Informatika 2017. indd


Hoshiya – sahifa chetidagi toza saqlanadigan qism. Bosh satr –


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/54
Sana15.09.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1678413
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54
Bog'liq
6 class inforamation

Hoshiya – sahifa chetidagi toza saqlanadigan qism.
Bosh satr – hoshiyadan chekinishi bo‘lgan satr.
Abzas (nemischa: matnning bo‘limi) – bosh satri bo‘lgan satrlar ket-
ma-ketligi. Bitta fi kr haqidagi bir nechta gap alohida abzas ko‘rinishida 
ifodalanadi. Abzaslar boshqalaridan chekinishi, yozuv stili (uslubi, masa-
lan, oddiy, asosiy, Sarlavha1), intervali (satrlar orasining kengligi) bilan 
farqlanishi mumkin. Yangi abzasga o‘tish yoki bo‘sh abzas (satr) qoldi-
rish uchun Enter klavishi bosiladi. Bosh satr haqida yozilgan bitta gap 
ham, abzas haqida yozilgan beshta gap ham abzasga misol bo‘ladi. 
Matn – abzaslar to‘plami.
Fragment (lotincha: bo‘lak) – san’at asari, matnning bo‘lagi.
Sahifa – kitob yoki daftar varag‘ining bir tomoni. Matn protsessorla-
rida sahifa bir bosma qog‘ozga mos keladi.
Format (lotincha: shakl beraman) – o‘lcham, shrift shakli, chizma 
ko‘rinishi, intervalni aniqlash yoki boshqa ko‘rinish berish. Yuqorida 
keltirilgan shrift xususiyatlari shriftning formatiga misol bo‘ladi.
Microsoft Word dasturining xususiyatlaridan biri vorislik bo‘lib, 
keyingi shrift avvalgi shriftni, keyingi abzas avvalgi abzasni, yangi 
sahifa avvalgi sahifa formatlarini o‘zida to‘liq saqlab qoladi.


13
Matn protsessoridagi amallarning ba’zilari bilan Paint dasturi orqali 
tanishgan edingiz. Shuning uchun hech bir qiyinchiliksiz amalda qo‘llay 
olasiz. Nom berib saqlangan hujjat Word dasturida ham, odatda, Paint 
dasturidagi kabi Мои документы (qisqa nomi Документы ) papka-
sida saqlanadi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. 
Matn muharrirlariga nisbatan matn protsessorlarining afzalligi ni-
mada?
2. 
Matn protsessorida hosil qilingan matn qanday ataladi?
3. 
Word matn protsessorini ishga tushirish usullarini amalda ko‘rsatib 
bering.
4. 
Word matn protsessorining interfeysi haqida qisqa ma’lumot be-
ring.
5. 
Word matn protsessorining sarlavha satrida nimalar aks etadi?
6. 
Word matn protsessorining Fayl menyusi amallarini izohlang.
7. 
Word matn protsessorida tasmalar qanday vazifani bajaradi?
8. 
Word interfeysi rasmidan shrift, satr, abzas kabi tushunchalarga 
misollar ko‘rsating.
9. 
Shu darslikdan shrift, so‘z, satr, hoshiya, abzas kabi tushuncha-
larga misollar ko‘rsating.
10. 
Word matn protsessoridagi vorislik xususiyati haqida so‘zlab be-
ring.
11. 
Word dasturida saqlangan hujjat qaysi papkaga joylashadi?

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling