haqiqiy darajasi; kut- inflyatsiyaning kutilayotgan darajasi; Yh – Yp α ( ------------- ) - talab inflyatsiyasi; Yp α - Fillips egri chizig’ining og’ish burchagini belgilovchi empirik koeffitsent; ε - tashqi narx shoki ( taklif inflyatsiyasi). Ouken qonuniga ko’ra YaIMning uzilishi, ya’ni (Yh – Yp) / Yp miqdor davriy ishsizlikning o’zgarishiga bog’liqligi sababli qisqa muddatli Fillips egri chizig’ini tenglamasini quyidagicha tasvirlash mumkin: = kut - β [ u -u] + ε Keltirilgan tenglamadan ko’rinib turibdiki, haqiqiy inflyatsiya darajasi miqdori kutilayotgan nflyatsiya darajasiga hamda tashqi narx shoklari darajasi bilan to’g’ri bog’liqlikka, davriy ishsizlik darajasi bilan esa teskari bog’likka ega ekan. Hukumat Fillips egri chizig’iga asoslanib, qisqa davr uchun, iqtisodiy siyosat maqsadlaridan kelib chiqib ishsizlik va inflyatsiya darajalarining istalgan kombinatsiyasini tanlashi mumkin. Download 122 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling