Informatika-9


Download 150 Kb.
bet3/4
Sana09.01.2022
Hajmi150 Kb.
#264587
1   2   3   4
Bog'liq
9 13-dars

Integrallashgan muhit – dasturlashga yordamlashuvchi dastur bo‘lib, u quyidagi asosiy vazifalarni bajarishi lozim:

  • avvalambor, u dastur matnini kiritish imkonini berishi;

  • vaqti-vaqti bilan kiritilayotgan dastur matnini tashqi xotirada saqlab turishi;

  • dasturni ishga tushirish uchun translyatorga ega bo‘lishi;

  • sintaktik xatoliklarni aniqlash vositasiga ega bo‘lishi kerak.

Turbo Paskal 7.0 integrallashgan muhiti sanab o‘tilgan vazifalardan tashqari yana ko’pgina vazifalarni ham amalga oshirish imkonini beradi.

“Turbo Pascal 7.0” dasturlash tizimi tashqi xotiraning, odatda, “TP7” nomli katalogiga joylashtiriladi (umuman olganda boshqa katalogga joylashtirish ham mumkin). U yuzdan ortiq fayldan iborat bo‘lib, fayllar vazifalariga qarab bir nechta kataloglarga joylashtirilgan (1-rasm). Turbo Paskal integrallashgan muhitini ishga tushiruvchi Turbo.exe fayli “BIN” katalogida joylashgan. Qolgan kataloglarda asosan yordamchi fayllar hamda Turbo Paskalning imkoniyatlarini namoyish etuvchi dasturlar joylashgan. Masalan, “BGI” katalogida grafik holatda ishlash uchun zarur fayllar joylashgan.

Turbo Paskalning qolgan katalog va fayllari haqida darslikda keltirilgan qo‘shimcha adabiyotlar ro’yhatidagi qo‘llanmalardan yetarlicha ma’lumot olishingiz mumkin.

Turbo.exe fayli ishga tushirilgach ekranda Turbo Paskal integrallashgan muhiti interfeysi ochiladi. U menyular satri, oynalar sohasi va ma’lumot satridan iborat (2-rasm). Turbo Paskalda bir nechta turdagi oynalar bo’lib (3-rasm), ulardan bizga eng muhimi dastur matni muharriri oynasidir. Bu oynani hosil qilish uchun File menyusining New (Yangi) buyrug’ini tanlash yetarli.

Menyular satriga o‘tish uchun F10 klavishi bosiladi. So‘ngra chapga yoki o‘ngga yo‘nalish klavishalari yordamida kerakli menyuni tanlab ENTER klavishi bosiladi. Kerakli menyuni sichqoncha yordamida ham tanlash mumkin.

Turbo Paskal integrallashgan muhiti interfeysi matn muharririni interfeysiga o‘xshaydi. Unga dastur matni dastur muharriri oynasida matn muharriridagi kabi yoziladi. MS Worddagi kabi Turbo Paskalda ham bir nechta oyna ochib, ularning har biri bilan alohida ishlash imkoniyati mavjud. Bu bir vaqtda bir nechta dastur bilan ishlash imkonini beradi. Joriy vaqtda ishlanayotgan oyna faol oyna deyiladi (faol oyna 3-rasmda ikki qatlamli chegaraviy chizig’i bilan ajralib turibdi). Dastur matni muharririda matn nomi NONAME00.PAS kabi tavsiya etilayotgan bo’lib, matn nomi nomsiz00 va fayl kengaytmasi pas bo’lishini bildiradi.


Download 150 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling