Inflyatsiya va uning turlari


-chizma. Inflyatsiyaning yuzaga chiqish shakllari


Download 105.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi105.25 Kb.
#1551857
1   2   3   4
Bog'liq
8.INFLYATSIYAGA turlari

1-chizma. Inflyatsiyaning yuzaga chiqish shakllari
9
Shiddatli 
(galopiruyuhaya) 
inflyatsiya. 
Ushbu 
inflyatsiya 
iqtisodiy 
rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar, 
bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga 
o`rtacha 10% dan 100% gacha ba`zi holatlarda 200% gacha oshishi mumukin. 
Buning natijasida muomaladagi pul massasi ko`payadi va milliy pul birliginng 
xarid qilish qobiliyati tushadi. Mamlakat aholisi o`rtasida pulning moddiylashtirish, 
ya`ni milliy pul birligini jamg`arishi emas, balki oltin, ko`chmas mulk holatida 
jamg`arishi jarayoni kuchayadi. 
Jilovlanmagan (giperinflyatsiya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya holatida 
mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx- 
navolar yiliga 1000% dan ortiq yoki oyiga 100% dan ortiq darajada oshadi. Ushbu 
holatda milliy iqtisodiyotda inqiroz yuzaga chiqadi. Buning natijasida ishlab 
chiqarish va bozor boshqaruvsiz faoliyat ko`rsataditi, narx-navo va ish haqi 
o`rtasidagi farq ortadi. Mamlakat aholisi qo`lidagi qog`oz pullarga tovarlar sotib 
oladi. Bu holat esa muomalada tovar massasi bilan tovar va xizmatlar bilan 
ta`minlanmagn ortiqcha qog`oz pullarni to`lib-toshishiga olib keladi. 
Yuqorida ta`kidlab o`tganimizdek, inflyatsiyaning asosiy sababi odatda bir 
emas, balki bir nechta bo`lib o`zaro mahkam bog`langan bo`ladi va narx-navoning 
ko`tarilib borishi bilangina namoyon bo`lib qolmaydi, balki narx-navoni 
boshqarilishiga ham bog`liq bo`ladi. Ushbu jixatdan quyidagi inflyatsiya shakllari 
ajratiladi: 
9
X.S.Xadjaev, I.A.Bakiyeva, Sh.Sh. Fayziev. Makroiqtisodiyot (O’quv qo’llanma) - T.: TMI, 2014, 268 bet. 
Mamlakat aholisida oltinning 
to`planishi (tezavratsiya)
Oltin va xorijiy valyutaning 
milliy valyutadagi narxini 
ko`tarilishi
Milliy pul birligining xorijiy 
valyutaga nisbatan kursini 
tushishi
Aholi va xo`jalik sub`ektlarida 
xorijiy valyutaning jamg`arilishi


11 
Oshkora inflyatsiya. Talab tomoniga qaragan makroiqtisodiy tengsizlik 
doimiy ravishda narx-navoning ko`tarilib borishi bilan ifodalanadigan bo`lsa, 
bunday inflyatsiya oshkora inflyatsiya deb ataladi. Oshkora inflyatsiya bozor 
mexanizmini buzmaydi: narx-navo ba`zi bozorlarda ko`tarilishi bilan bir vaqtda 
boshqa bozorlarda pasayib borishi mumkin. Buning asosiy sababi shundan iboratki, 
bozor mexanizmlari o`z ta`sirini davom ettirib, milliy iqtisodiyotga baholar 
to`g`risidagi ma`lumotlarni oshkora etkazib turadi, investitsiyalarni ilgari surib, 
ishlab chiqarishning kengayishi bilan taklifni rag`batlntirib boradi. 
Yashirin inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi shunday ko`rinishda bo`ladiki, 
bunday holatda ba`zi bir iste`mol mahsulotlariga narx-navo ma`muriy tarzda davlat 
tomonidan o`rnatiladi va tartibga solib turiladi. Bundan asosiy maqsad, davlat 
tomonidan ba`zi mahsulotlarga narx-navoni «ijtimoiy past» darajada belgilaydi. 
Yashirin inflyatsiya sharoitida narx-navoning keskin o`sishi kuzatilmasligi 
mumkin. Lekin milliy pul birligining qadrsizlanishi, mahsulotlar aholi pul 
mablag`lariga kerakli mahsulotlarni harid qilib bo`lmasligi holatlari paydo bo`ladi. 
Iqtisodiyotda yashirin inflyatsiya yuzaga chiqqanda mahsulotlarning narx- 
navosi hamda aholini daromadlarini o`sishi vaqtincha 
to`xtatiladi. 
Yashirin 
inflyatsiyani vujudga kelishini asosiy sabablaridan 
biri 
bu 
narxlar 
ustidan 
ma`muriy 
nazorat 
o`rnatishdir. 
Buning 
natijasida 
bozor 
mexanizmi 
deformatsiyalanadi. Uning qaysi darajada va o`zgarganligi darajasi va davomiyligi 
davlat tomonidan olib boriladigan siyosatga hamda tartibga solish shakliga 
bevosita bog`liq bo`ladi. Ushbu inflyatsiyaning salbiy tomoni shundan iboratki
inflyatsiya davrida ishsizlik darajasi oshadi, chunki ishlab chiqarish rivojlanmaydi. 
Xorijiy va milliy iqtisodiy nazariyaning qarashlariga asosan milliy 
iqtisodiyotning balansini buzilishi va uning oqibatida inflyatsiyaning yuzaga 
chiqishining quyidagi o`rtta omillari mavjud: 
 qog`oz pullarning emissiya qilishda va tashqi savdoda davlatning mutloq 
monopoliyasi; 
 hozirgi zamon davlat funktsiyalarini bajarish uchun davlat xarajatlarini 
ortishi; 


12 
 kasaba uyushmalari tomonidan byudjet muassasalari ishchi-xodimlarining 
ish haqlarini oshirish bo`yicha faoliyati; 
 iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar 
ko`rsatish sohasida ayrim xo`jalik sub`ektlarining monopoliya (oligopoliya) 
holatining mavjudligi. 
Biz yuqorida ta`kidlab o`tgan omillar nafaqat o`zaro bog`liq, balki ular talab 
va takliflarning o`sishi yoki pasayishiga turlicha ta`sir ko`rsatadi. 
Xorijiy amaliyotda inflyatsiyaning yuzaga chiqishini usullariga asosan 
quyidagi turlarga ajraniladi: taklif inflyatsiyasi, talab inflyatsiyasi, xarajatlar 
inflyatsiyasi, kredit inflyatsiyasi, import bilan bog`liq inflyatsiyasi, kutilayotgan 
inflyatsiyasi. 
Taklif inflyatsiyasida ishlab chiqarish xarajatlarini oshishi natijasida 
mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx- 
navoning o`sishi yuzaga chiqadi. Ushbu inflyatsiya turida monopol holatdagi 
korxonalar tomonidan ishlab chiqarishda asosiy vositalarni modernizatsiya qilish 
bilan bir vaqtda ulardan to`liq foydalanmaslik natijasida xarajatlar ortadi. Buning 
natijasida barcha ishlab chiqarish xarajatlari nisbatan kam chiqarilgan 
maxsulotlarning narx-navosini o`sishi amalga oshiriladi. 
Talab inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning ushbu turi mamlakat aholisi va xo`jalik 
sub`ektlarning daromadlari haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan
ishlar hamda ko`rsatilgan xizmatlar miqdoridan tez o`sadi. Odatda, talab 
inflyatsiya aholining to`liq ish bilan ta`minlangan holatda yuzaga chiqadi. 
Aholining daromadlarinig tez sur`atda o`sishi natijasida mahsulotlarga, bajarilgan 
ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlari bo`lgan narx-navo oshadi. Bunday holatda 
talabnig har qanday o`sishi narx-navoning o`sishiga olib keladi. 
Kredit inflyatsiyasi. Ushbu inflyatsiya turi mamakat markaziy, ba`zi 
mamlakatlarda milliy banklari tomonidan olib boriladigan kredit ekspansiyasi 
natijasida yuzaga chiqadi. Markaziy bank tijorat binklari uchun. Yuqori darajadagi 
qayta moliyalashtirish stavkasining o`rnatilishi natijasida xo`jalik sub`ektlariga 
beriladigan kredit qimmatlashadi. Xo`jalik sub`ektlari olingan kredit va u bo`yicha 


13 
foizlarni o`zlari ishlab chiqaradigan mahsulot tannarxiga kiritadi hamda ushbu 
holat mahsulotlar narx-navosini ko`tarilishiga sabab bo`ladi. 
Import bilan bog`liq inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi aniq olingan 
mamlakatga tashqi omillar asosida yuzaga chiqadi. Ushbu holatda import 
qilinadigan mahsulotlarga bo`lgan narx-navoning ko`tarilishi natijasida ba`zi 
mahsulotlarga bo`lgan narx-navolar zanjir tarzida ko`tarilishi mumkin. 
Kutilayotgan inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turida davlat tomonidan olib 
borilayotgan pul-kredit va byudjet siyosati natijasida joriy yil uchun 
inflyatsiyaning tahliliy darajasi belgilanadi va u daraja tartibga solib turiladi. 

Download 105.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling