Informatika asoslari” kafedrasi ilmiy-seminarining 1-sonli bayonnomasi
Download 63.5 Kb.
|
1-sonli bayonnoma 09.11.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kun tartibi
- Bibliografik ma’lumotlar bazasi yozuvlarni avtomatik bog’lash usullari va algoritmlari
- So’zga chiqdi: kafedra assistenti A.Yu.Dauletov
- So’zga chiqdi: kafedra mudiri, t.f.d., professor B.B.Mo’minov
- Qaror qilindi
- Kafedra mudiri: t.f.d., professor B.B.Mo’minov Mas’ul kotib
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti “Informatika asoslari” kafedrasi ilmiy-seminarining 1-sonli bayonnomasi 09.11.2021 y Toshkent sh. Qatnashdilar: Kafedra mudiri t.f.d., professor B.B.Mo’minov, kafedra dotsentlari Z.SH.Abdullayeva, M.Yu.Haydarova, M.R.Babajanov, katta o’qituvchilar A.A.Abduraxmanov, D.R.Gulyamova, K.A.Ibragimova, O.O.Ishniyazov, kafedra assistentlari A.X.Аliqulov, M.Ya.Rustamova, G.R.Mirzaeva, S.M.Saidov, S.N.Hojiev, Sh.Sh.Shokirov, A.Yu.Dauletov, F.Ya.Qurbonov, Z.H.Temirov, A.A.Аbduraxmonov, Sh.I.Cho’lliev, D.N.Djamalyadinova hamda kafedra stajer-o’qituvchilari G.G’.Ro’zieva, M.J.Safarova, D.F.Sodiqova Kun tartibi: Kafedra katta o’qituvchisi O.O.Ishniyazovning dissertatsiya muhokamasi. Kafedra assistenti A.Yu.Dauletovning dissertatsiya muhokamasi. So’zga chiqdi: kafedra katta o’qituvchisi O.O.Ishniyazov: O.O.Ishniyazov so’zga chiqib seminar a’zolarini dissertatsiya mavzusi bilan tanishtirdi. Dissertatsiya mavzusi: “Bibliografik ma’lumotlar bazasi yozuvlarni avtomatik bog’lash usullari va algoritmlari”. O.O.Ishniyazov mavzuning dolzarbligi, ilmiy yangilik jihatlari va mavzu yuzasidan olib borilgan kuzatuvlar va amaliyotlar haqida seminar qatnashchilariga bayon qildi. Mazkur dissertatsiya mavzusi yuzasidan kafedra mudiri t.f.d., professor B.B.Mo’minov ma’ruzachiga “Bibliografik yozuvlarning avtomatik aniqlanish turlari” kabi savol bilan murojaat qildi. O.O.Ishniyazov berilgan savolga munosib tarzda javob berdi. So’zga chiqdi: kafedra assistenti A.Yu.Dauletov: A.Yu.Dauletov so’zga chiqib seminar a’zolarini dissertatsiya mavzusi bilan tanishtirdi. Dissertatsiya mavzusi: “hdfhddjd”. A.Yu.Dauletov mavzuning dolzarbligi, ilmiy yangilik jihatlari va mavzu yuzasidan olib borilgan kuzatuvlar va amaliyotlar haqida seminar qatnashchilariga bayon qildi. Mazkur dissertatsiya mavzusi yuzasidan ma’ruzachiga seminar qatnashchilari tomonidan bir nechta savollar berildi. Jumladan, dotsentlar M.R.Babajanov, M.Yu.Haydarovalar ma’ruzachiga “Hujjat aylanish tizimining xavfsizlik jihatidan baholanishi hamda korporativ tarmoq bo’yicha jahon miqyosida amalga oshirilgan ishlar va ularning ma’ruzachi tomonidan tahlili, va shu bilan birga korporativ ma’lumotlar uchun olingan ob’yektlarning aniqligi hamda dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va uning yutuq va kamchiliklari haqida aniq ma’lumotlar” yuzasidan bir qancha savollar berdilar. Ma’ruzachi A.Yu.Dauletov seminar davomida berilgan savollarga javob berdi. So’zga chiqdi: kafedra mudiri, t.f.d., professor B.B.Mo’minov: Kafedra mudiri, t.f.d., professor B.B.Mo’minov seminar yakunida so’zga chiqib, assistent A.Yu.Dauletovning ilmiy rahbari sifatida ma’ruzachining seminar davomidagi kamchiliklarini to’ldirdi va mazkur dissertatsiya mavzusi yuzasidan o’z fikrlarini va birgalikda amalga oshirilgan amaliyot natijalarini seminar ishtirokchilariga bayon qildi. Qaror qilindi: Ma’ruzachilarning kamchiliklari aytib o’tildi va kelgusida mavjud kamchiliklar yuzasidan tuzatishlar amalga ishirilishi to’g’risida qaror qabul qilindi. Kafedraning kelgusidagi ilmiy seminarida ma’ruza qiluvchilar yana bir bor ogohlantirib o’tildi.
Download 63.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling