Информационный дайджест
O‘zbekiston – turizm o‘lkasi
Download 115.5 Kb.
|
26.08.2018 uzb
(Manba: “Xalq so‘zi” gazetasi)
O‘zbekiston – turizm o‘lkasiSamarqand shahrida “Silk Road Bazaar” milliy hunarmandchilik va savdo festivali bo‘lib o‘tmoqdaPrezidentimizning 2018-yil 16-martdagi “2018-2019-yillarda Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʻminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Samarqand viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan festivalda yurtimizning turli hududlaridan kelgan 80 dan ortiq usta-hunarmandlar oʻz mahsulotlarini namoyish etmoqda. Samarqandlik hunarmandlarning kashta va zardoʻzlik buyumlari, misgar va kulollarning nafis ishlari, Toshkent chinnilariyu Margʻilon adrasi, Shahrisabz chopon va nimchalari festival qatnashchilarida katta qiziqish uygʻotdi. Shuningdek, dunyoga mashhur Samarqand nonlari, Sharq shirinliklari, serquyosh yurtimizda yetishtirilgan turli meva va poliz mahsulotlari, milliy taomlar koʻrgazmalarini mahalliy va xorijlik sayyohlar hayrat bilan tomosha qilib, ulardan tatib koʻrdi. – Bu tadbir qadimiy Ipak yoʻlining bozori tarzida tashkil etilgan boʻlsa-da, katta bayramga aylanib ketgani bizga manzur boʻldi, – deydi belgiyalik sayyoh Justin Defesh xonim. – Odamlarning koʻpligi va bir-birlariga samimiy munosabatlari Sharq xalqlariga xos yuksak madaniyatdan dalolat beradi. Namoyish etilayotgan hunarmandlik mahsulotlarining rang-barangligi va turining koʻpligidan hayratdaman. Samarqandga sayohatimiz ushbu festivalga toʻgʻri kelganidan xursandmiz. Festivalda viloyatdagi folklor-etnografik jamoalar tomonidan badiiy dasturlar, teatrlashtirilgan tomoshalar namoyish etildi. Islom Karimov koʻchasi atrofida oʻrnatilgan bir necha sahnalarda samarqandlik taniqli xonandalar va yosh ijrochilar tomonidan kuy-qoʻshiqlar ijro etildi. – Oila aʻzolarimiz bilan Samarqandni ziyorat qilish uchun kelgan edik. Qarangki, katta bayram ustidan chiqib qoldik, – deydi namanganlik Mahmudjon Sirojiddinov. – Yurtdoshlarimiz bilan birga chet eldan kelgan sayyohlarning milliy hunarmandlik buyumlari, milliy taomlarimizni katta qiziqish bilan tomosha qilayotganini koʻrib oʻzimiz ham zavqlanib ketdik. Shunday betakror yurtda yashayotganimizga yana bir bor shukrona aytdik. (Manba: O‘zA) Download 115.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling