Infografika haqida tushuncha


Download 25.62 Kb.
bet1/5
Sana24.01.2023
Hajmi25.62 Kb.
#1116402
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Shahnoza


INFOGRAFIKA HAQIDA TUSHUNCHA
REJA:

  1. Infografik nima

  2. Infografikani oddiy matnlardan farqi

  3. Infografika qayerda ishlatiladi

  4. Infografika yaratishni osonlashtiradigan koʻplab onlayn xizmatlar

Bugungi kunda grafik media mahsulotlarga boʻlgan talab va eʻtibor kun sayin ortib bormoqda. Ijtimoiy media marketing rivoji rivojlangani sayin, insonlarga xizmat, mahsulot hamda faoliyat haqida uzundan-uzoq tekstli maʻlumotlardan koʻr vizual kontent infografikalar taqdim etilishi ancha effekt bermoqda.
Xoʻsh, infografika nima?
Infografika — axborotni taqdim etishning grafik usulidir. Boshqacha qilib aytganda, buni rasm koʻrinishidagi maʻlumotlar desak ham boʻladi. Infografika boshqa elementlarni (matn, koʻrsatkichlar, diagrammalar, bloklar va ikonlar) oʻz ichiga olishi mumkin, unda grafik tasvirlar asosiy rol oʻynaydi.
Infografikani odatda grafik dizaynerlar, baʻzan esa illyustratorlar yaratadilar.
Infografika oddiy rasm yoki tasvirli matndan nimasi bilan farq qiladi?
Infografika, umuman olganda, axborot uzatishning mustaqil vositasidir. Bir soʻz bilan aytganda, infografika materialni tez, vizual va yorqin taqdim etish uchun moʻljallangan.
Nima uchun infografika axborotlarni taqdim etish uchun qulay hisoblanadi?
Uning koʻpgina afzalliklari bor:
Birinchidan, infografika sizga katta hajmdagi maʻlumotlarni koʻrsatishga imkon beradi — matnni uzoq vaqt oʻqish uchun bugungi auditoriyaning sabri va vaqti kamlik qilmoqda.
Ikkinchidan, yaxshi infografika maʻlumotni yanada aniqroq qiladi.
Uchinchidan, qiziqarli rasm tomoshabinlarning eʻtiborini jalb qilishga yordam beradi, shuning uchun bu format ommaviy ravishda qoʻllaniladi. Bugungi zamonaviy taʻlim tizimida ham infografik materiallardan koʻproq foydalanish tavsiya etilmoqda.

Download 25.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling