Inflyatsiya va uning turlari


Inflyatsiyani hisoblash usullari


Download 105.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi105.25 Kb.
#1551857
1   2   3   4
Bog'liq
8.INFLYATSIYAGA turlari

3. Inflyatsiyani hisoblash usullari 
Hozirgi vaqtda inflyatsiya tabiatini o`rganishda iqtisodchi olimlar uning 
monetar sabablarini, ya`ni tovar masasiga nisbatan pul massasining xajmini 
o`zgarishini asosi qilib ko`rsatadilar. Inflyatsiya bilan olib boriladigan faoliyatda 
uning darajasini o`lash uchun dastak lozim bo`ladi. Ushbu dastak bo`lib baholar 
indeksi hisoblanadi. Baholar indeksi joriy umumiy iste`mol narxlarining bazis 
davridan narxlarga nisbatan o`sishi (pasayishi) bilan aniqlanadi. Ushbu indeksni 
aniqlashda mamlakat fuqorolarining iste`mol savatiga kiritilgan mahsulotlar v 
xizmatlarning chakana narxlaridan foydalanadilar. Ushbu formula quyidagicha 
hisoblanadi: 
PKt 
IPTs = ------------ x 100 % 
PKb 
Bu erda: IPTs – iste`mol narxlarining indeksi; 
PKt - iste`mol savatining joriy narxi; 
Pkb - iste`mol savatining bazis narxi. 
Inflyatsiya darajasining o`sishini bir bahosini o`sishi bilan aniqlash mumkin. 
Masalan 1 litr benzinning bazis davridagi narxi 500 so`m bo`lgan va uning joriy 
davrdagi narxi 585 so`mga teng. Demak, biz kuzatgan davr ichida 1 litr benzinning 
narxi 117 % ga ortgan. 


14 
585 so`m 
1 litr benzin = --------------- x 100 % = 117 % 
500 so`m 
Baholar indeksidan tashqari inflyatsiyani boshqarishda yalpi ichki mahsulot 
indeksi ko`rstakichidan foydalaniladi. Yalpi ichki mahsulot – bu ma`lum bir davr 
mobaynida, odatda bir yilda mamlakatda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar, 
bajarilgan ishlar va ko`rsatilgan xizmatlarning umumiy miqdorining puldagi 
ifodasidir. Yalpi ichki mahsulot baholar indeksini umumiy darajasini o`lchash 
uchun deflyatordan foydalaniladi. Deflyator yordamida aniq bir muddatdagi 
haqiqiy ish haqi darajasini aniqlash mumkin. Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning 
mohiyatini o`rganish va uni oqilona boshqarish bo`yicha turli nazariyalar mavjud. 
ulardan biri bo`lib Angliyalik taniqli iqtisodchi olim Djon Meynard Keyns 
yaratgan nazariya hisoblanadi. Dj.M.Keyns bozor iqtisodiyoti faoliyatiga davlat 
tomonidan aralashuvini bilvosita dastakini ishlab chiqdi. Ushbu dastak yordamida 
davlat tomonidan faol moliya siyosati olib borish, talabni rag`batlantirish va 
ommaviy ishsizlikni pasaytirishni amalga oshirishi imkoniyatiga ega bo`ladi. 
Keyns tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy mexanizm quyidagi asosiy 
nizomlardan iborat: 
1. mamlakat aholisining ish bilan ta`minlanganligi darajasi ishlab chiqarish 
xajmi bilan aniqlanadi; 
2. umumiy talab taklifga to`g`ri kelmaydi, chunki ma`lum pul mablag`lari 
jamg`arishga sarflanadi; 
3. ishlab chiqarishning xajmi oqilona talab darajasidagi tadbirkorlikka asosan 
aniqlanadi; 
4. investitsiyalar va jamg`armalar barobarligi holatidagi investitsiya hamda 
jamg`arma aktlari mustaqil faoliyat ko`rsatadi. 
Dj. Keynsning asosiy fikri quyidagilardan iborat: qo`shimcha pul emissiyasi 
aholining to`lovga qobiliyatlilik talabini oshiradi. Buning natijasida tovarlar va 
xizmatlarni ko`payishi uchun asos yuzaga keladi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan 
xaridorlarning pullarini olish maqsadida ishlab chiqarish hajmini ko`paytiradilar va 


15 
muomaladagi ortiqcha pul emissiyasi massasini mahsulotlar va xizmatlar bilan 
to`ldiradilar. Xalqaro amaliyotda Dj. Keyns tomonidan ilgari surilgan nazariya 
«tartibga solinib turiladigan inflyatsiya» nomini olgan. O`tgan asrning 60 yillarida 
inflyatsiya nazariyasining yangi maktabiga asos solindi. Ushbu maktabga AQShlik 
mashxur iqtisodchi, Nobel` mukofatining laureati, «Chikago iqtisodiy 
maktabi»
10
ning boshlig`i Milton Fridmen asos soldi. Xalqaro amaliyotda ushbu 
maktab «monetarizm» deb nomlanadi. Monetarizm maktabining asosiy tamoyillari 
quyidagilardan iborat: 
1) «Pullar ahamiyatga egadir», ya`ni kredit – pul sohasidagi o`zgarishlar 
mamlakat iqtisodiyotining umumiy holatiga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatadi; 
2) Mamlakat Markaziy banki iqtisodiyotdagi xo`jalik holatidan qat`iy nazar 
pul massasining barqaror o`sishini ta`minlab turishi lozim. 
M. 
Fridmenning 
asosiy 
g`oyasi 
quyidagilardan 
iborat: 
mamlakat 
ig`tisodiyotining rivojlanish darajasi davlat byudjetining holati, ishsizlik darajasi 
va boshqa makroekonomik ko`rsatqichlardan qat`iy nazar davlatning pul 
siyosatidagi asosiy vazifasi o`rtacha 3-5 % ga oshirishi lozim. Ushbu g`oya Dj. 
Keyns g`oyasiga qarama-qarshidir. Dj. Keyns pul massasini o`sishidagi cheklovlar 
va talabni oldinga surgan bo`lsa, M. Fridmen esa taklif va pul massasining doimiy 
o`sishini oldinga surgan. Monetarizm maktabi tarafdorlari inflyatsiyaga qarshi 
quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishni qo`llab-quvvatlaydilar: 
- tadbirkorlikning to`g`ridan-to`g`ri rag`batlantirish (foydaga investitsiya 
qilingan qismidan soliqlarni pasaytirish); 
- davlat xarajatlarini qisqartirish; 
- investitsiyaga yo`naltirilgan jamg`armalarning o`sishini rag`batlantirish 
(mamlakat aholisining jamg`armalarini tijorat banklariga va qimmatli qog`ozlarga 
joylashtirish). 
10
X.S.Xadjaev, I.A.Bakiyeva, Sh.Sh. Fayziev. Makroiqtisodiyot (O’quv qo’llanma) - T.: TMI, 2014, 268 bet. 

Download 105.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling