15
HUJJAT HOSIL QILISH
Matnli
hujjat tayyorlash uchun, avvalo, yangi sahifa (ish sohasi) ho-
sil qilinadi. Microsoft Word matn protsessorida yangi sahifa hosil qilish,
masalan, quyidagilardan biri asosida amalga oshirilishi mumkin:
1)
ishga tushirilgan dastur
nomi
bilan yangi hujjat hosil
qilishni taklif etadi;
2)
Fayl menyusidan
Hosil qilish (Создать) buyrug‘i tanlanadi. Na-
tijada matn terish uchun yangi sahifa hosil bo‘ladi.
Shu bilan matnli hujjat tayyorlash jarayoni boshlanadi.
Ma’lumki,
matn gaplardan, gaplar so‘zlardan, so‘zlar esa harfl ardan
tashkil topadi. Bundan tashqari, matnda tinish
belgilari va maxsus belgi-
lar ham ishlatiladi. Bu belgilarning hammasi klaviaturada mavjud. Shu
sababli mazkur klavishlarning klaviaturada joylashish tartibini qanchalik
yaxshi bilsangiz, matn terish ham shunchalik oson bo‘ladi.
Buning uchun
kerakli belgili klavishlarni ketma-ket bosish kifoya. Bosilgan klavishga
mos belgi ish sohasining yurgich ko‘rsatib turgan yeriga yoziladi va yur-
gich bir belgi o‘ngga suriladi.
Ba’zi klavishlar ustiga bir nechta belgi tasviri tushirilgan bo‘ladi
(5-sinf).
Bu tasvirlar, odatda, yoki harfl arni, yoki maxsus belgilarni ifo-
dalaydi. Masalan:
Bu
klavishlardan biri bosilganda, unda tasvirlangan harf yoki max-
sus belgilardan qaysi biri hujjatda aks etishi klaviatura ishlayotgan til
holatiga bog‘liq. Klaviatura foydalanuvchi
tomonidan tanlangan, ma-
salan:
til holatlaridan birida ishlayotgan bo‘lishi mumkin. Til holati, odatda,
Do'stlaringiz bilan baham: