Mavzu: Hujjat hosil qilish va saqlash


Download 319.5 Kb.
Sana10.01.2023
Hajmi319.5 Kb.
#1087079
Bog'liq
Mavzu8


Mavzu: Hujjat hosil qilish va saqlash.
Dars maqsadi:O’quvchilarga hujjat hosil qilish va saqlash haqida ma`lumot berish.
Ta’limiyligi :O’quvchilarga hujjat hosil qilish va saqlash haqida tushuncha va bilim, ko’nikma berish.
Tarbiyaviyligi: O’quvchilarniga kasbiy va ma’naviy tarbiya berish.
Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarning kompyuter haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish va o’zaro kerakli ma`lumotlar almashish madaniyatini shakllantirish.
Shakllantirilgan tayanch kompetensiyalar:
TK1kommunikativ kompetensiya: o’quvchilar fanga oid voqea va hodisalarni idrok qiladi, tushunadi, tushuntirib bera oladi;
FK1 - Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi:o’quvchilar matn muharriri va protsessori farqini, ularning imkoniyatlarini biladi, izlab topilgan matnli axborotlarni saqlaydi va amalda foydalana oladi;
Dars turi: ma`ruza va amaliyotning uyg’unligi asosida
Dars tipi: savol – javob, jamoa va kichik guruhlarda ishlash
Dars jixozi: darslik, kompyuter, tarqatma materiallar,
Nazorat: og’zaki suhbat,kuzatish, muhokama, amaliy
Baholash: rag’batlantirish, 5 ballik reyting tizimi

  1. Tashkiliy qism: sinf tayyorligi ko’zdan kechiriladi. Navbatchi axboroti tinglanadi. Davomat olinadi.Sinf guruhlarga bo’linadi.

  2. O’tilganlarni takrorlash: takrorlash savollar va uyga vazifani tekshirish bilan amalga oshiriladi.



III. YANGI MAVZU BAYONI
“Файл” menyusidan hosil qilish (саздать) buyrug'i tanlanadi natijada matn terish uchun yangi sahifa vujudga keladi.Bu ishni standart uskunalar panelidagi hosil qilish tugmasini bosish bilan ham amalga oshirish mumkin shu bilan matnli hujjat tayorlash jarayoni boshlanadi.
Yaratilgan matnli hujjat xususiyatlariga qarab yuqorida aytib o’tilgan parametrlar mos ravishda o’rnatiladi.Matn kiritish aytarli darajada murakkab emas.Bu yerda klavyaturadan foydalanish mahoratli katta ahamiyatga ega.
Hosil qilingan matnni diskga saqlab qo’yish lozim.Buning uchun matnni oxirigacha yozib bo’lishni kutish shart emas.Odatda matn kritishi boshlanishi bilan uni diskda saqlab, matn yozib bo’lguncha vaqt-vaqti bilan saqlab turish maqsadga muvofiq chunki turli sabablarga ko’ra kampyuter o’chib qolishi mumkin.Bu holda diskda matnning saqlangan qismi qoladi.
Matnni saqlash uchun agar u birinchi marta saqlanayotgan bo’lsa fayl menyusidan kabi saqlash (сохранитькак) buyrug’i tanlanadi. Ekranda kabi saqlash muloqot hosil bo’ladi. Kerakli katalog (папка) tanlanib fayl nomi yoziladi va saqlash (сохранить) tugmasi bosiladi navbatdagi saqlashda fayl menyusidagi saqlash buyrug’ini tanlash yoki standart uskunalar panelidagi saqlash tugmasini bosish kifoya.
HUJJATNI SAQLASH
Hosil qilingan matnni diskda saqlab qo‘yish lozim. Buning uchunmatnni oxirigacha yozib bo‘linishini kutish shart emas. Odatda, matnningkiritilishi boshlanishi bilan uni diskda saqlab, matn yozib bo‘lingunchavaqt-vaqti bilan saqlab turishni takrorlash maqsadga muvofiq. Chunkiturli sabablarga ko‘ra, kompyuter o‘chib qolishi mumkin. Bu holdadiskda matnning oxirgi marta saqlangan qismi qoladi.
Matnni saqlash uchun, agar u birinchi marta saqlanayotgan bo‘lsa,Fayl menyusidan Saqlash ( ) yoki «...kabi saqlash»( ) buyrug‘i tanlanadi. Natijada ekranda «hujjatnisaqlash» muloqot oynasi hosil bo‘ladi (27-betdagi rasmga qarang).
Kerakli papka (Папка) tanlanib, fayl nomi (masalan, «Informatikadanreferat») yoziladi vaSaqlash ( ) tugmasibosiladi. Navbatdagi saqlashda fayl menyusidagi Saqlash buyrug‘iniyoki STANDART uskunalar panelidagi saqlash tugmasini tanlashkifoya.

Agar avval saqlangan faylni boshqa nom bilan yoki boshqa papkadasaqlash lozim bo‘lsa, u holda Fayl menyusidan «...kabi saqlash»( ) buyrug‘i tanlanadi.


Yozilayotgan matnni vaqti-vaqti bilan saqlab turish yodingizdan chiqmasin.


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:mustahkamlash uchun guruhlarga bo’lib test-savol beriladi.
SJ:
1. Matnli hujjatni hosil qilish nimadan boshlanadi?
2. Word dasturida yangi hujjat hosil qilish uchun qanday amallar
bajariladi?
3. Qaysi uskunalar paneli yordamida yangi sahifa hosil qilinadi?
Amalda ko‘rsating.
4. Matnda yurgich qaysi klavishlar yordamida harakatlantiriladi?
5. Bitta klavishdagi bir necha belgidan qaysi biri ekranga chiqadi?
6. Quyi registr va yuqori registr deganda nimani tushunasiz?
7. Bosh harflarni yozish uchun qo‘shimcha qaysi klavish bosiladi?
8. Faqat bosh harflarni yozish holatiga qaysi klavish yordamida
o‘tiladi?
9. Hujjatni saqlashning qanday usullari bor? Amalda ko‘rsating.


V.Xulosalash: o‘quvchilar yangi bilim va ko’nikmaga ega bo’ladi. Matn muharriri Microsoft Word dasturi ma`lumotlari haqidagi bilimlarni egallaydilar.


VI.Uyga vazifa: «O‘zbekiston madhiyasi» nomli hujjatni oching va Vatanimiz
madhiyasi naqarotini yozing.
Download 319.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling