Informatika 25 – dars. Mavzu: Ekran bilan ishlash operatorlari
Black To‘q kulrang 8 DarkGray
Download 63.5 Kb.
|
9 25-dars
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashqlar
Biror rangni tanlash uchun Paskalning maxsus operatorlari yordamida qavs ichida shu rangning kodi yoki unga mos konstanta nomi ko‘rsatiladi. Ranglar matn va fon uchun turlicha tanlananishi maqsadga muvofiq, aks holda matn fon ichida ko’rinmay qoladi. Matn va fon uchun belgilangan oxirgi ranglar mos ravishda matnning joriy rangi va fonning joriy rangi deyiladi. Agar avvaldan biror rang tanlanmagan bo‘lsa, matn uchun oq, fon uchun esa qora rang joriy hisoblanadi. Endi Crt moduli tarkibiga kirgan ba’zi operator va funksiyalari bilan tanishamiz. Matn va matn foni rangi bilan ishlaydigan operatorlar quyidagilar:
bu yerda rang – o‘garuvchi yoki o‘zgarmas miqdor bo‘lib, tanlangan rang kodi yoki konstanta nomini ifodalaydi.
Ba’zan ekranda ma’lumotlar ko’payib ketganidan keraklisini topish qiyinlashadi. Bunday holda qo’llangan ClrScr operatori ekranni tozalaydi va yurgichni ekran boshiga (chap yuqori burchagiga) o‘rnatadi. Agar dasturda ClrScr operatori matn foni rangidan keyin yozilsa, u holda ekran matn foni rangiga bo‘yaladi.
Dastur natijasi “chiroyli” ko‘rinishda bo‘lishi uchun turli ranglardan foydalanish bilan birga uni ekranning kerakli joyidan chiqarish ham ahamiyatga ega. Buning uchun yurgichni ekranning kerakli joyiga o‘rnatish zarur. Paskal tilida bu vazifani GotoXY operatori amalga oshiradi. Uning umumiy ko‘rinishi quyidagicha: GotoXY(A,B);, bu yerda A va B butun sonli o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmaslar bo‘lib, GotoXY(A,B) operatori yurgichni ekranning A-ustun va B-satr kesishgan joyiga o‘rnatadi. Ekran matn holatida, asosan, 80´25 o‘lchamga ega.Ya’ni, 80 ta ustun va 25 ta satr (maxsus operatorlar yordamida bu o‘lchamni o‘zgartirish ham mumkin). Shu sababli mazkur operatorda 1 ≤ A ≤ 80 va 1 ≤ B ≤ 25 shart bajarilishi zarur.
Bu dasturda ekranga chiqariladigan matn 36 ta belgidan iborat. Matnni chap va o’ng tomonidan bir xil joy qoldirib ekranning o‘rtasidan chiqarish uchun GotoXY operatoridagi A va B ning qiymati quyidagicha hisoblandi: A=[25/2]=12, B=[(80-36)/2]=22.
Paskalda matn holatida ekran bilan ishlash uchun qanday moduldan foydalaniladi? Paskalda asosan necha xil rang ishlatilishi mumkin? Matn rangini qanday operator orqali o‘zgartiriladi? Matn foni rangini qanday operator orqali o‘zgartiriladi? ClrScr operatori qanday maqsadlarda qo’llaniladi? Javobingizni misollar bilan izohlang. Ekran matn holatida necha satr va ustundan iborat? Matnni ekranning istalgan joyiga chiqarish mumkinmi? Javobingizni izohlang. Mashqlar1. Quyidagi dastur natijasida ekran rangi, matn foni rangi va matn ranglari qanday bo’lishini va matnlar joyini aniqlang. Uses crt; Begin textbackground(yellow); writeln(‘O`zbekiston‘); clrscr; textcolor(4); write(‘kelajagi ‘); textbackground(blue); writeln(‘buyuk‘); textcolor(2); write(‘DAVLAT!‘); readln; end. Javob: fon rangi — sariq; “kelajagi” — qizil; “buyuk” — ko`k fonda qizil rangda; “DAVLAT” — ko`k fonda yashil rangda 2. “O‘zbekiston konstitutsiyasi – erkinlik posboni” matniga qizil, matn foniga ko‘k rangni tanlab ekranga chiqaring. Uses crt; Begin Textbackground(red); textcolor(blue); write(‘O`zbekiston konstitutsiyasi – erkinlik posboni’); Readln; End.
3. Quyidagi dasturga shunday operatorlar qo’shingki, barcha matn ko’k rangda, matn fonlari sariq rangda ekranga chiqsin. Dastur ishlashini izohlang. Uses crt; Var a,b: string; m, s : real; Begin
a:= ‘Kvadratning tomonini kiriting: ‘; b:= ‘Kvadratning yuzi: ‘; Write(a); readln(m); s:=sqr(m); write(b, s:8:2, ‘ kvadrat birlik‘); readln; End.
5. Ekranga ismingiz, familiyangiz va sharifingizni 3 xil rangda matnni 3 xil fon rangida va ekranning turli joylarida chiqaring. V. Uyga vazifa 4-masala. Download 63.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling