Informatika 25 – dars. Mavzu: Ekran bilan ishlash operatorlari


Black To‘q kulrang 8 DarkGray


Download 63.5 Kb.
bet2/2
Sana09.01.2022
Hajmi63.5 Kb.
#265234
1   2
Bog'liq
9 25-dars

Black





To‘q kulrang

8

DarkGray


Ko‘k

1

Blue




Havorang

9

LightBlue

Yashil

2

Green




Och yashil

10

LightGreen

Billur

3

Cyan




Och billur

11

LightCyan

Qizil

4

Red




Och qizil

12

LightRed

Siyoxrang

5

Magenta




Och siyoxrang

13

LightMagenta

Jigarrang

6

Brown




Sariq

14

Yellow

Och kulrang

7

LightGray




Oq

15

White

Biror rangni tanlash uchun Paskalning maxsus operatorlari yordamida qavs ichida shu rangning kodi yoki unga mos konstanta nomi ko‘rsatiladi. Ranglar matn va fon uchun turlicha tanlananishi maqsadga muvofiq, aks holda matn fon ichida ko’rinmay qoladi. Matn va fon uchun belgilangan oxirgi ranglar mos ravishda matnning joriy rangi va fonning joriy rangi deyiladi. Agar avvaldan biror rang tanlanmagan bo‘lsa, matn uchun oq, fon uchun esa qora rang joriy hisoblanadi.

Endi Crt moduli tarkibiga kirgan ba’zi operator va funksiyalari bilan tanishamiz. Matn va matn foni rangi bilan ishlaydigan operatorlar quyidagilar:


Matn rangini belgilaydigan operator

Matn foni rangini belgilaydigan operator

TextColor(rang);

TextBackGround(rang);

bu yerda rango‘garuvchi yoki o‘zgarmas miqdor bo‘lib, tanlangan rang kodi yoki konstanta nomini ifodalaydi.



1–misol.

Uses Crt;

Begin

TextColor(14); {yoki TextColor(yellow) }



WriteLn(‘Bu matn ekranga sariq rangda chiqadi‘);

End.







2–misol.

Uses Crt;

Begin

TextColor(Yellow); TextBackGround(Blue);



WriteLn(‘ Bu matn ekranga ko‘k fonda sariq rang bilan chiqadi‘);

End.



Ba’zan ekranda ma’lumotlar ko’payib ketganidan keraklisini topish qiyinlashadi. Bunday holda qo’llangan ClrScr operatori ekranni tozalaydi va yurgichni ekran boshiga (chap yuqori burchagiga) o‘rnatadi. Agar dasturda ClrScr operatori matn foni rangidan keyin yozilsa, u holda ekran matn foni rangiga bo‘yaladi.




3–misol.

Uses Crt;

Begin

ClrScr; {ekran tozalanib, yurgich ekran boshiga o‘rnatiladi}



TextColor(14); TextBackGround(2);

WriteLn(‘Bu matn yashil fonda sariq rang bilan chiqadi‘);

End.







4–misol.

Uses Crt;

Begin

TextColor(14); TextBackGround(2);



ClrScr; {ekran tozalanib, ekran rangi yashilga bo‘yaladi va yurgich ekran boshiga o‘rnatiladi}

WriteLn(‘Bu matn yashil ekranga sariq rang bilan chiqadi‘);

End.



Dastur natijasi “chiroyli” ko‘rinishda bo‘lishi uchun turli ranglardan foydalanish bilan birga uni ekranning kerakli joyidan chiqarish ham ahamiyatga ega. Buning uchun yurgichni ekranning kerakli joyiga o‘rnatish zarur. Paskal tilida bu vazifani GotoXY operatori amalga oshiradi. Uning umumiy ko‘rinishi quyidagicha: GotoXY(A,B);, bu yerda A va B butun sonli o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmaslar bo‘lib, GotoXY(A,B) operatori yurgichni ekranning A-ustun va B-satr kesishgan joyiga o‘rnatadi. Ekran matn holatida, asosan, 80´25 o‘lchamga ega.Ya’ni, 80 ta ustun va 25 ta satr (maxsus operatorlar yordamida bu o‘lchamni o‘zgartirish ham mumkin). Shu sababli mazkur operatorda 1 ≤ A ≤ 80 va 1 ≤ B ≤ 25 shart bajarilishi zarur.




5–misol.

Uses Crt;

Begin

ClrScr; {ekran tozalandi}



GotoXY(22,12); {yurgich 22-ustun va 12-satr kesishgan joyga o‘rnatildi}

Write(‘Bu matn ekranning o`rtasidan chiqadi‘);

End.



Bu dasturda ekranga chiqariladigan matn 36 ta belgidan iborat. Matnni chap va o’ng tomonidan bir xil joy qoldirib ekranning o‘rtasidan chiqa­rish uchun GotoXY operatoridagi A va B ning qiymati quyidagicha hisoblandi:

A=[25/2]=12, B=[(80-36)/2]=22.

IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


  1. Paskalda matn holatida ekran bilan ishlash uchun qanday moduldan foydalaniladi?

  2. Paskalda asosan necha xil rang ishlatilishi mumkin?

  3. Matn rangini qanday operator orqali o‘zgartiriladi?

  4. Matn foni rangini qanday operator orqali o‘zgartiriladi?

  5. ClrScr operatori qanday maqsadlarda qo’llaniladi? Javobingizni misollar bilan izohlang.

  6. Ekran matn holatida necha satr va ustundan iborat?

  7. Matnni ekranning istalgan joyiga chiqarish mumkinmi? Javobingizni izohlang.

Mashqlar


1. Quyidagi dastur natijasida ekran rangi, matn foni rangi va matn ranglari qanday bo’lishini va matnlar joyini aniqlang.

Uses crt;

Begin

textbackground(yellow); writeln(‘O`zbekiston‘); clrscr; textcolor(4);



write(‘kelajagi ‘); textbackground(blue); writeln(‘buyuk‘);

textcolor(2); write(‘DAVLAT!‘); readln;

end.

Javob: fon rangi — sariq; “kelajagi” — qizil; “buyuk” — ko`k fonda qizil rangda; “DAVLAT” — ko`k fonda yashil rangda



2. “O‘zbekiston konstitutsiyasi – erkinlik posboni” matniga qizil, matn foniga ko‘k rangni tanlab ekranga chiqaring.

Uses crt;

Begin

Textbackground(red); textcolor(blue); write(‘O`zbekiston konstitutsiyasi – erkinlik posboni’);



Readln;

End.


3. Quyidagi dasturga shunday operatorlar qo’shingki, barcha matn ko’k rangda, matn fonlari sariq rangda ekranga chiqsin. Dastur ishlashini izohlang.

Uses crt;

Var a,b: string; m, s : real;

Begin

Textbackground(yellow); textcolor(blue);

a:= ‘Kvadratning tomonini kiriting: ‘; b:= ‘Kvadratning yuzi: ‘;

Write(a); readln(m); s:=sqr(m); write(b, s:8:2, ‘ kvadrat birlik‘); readln;

End.


5. Ekranga ismingiz, familiyangiz va sharifingizni 3 xil rangda matnni 3 xil fon rangida va ekranning turli joylarida chiqaring.

V. Uyga vazifa

4-masala.
Download 63.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling