Konstruktor va destructor (Constructor and Destructor)


Download 269.53 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi269.53 Kb.
#1493225
Bog'liq
9-Maruza

Konstruktor va destruktor (Constructor and Destructor)

Reja:

  • Konstruktor
  • Destruktor
  • Obyektlari massivi
  • Do’st funksiyalar

K o n s t r u k t o r

Sinf a’zolarini ishga tushiradigan va ularga boshlang’ich qiymatlarni o’zlashtiradigan maxsus funksiya konstruktor deyiladi. Sinf obyekti yaratilganda konstruktor avtomatik tarzda ishga tushadi. Konstruktorning sinfning boshqa funksiya metodlaridan farqi shuki konstruktorga beriladigan nom sinf nomi bilan bir xil bo’ladi. Shuningdek, konstuktor hech qanday qiymat qaytarmaydi.

С++ da parametrsiz konstruktor


Parametrsiz konstruktor

С++ da parametrli konstruktor


Parametrli konstruktor

D e s t r u k t o r

Destruktor – kontruktorga teskari bo’lgan funksiya bo’lib, konstuktor orqali yaratilgan obyektni o’cherish uchun ishlatiladi. Destruktor nomi ham sinf nomi bilan bir xil bo’ladi biroq destructor nomi oldidan ~ (tilda) belgisi qo’yiladi. Destruktor dastur bajarilishi tugallanganida avtomatik tarzda chaqiriladi.

Destruktorga tegishli qoidalar:

  • Destruktor nomi ~ tilda belgisi bilan boshlanishi va sinf nomi bilan bir xil bo’lishi shart.
  • Bir sinfda bir nechta destruktor bo’lishi mumkin emas.
  • Destruktorda hech qanday parametr mavjud bo’lmaydi.
  • Destruktor ham hech qanday qiymat qaytarmaydi

Obyektlar massivi (Array of Objects)

Sinf tipidagi bir nechta obyektlardan tashkil topgan ketma-ketlik obyektlar massivi deyiladi. Obyektlar massivining har qaysi elementi sinfning xususiyat va metodlariga murojaat qilishi mumkin.

sinf_nomi massiv_nomi[obyektlar_soni];

Do’st funksiya (Friend functions)

Do’st funksiya – sinfdan tashqarida e’lon qilingan va sinfning shaxsiy (private) va himoyalangan (protected) a’zolariga murojaat qilish huquqiga ega bo’lgan funksiyadir. Do’st funksiya sarlavhasini sinf ichida friend kalit so’zi bilan e’lon qilinadi.


Download 269.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling