Paint dasturi haqida


Download 214.95 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi214.95 Kb.
#1592731
Bog'liq
Paint dasturi haqida


Paint dasturi haqida

Umrida rasm chizmagan kishini uchratish juda mushkul. O’zingiz ham maktabda rasm darsida turli rasmlarni chizgansiz. Rasmlar turli usulda ishlangan bo’lishi mumkin.
Masalan, qalam yoki flomaster yordamida, turli bo’yoqlar va mo’yqalam yordamida rasm chizish mumkin. Rasm chizish qanchalik zavqli bo’lmasin, xatolikka yo’l qo’ygan bo’lsangiz uni tuzatish oson kechmaydi. Ko’pincha buning iloji ham bo’lmaydi. Bu borada kompyuter beqiyos imkoniyatlarga ega. Paint dasturi yordamida turli shakllar, ramlar chizish har xil ranglardan foydalanish, so’zlar yozish zarur bo’lsa osonlik bilan xatolarni tahrir qilish mumkin. Paintda chizilgan har qanday shakl yoki rasm piksellarning (nuqtalarning) to’plamidan iborat bo’ladi.
Paint dasturi qanday ishga tushiriladi?
Paint dasturini ishga tushirishni uch xil usulda amalga oshirish mumkin:

  • masalalar panelidagi piktogrammasi yordamida;

  • ish stolidagi yorlig’i yordamida;

  • quyidagi ketma-ketlikdagi buyruqlarni bajarish orqali amalga oshiriladi (kalkulyatorni ishga tushirish kabi):


Paint dasturida ishni tugallas uchun esa X piktogrammasini yoki fayl menyusining «Выход» - ya'ni chiqish buyrug'ini tanlash yoki Alt + F4 klavishalarini birgalikda bosish yetarli.
Paint qanday tashkil etilgan?
Paint dasturining muloqot oynasi quyidari asosiy qismlardan tashkil topgan:

Sarlavha sairida ishlanayotgan rasm faylining nomi ko'rinib turadi. Agar rasmga nom berilmagan bo'lsa, «nomsiz» (Безымянный) yozuvi turadi.
Menyular satri fayllar bilan ishlash (hosil qilingan rasmni saqlash, saqlangan rasmni o'qish, ...), rasmni tahrir qilish (rasm rangini o'zgartirish, rasmni biror burchakka burish, ...), rasm o'lchamlarini belgilash kabi amallarni o'z ichiga oladi.
Menyular satri quyidagilardan iborat:



Ishchi maydoni kompyuter monitorining rasm chizish uchun ajratilgan qismidir.
Uskunalar paneli rasm chizish va tahrir qilish uchun uskunalar (qalam bo'yoq purkagich, o'chirg'ich, ...), turli chiziq va shakllar majmuidan iborat.
Ranglar majmui (palitra) turli rangdagi chiziqlarni chizish va bo'yashda rang tanlash uchun ishlatiladi.
Holat satrida sichqoncha ko'rsatkichi turgan joyga mos nuqralar o'rni ko'rsatiladi.
Fayl, tahrir, ko'rinish va rasm menyulari nimalardan iborat?
«Fayl» menyusi yordamida rasm chizish uchun yangi ishchi maydon hosil qilish, saqlangan rasmni diskdan o'qib olish, hosil qilingan rasmni saqlab qo'yish, rasmni boshqa nom bilan saqlash, ishchi maydondagi rasmni qog'ozga chop etish va dasturdan chiqish amallarini bajarish mumkin. U quyidagi amallardan iborat:

«Tahrir» menyusi yordamida oxirgi bajarilgan amalni bekor qilish va qayta tiklash tasvirning belgilangan qismini qirqib olish yoki nusxalash, olingan nusxani tasvirga joylashtirish yoki diskda saqlab qo'yish mumkin. U quyidagi amallar majmuiga ega:

«Ko'rinish» menyusi yorda­mida Paintning ba'zi elementlarini (uskunalar paneli, ranglar majmui va h.k.) o'rnatish yoki olib qo'yish, ishchi maydondagi tasvirning o'lchamini o'zgartirish mumkin.


U quyidagi amallar majmuiga ega:

«Rasm» menyusi yordamida ishchi maydondagi. rasm yoki uning belgilangan qismi ustida gorizontal yoki vertikal akslantirish, ma'lum burchakka burish, cho'zish yoki siqish o'ngga yoki chapga og'dirish, rangini o’zgartirish (negativ ko'rinishga keltirish), fonini shaffof qilish, ishchi maydonni tozalash amallarini bajarish mumkin. U quyiagi amallar majmuiga ega:

«Palitra» menyusi yordamida palitrani o'zgartirish, unga yangi ranglar qo'shish mumkin. U «Palitrani o'zgartirish» (Изменить палитру) amalidan iborat. Palitrani o'zgartirish amali tanlansa, monitorda palitra lavhasi paydo bo'ladi. Bu lavha yordamida istalgan rangni hosil qilish va uni palitraga qo'shib qo'yish mumkin.

Download 214.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling