Informatika 14 – dars. Mavzu: Paskal dasturlash tili alifbosi va dasturi tuzilishi


Download 41.5 Kb.
bet5/5
Sana09.01.2022
Hajmi41.5 Kb.
#264564
1   2   3   4   5
Bog'liq
9 14-dars

Uses {Modullar ro‘yxati}


Label {Nishonlar ro‘yxati}

Const {Konstantalarni tavsiflash}

Var {O‘zgaruvchilarni tavsiflash}

Protsedura va funksiyalar

Begin

{Asosiy qism}



End.

Label, Const, Var, Begin, End – Paskal tilining maxsus so‘zlari bo‘lib, label – nishon, const (constant – konstanta) – o‘zgarmas miqdor, var (variable) – o‘zgaruvchilarni tavsiflash, begin – boshlanish, end – tamomlash ma’nolarini anglatadi.

Identifikator deganda o’zgarmaslar, o’zgaruvchilar, protseduralar, funksiyalar, modullar, dasturlar nomi tushuniladi. Identifikatorlar standart va foydalanuvchi turlarga bo’linadi. Standart identifikatorlar – dastur tomonidan avvaldan belgilangan bo’ladi.

Foydalanuvchi identifikatori dasturchi tomonidan tanlanadi va ixtiyoriy uzunlikda bo’lishi mumkin, lekin birinchi 63 ta belgisi ma’noga ega (farqlantiruvchi) bo’ladi. Identifikator nomi lotin harfidan yoki tagchiziq ( _ ) belgisidan boshlanishi va probellarsiz yozilishi shart. Birinchi belgidan keyin harflar, raqamlar va tagchiziq belgisi yozilishi mumkin. Turbo Pascal tilida identifikator nomlarini, qaysi registrda (quyi yoki yuqori) yozilishining ahamiyati yo’q, ya’ni aka, Aka, aKa kabilar bir xil nom deb qaraladi. Chunki, Turbo Pascal translyatori dasturni kompilyatsiya qilish (dasturni mashina tiliga o‘girish) vaqtida identifikator nomlari va xizmatchi so‘zlardagi barcha katta harflarni kichik harflarga almashtirib oladi. Nomlar apostrof ichiga olinmaydi, ya’ni ‘Men‘ va ‘men‘ nom bo’la olmaydi.

Paskal dasturlash tilida quyida keltirilgan so’zlar zahiralangan bo’lib, ularni foydalanuvchi identifikatori sifatida qo’llash mumkin emas:

and, asm, array, begin, case, const, constructor, destructor, div, do, downto, else, end, exports, file, for, function, goto, if, implementation, in, absolute, assembler, export, external, far, forward, index, interrupt, near, private, public, resident, virtual, inherited, inline, interface, label, library, mod, nil, not, object, of, or, packed, procedure, program, record, repeat, set, shl, shr, string, then, to, type, unit, until, uses, var, while, with, xor.

Paskal dasturlash tili bu so’zlarni dasturda ishlatishga yo‘l qo‘ymaydi hamda xato xabarini ekranga “Error 2: Identifier expected” (zahira identifikator) yozuvi orqali ifodalaydi.


IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


  1. Paskal dasturlash tilining alifbosi haqida so‘zlab bering.

  2. Paskal dasturlash tilida ishlatiladigan arifmetik va mantiqiy amallarni izohlang.

  3. Operator nima?

  4. Paskalda dastur qanday qismlardan tashkil topadi?

  5. Dasturning tavsiflash qismi haqida ma’lumot bering.

V. Uyga vazifa. Mavzuni o`rganish, 2-mashqni bajarish.
Download 41.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling