Informatika 2017. indd


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/54
Sana15.09.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1678413
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
6 class inforamation

tartib raqamli sahifalar (Нечетные страницы), juft tartib raqam-
li sahifalar (Четные страницы) ko‘rsatmalaridan biri tanlanadi. Bar-
cha sahifalar ko‘rsatmasi tanlansa, hujjat yoki uning belgilangan qis-
mi to‘lig‘icha chop etiladi. Toq tartib raqamli sahifalar ko‘rsatmasi 
tanlansa, hujjatning faqat toq tartib raqamli sahifalari chop etiladi. Juft 
tartib raqamli sahifalar ko‘rsatmasi tanlansa, hujjatning faqat juft tartib 
raqamli sahifalari chop etiladi.
Printer bandida printer haqida ma’lumot hamda Xususiyatlar 
(Свойства) tugmasi bor. Sichqoncha yordamida Xususiyatlar tugmasi 


74
bosilsa, ekranda printerning xususiyatlari lavhasi ochiladi. Shuni aytish 
lozimki, printerlarning turiga qarab ularning xususiyatlari ham har xil 
bo‘ladi. Shunga ko‘ra xususiyatlar lavhasining ko‘rinishi va undagi ax-
borotlar ham turlicha bo‘ladi.
Printerlar turli-tuman xususiyatlarga ega bo‘lib, quyida biz ular-
ning hujjatni kitobcha shaklida chop etish xususiyati bilan tanishamiz. 
Ta’kidlash joizki, hamma printerlar ham bunday xususiyatga ega emas. 
Shu sababli kitobcha shaklida chop etish xususiyatini «HP LaserJet 
1300» rusumli printer misolida ko‘ramiz. Mazkur printerning xususi-
yatlari lavhasi quyidagi rasmda keltirilgan. Lavha bir nechta bo‘limdan 
iborat bo‘lib, hujjatni kitobcha shaklida chop etish uchun Yakuniy ishlov 
(Оконч. обработка) bo‘limiga kiriladi. 
Undagi Hujjat parametrlari (Параметры документа) bandidan Ik-
kala tomoniga chop etish (Печать на обоих сторонах) ko‘rsatmasi tan-
lanadi. Buklet maketida (Макет буклета) taklif etilgan ko‘rsatmalardan 
Chap tomondan muqovalash (Переплет по левому краю) ko‘rsatmasi 


75
tanlanadi. OK tugmasi bosilsa, yana Chop etish lavhasiga qaytiladi. Bu 
lavhadagi OK tugmasi bosilsa, hujjat chop etila boshlaydi. Avval hujjat-
ning bir qismi (yarmi) qog‘ozning bir tarafi ga chop etiladi. Chop etilgan 
qog‘ozlar tartibini buzmagan holda yana printerga joylansa, hujjatning 
qolgan qismi qog‘ozning orqa tomoniga chop etiladi. Chop etib bo‘lingan 
qog‘oz varaqlarini tekislab, ikkiga buklasangiz kitobcha hosil bo‘ladi.
Hujjatni kitobcha shaklida chop etishda ehtiyojga qarab, o‘ng tomon-
dan yoki yuqoridan muqovalash ham mumkin. Buning uchun buklet ma-
ketida tegishli ko‘rsatma tanlanadi.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling