Informatika 2017. indd


HUJJATLARDA RASMLAR BILAN ISHLASH


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/54
Sana15.09.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1678413
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54
Bog'liq
6 class inforamation

HUJJATLARDA RASMLAR BILAN ISHLASH
Ayrim hujjatlarni tayyorlashda jadval va rasmlardan ham foydala-
niladi. Gazeta, jurnal yoki kitob sahifalarida bunday holni ko‘p uchrat-
gansiz. Jumladan, qo‘lingizdagi darslik sahifalarida ham turli rasm va 
jadvallar mavjud. Turli chizma va rasmlar hujjatlarning ko‘rgazmali, 
qiziqarli va tushunarli bo‘lishiga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: surat joylashtirish, rasm joylashtirish, rasm formati.
RASM JOYLASHTIRISH IMKONIYATI
Matn mazmunini boyitish maqsadida hujjatga rasmlar yoki fotosu-
ratlar joylashtirish mumkin. Buning uchun avval yurgich rasm joylash-
tirilishi kerak bo‘lgan joyga o‘rnatiladi, so‘ng Joylashtirish (Вставка) 
tasmasining Illustratsiyalar (Иллюстрации) guruhiga murojaat qilinadi. 
Rasmlar 2 xil manbadan joylashtirilishi mumkin: 
MS Word kolleksiyasidan
Surat (
Картинка
) tugmasi yordamida
Rasm faylidan
Rasm (
Рисунок
) tugmasi yordamida
KOLLEKSIYADAGI SURATNI HUJJATGA
JOYLASHTIRISH
Kolleksiyadagi suratlarni hujjatga joy-
lashtirish uchun Illustratsiyalar 
(Ил-
люстрации) guruhidagi Surat (Кар тинка) 
tugmasi tanlangach oynaning o‘ng qismida 
surat va eskizlarni tanlash uchun vazifalar 
sohasi ochiladi. 
Odatda, vazifalar sohasining Obyektlar-
ni qidirish (Искать объекты) tanlov may-
9-dars


43
donchasida Barcha multimedia fayllari (Все файлы мультимедиа) aks 
etib, dastur tomonidan joylashtirilishi ko‘zda tutilgan illustratsiyalar va 
fotosuratlar tanlangan bo‘ladi:
Vazifalar sohasidagi Boshlash (Начать) tugmasi tanlanganda kollek-
siyadan tanlangan turlarga mos barcha suratlar eskizlar ko‘rinishida aks 
etadi. Surat joylashtirish uchun eskizlarni varaqlab, sichqoncha yordami-
da keraklisi tanlanishi kifoya:


44
MS Word kolleksiyasidagi suratlar mavzular bo‘yicha guruhlar-
ga bog‘langan bo‘lib, bu bog‘lanishni sichqoncha ko‘rsatkichi eskizga 
yo‘naltirilganda aks etgan izohdan (yuqoridagi rasmda mavzu: дома, 
здания, озера, реки) ko‘rish mumkin.
Bu kabi guruhlash biror mavzu bo‘yicha rasmlarni izlash imkoniyatini 
beradi. Quyidagi rasm tanlov maydonchasiga kasb (профессия) mavzusi 
kiritilishi asosidagi izlash natijasini aks ettirgan (Искать: профессия):
Tabiiyki, yuzdan ortiq suratlar ichidan keraklisini izlab topishni tez-
lashtirish uchun ularni mavzular bo‘yicha ko‘rib chiqish maqsadga mu-
vofi q.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling