Inflyatsiya


Inflyatsiyani kelib chiqishiga ko'ra ikki toifaga ajratish mumkin


Download 230.49 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi230.49 Kb.
#1595217
1   2   3
Bog'liq
INFLYATSIYA

Inflyatsiyani kelib chiqishiga ko'ra ikki toifaga ajratish mumkin:


Talab inflyatsiyasi

Taklif inflyatsiyasi

Inflyatsiyaning bu turi talabning keskin oshishi natijasida iqtisodiyotda pul taklifining oshishiga yoki xaridorlar tomonidan inflyatsion kutilmalarni shakllanishiga olib keladi. Soddaroq qilib aytganda, ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to'la qondira olmaydi, taklifga nisbatan talab oshib ketadi. Natijada tovar va xizmatlar narxlari o'sadi.

Inflyatsiyaning bu turi ishlab chiqarish xarajatlarining keskin oshishi natijasida sodir bo'ladi. Ya'ni, har xil jarayonlar va tarkibiy o'zgarishlar (soliqlar o'zgarishi, energiya resurslari narxlari oshishi, davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlar oshirilishi va boshqalar) tufayli mehnat unumdorligining pasayishi natijasida mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar oshadi. Natijada ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarning narxlari oshadi.

.

  • Inflyasiyadan chiqishning usullari
  • Aytish joizki, bir davlatning inflyasiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari ikkinchi bir davlatning iqtisodiy siyosatiga mos bo‘lmasligi mumkin. Ammo mutaxassislar inflyasiyaga qarshi kurashning quyidagi keng tarqalgan usullarini amalda qo‘llashga urinadilar:
  • 1. Faol moliyaviy siyosat. Bu siyosat doirasida davlat soliqlarni oshirib, xarajatlarni kamaytirishga urinadi. Natijada byudjet defitsiti kamaytirilib, talab kamayadi va inflyasiya darajasi ozgina bo‘lsa-da pasayadi. Bu siyosatning salbiy jihati shuki, iqtisodga sarmoya kiritish va ishlab chiqarish hajmining qisqarishi iqtisodiy turg‘unlik va ishsizlik darajasining o‘sishiga zamin yaratadi.
  • 2. Kredit, narx va ish haqi hajmlarining nazorat qilinishi. Bu usul bilan pul oqimi nazorat qilinadi va davlat byudjetidagi pul tanqisligi minimal darajaga tushiriladi. Bu kabi ma’muriy choralar natijasida ish haqining kamayishi va ish o‘rinlarining qisqarishi, aholining davlatga bo‘lgan ishonchini susaytirishi va unga nisbatan norozilik kayfiyatini yuzaga keltirishi mumkin.
  • 3. Pul-kredit munosabatini nazorat qilish. Odatda, bu siyosatni davlatdan mustaqil bo‘lgan Markaziy Bank amalga oshiradi. Markaziy bank muomaladagi naqd pul miqdorini nazorat qiladi va o‘zgartiradi hamda kredit foiz stavkalarini belgilab beradi. Bu usulning ham o‘z ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. Har bir davlat o‘z iqtisodi bilan inflyasiyaga muammosiga qarshi turlicha kurash olib boradi.

Download 230.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling