Informatika 2017. indd
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
6 class inforamation
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAKRORLASHGA DOIR TOPSHIRIQLAR
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Qaysi tugma yordamida hujjatni chop etish mumkin? 2. Hujjatning joriy sahifasini chop etish qanday amalga oshiriladi? 3. Hujjatning ketma-ket kelmagan bir nechta sahifasini bir yo‘la chop etish mumkinmi? 4. Hujjatning faqat belgilangan qismini chop etish qanday amalga oshiriladi? 5. Hujjatning faqat juft yoki toq tartib raqamli sahifalarini chop etish qanday amalga oshiriladi? 6. Hujjatni 5 nusxada chop etish uchun qanday amallarni bajarish ke- rak? 7. Hujjatni kitob shaklida chop etish uchun bajariladigan amallar ket- ma-ketligini aytib bering. MASHQLAR 1. Quyidagi hujjatlardan birini 2 nusxada chop eting. a) «Mening vatanim – O‘zbekiston»; b) «Mening oilam»; d) «Tarjimayi hol2». 2. Ikki sahifalik biror hujjatni ikki tomonlama chop etish usulidan foy- dalanib qog‘ozning ikkala tomoniga chiqaring. 3. Bilimingizni takrorlash va mustahkamlash uchun yil davomida olgan ma’lumotlaringizni Word dasturi beradigan imkoniyatlar (jadvallar, matnlarning turli ko‘rinishlari, chizmalar va hokazo) ko‘rinishida daftaringizda aks ettiring. 76 TAKRORLASHGA DOIR TOPSHIRIQLAR Aziz o‘quvchilar! Yil davomida amaliy ish jarayonida juda keng qo‘llaniladigan matn protsessori bilan ishladingiz. Endi o‘tgan davr ichida olgan bilimlaringiz va amaliy ko‘nikmalaringizni sinab ko‘rish vaqti keldi. Quyida keltirilgan savollarga javob bering. 1. Matn muharrirlari va matn protsessorlari nimasi bilan farqlanadi? 2. Qanday matn muharrirlarini bilasiz? 3. Qanday matn protsessorlarini bilasiz? 4. Matn protsessorlari qanday imkoniyatlarga ega? 5. Hujjat tahrir qilinganidan so‘ng u qanday saqlanadi? 6. Blok deganda nimani tushunasiz? 7. Matnda belgilangan biror qism qanday nomlanadi? 8. Matndagi ortiqcha belgilar qanday o‘chiriladi? 9. Matndagi bir nechta satrlar qanday o‘chiriladi? 10. Word matn protsessorida chizilgan to‘rtburchakning ichki qismi- ni bo‘yash qanday amalga oshiriladi? 11. Word matn protsessorida chizilgan oval shakli chizig‘ini va ichki qismini bo‘yash uchun qanday amallar bajariladi? Quyida keltirilgan topshiriqlarni bajaring. 1. Matndagi biror so‘z yoki satrni boshqa satrga ko‘chirish jarayoni- ni misollarda ko‘rsating. 2. Matnning belgilangan qismidan nusxa ko‘chirishni misollar yorda- mida tushuntiring. 3. Matnning belgilangan qismini formatlashni misollar yordamida tu- shuntirib bering. 4. Hujjatda kompyuter xonasi bitta devorining jihozlanishini Word imkoniyatlaridan foydalanib aks ettiring. 5. Tabiat manzarasini aks ettiruvchi rasm chizing. 6. Word imkoniyatlaridan foydalanib quyidagi hujjatni tayyorlang. 17-dars 77 1-topshiriq. 2-topshiriq. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling