Informatika fanidan tadbir ishlanmasi Informatika o ‘qituvchisi
-shart.Anagrammalar bellashuvi
Download 90.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqInformatika fanidan tadbir ishlanmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-shart. Axborotlar dunyosi sharti.
- Texnika xavfsizli qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari.
- Kungaboqar metodi sharti
2-shart.Anagrammalar bellashuvi. Bu shartda ishtirokchilarimiz berilgan anagrammalarni to ‘g ‘ri bajaradilar va g ‘olib bo ‘ladilar. Shart orqali biz informatika fani orqali ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanish va online ta’lim olish haqida eslaymiz.
SMM platformalari: CMS platformalari: LMS platformalari: MOOC platformalari:
Javoblari: SMM platformalari: telegram, facebook, instagram, youtube, Watsap CMS platformalari: Wordpress, Joomla, Drupal, BigCommerce, Magento LMS platformalari: iSpring learn, Google classroom, Schoology, Moodle, Canvas MOOC platformalari: Coursera, Khan Academy, EdX, Udemy, Lektorium, Udacity 3-shart. Axborotlar dunyosi sharti. Ma’lumki, informatika fanining asosiy quroli axborot hisoblanadi. Axborotlarning ko’rinishi, xususiyatlari,turlari va sifatlarini o’quvchilarga quyi sinf informatika darslaridan ma’lum. Hozirgi shartimizda o’quvchilar informatikaga oid boshqotirmani yechishlari kerak bo’ladi. Diqqat shartni tanishtiramiz. Ishtirokchilar siz yuqorida berilgan topishmoq va savollarning javobini topib yonidagi kataklarga mos qoyib chiqasiz va bo’yalgan katakchalardagi harflarni topib mos harflarni bellashuv kalit so ‘zini ham topishingiz kerak. Marhamat. Kelmaydiyu mushtimcha, Bajaradi ish shuncha
P dan boshlanar nomi, Pechatlashdir imkoni
Safda turar yuz lashkar, Goh yakka goh birlashar, Bilsang bas ular sirin, Ko ‘p ishda ko ‘maklashar
Jadvallar jamlanmasi, Ofis programmasi
Qo ‘shni bilan bog ‘laydi, Hamkorlikka chorlaydi
Nimani tersang shuni ko’ rasan
Bosib olib yuzini ko ‘rsatadi izini
Hisobchixon urinma, yo ‘q bo ‘lsa bu qurilma
Bellashuv qahramoni-
Ishtirokchilar ushbu shartni bajargunlariga qadar 9-A sinf o’quvchilari ishtirokida “Darslar majlisi” nomli she’riy sahnali ko’rinishni tomosha qilamiz. Texnika xavfsizli qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari. Ushbu shartda ishtirokchilar tezkor savollarga javob beradilar. “Kompyuter” nomli she’riy sahnali ko’rinishni tomosha qilamiz.Bizga notanish bo’lgan, Allaqaysi tomonda, Bir oila bor edi, Ayni bizning zamonda. Havasing kelar edi Ajoyib bu xonadon. Bir qiz-u bir o’g’ilcha Va ota-ona sichqon. Qiz sichqoncha shaharda Olar edi ko’p ta’lim, Istardi u bo’lishni, Sichqonlarga muallim. Gapni ko’p cho’zavermay O’tayin muddaoga Ota –ona qizlarin Bermoq bo’ldi kuyovga. Kuyov ham topilibdi. Naq kelishgan, basavlat, Qo’rqmas, jasur va o’ktam U zodagon, badavlat. Xullas to’y arafasi, Barcha xursand va rozi, Lek kelin bo’lmish sichqon., Sal xomush va parishon. Deydi: - Bo’lmoq istardim, Eng bilimdon muallim. Kompyuterdir orzuim. Usiz bo’lmaydi to’yim, Deb kelin turib oldi, Hamma hayratda qoldi, Kuyov bola ham hayron: - Bo’ldi bu qanday zamon? Ammo na iloj kuyov Manglaydan sirg’itib ter Kelin xohishi deya, Keltiribdi kompyuter. Orzusi bo’lib ro’yo Kelin ham shodon bo’ldi, Kuyovning sovg’asidan Uning –da ko’ngli to’ldi. Yana qoldi bir amal, Uni ham tez tuzatdi, Kelin endi sovg’ani Internetga ulatdi. -Ishlar keldi joyiga, Muammolar endi yo’q, Deb to’yni belgilashdi, Ko’ngillari bo’ldi to’q. Afsus kelinga bog’liq Qolibdi yana bir ish Na tikishni bilarkan, Na bir narsa pishirish. (Shaharda o’qigan u Shudir sababnining bari Kelinning bu holidan Sovchining yo’q xabari) O’qiyapman deya u, Urmagan-da qo’lini. Bo’lajak zukko kelin, Topdi buning yo’lini. Internetdan bilibdi, Taomlar ro’yxatini Pishirish, tikishlarning O’rganibdi barini. O’rganibdi o’ziga Barcha-barcha keragin, Hatto o’zin to’yiga Tikdi kelin ko’ylagin. Xullas, bir oy ichida Orasta, chevar bo’ldi. Yori shundayligidan Kuyovning ko’ngli to’ldi. Ikki yoshning to’ylari O’tdi aytilib alyor, Hamma yetib murodga Bo’lishibdi baxtiyor. Yuksalsin bu texnika Shuning o’zi bir baxtdir. Yashasin internet-u Yashasin KOMPYUTER! Kungaboqar metodi sharti. Bu shartda o ‘quvchilar kungaboqar yaproqlarida berilgan tezkor savollarga javob berishi kerak. Bu o ‘quvchilarning har biridan faollik talab qiladi.O`quvchilarni fanga bo`lgan qiziqishlarini oshirish va o`tilgan mavzular yuzasidan bilimlarini tekshirish, mustahkamlash maqsadida mavzu bo`yicha oldindan tayyorlab qo`yilgan yaproqchalar tarqatiladi, ya`ni bu yaproqchalarning orqasiga savollar yashiringan bo`ladi. Ba yaproqchalar quyidagi ko`rinishda terib qo`yiladi Savollardan namunalar Algoritmni ifodalashning grafik usuli (Blok-sxema) Kompyuterning asosiy qurilmalari qaysilar? (monitor, klaviatura, tizimli blok, sichqoncha) Barcha amallar ketma-ket bajariladigan algoritm. (Chiziqli) Dasturlash tilida yozilgan algoritm (dastur) Algoritmning takroriy qismi (programma) (sikl) Kompyuter dasturi xakeri (xaker) Maktab o'quvchilari orasida mashhur kompyuter dasturlari turi (O'yin) Windows so ‘zining a’nosi nima? (oynalar, lavhalar) World Wide Web (Internet) Qo'lbola hisoblash qurilmasi (Kalkulyator) Download 90.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling