Informatika o`qitish metodikasi


Download 33.8 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi33.8 Kb.
#1590585
  1   2   3   4
Bog'liq
Холбой диплом илова


Termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti 4-kurs talabasi
Tog`aymurotov Xolboy 5110700- “Informatika o`qitish metodikasi” ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr darajasini olish uchun Toad Data Modeler muhitida berilganlarni modellashtirish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
ТAQRIZ

Bitiruvchi Tog`aymurotov Xolboyning bitiruv malakaviy ishi ma`lumotlar bazasida Toad Data Modeler muhitida berilganlarni modellashtirish tizimiga qaratilgan bo`lib, bu tizimda qanday qilib bazalarni modellashtirish tizimi o`rganib chiqilgan.


Quest Software kompaniyasining Toad Data Modeler muhiti berilganlar bazasining mavjud bo‘lgan tizimlarini tahlil qilish yoki yangilarini yaratish, qo‘llab-quvvatlash va hujjatlashtirishda grafik aloqalardan foydalangan holda mutaxassislarga yordam beradi. Toad Data Modeler muhiti berilganlar bazasining tuzilishini mavjud bo‘lgan baza asosida loyihalash, modellarni yangilash, SQL tilini yaratish va generatsiyalash, modellarini taqqoslash va o‘zgartirilgan skriptlarni (programma kodlarini) generatsiya qilish hamda HTML va RTF formatlarida hisobotlarni yaratish imkoniyatlaridan foydalanishdan iborat. Toad Data Modeler muhitida quyidagilarni amalga oshirish imkoniyati mavjud.
Berilganlar bazasining tuzilishini namoyishli tarzda yaratish, ya’ni mantiqiy va fizik loyihalashda ≪mohiyat-aloqa≫ diagrammalarini (ERD) yaratish, Oracle, Microsoft SQL Server, MySQL, PostgreSQL, DB2, Sybase ASE, Sybase SQL Anywhere va boshqa BBBT uchun ER diogramma yaratish,berilganlar bazasining mavjud tuzilishlarini aks loyihalash va ularni diagramma shaklida ko'rish, diagrammalarga mantiqiy berilganlarni qo‘shish va mavjud berilganlar bazalarining tuzilishini yaxshi tavsiflash, ERD modelni tekshirish va xatolar, ogohlantirishlar va yordam olish, maqsadli berilganlar bazasining SQL tilidagi kodini avtomatik generatsiya qilish ishlarini amalga oshirish mumkin bo`ladi.
Amaliy matematika kafedrasi: o`q. Djamolova.Z.Sh

Termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti 4-kurs talabasi


Tog`aymurotov Xolboy 5110700- “Informatika o`qitish metodikasi” ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr darajasini olish uchun “Toad Data Modeler muhitida berilganlarni modellashtirish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
ТAQRIZ

Ushbu bitiruv malakaviy ishi berilganlar bazalarini tashkil etishda ishlatiladigan Toad Data Modeler muhitiga qaratilgan.


Toad Data Modeler muhitida berilganlar bazasini modellashtirish jarayoni juda qulay. Bu muhit yordamida ixtiyoriy berilganlar bazasining konseptual, mantiqiy va fizik modelini yaratish mumkin. Toad Data Modeler muhitida yangi berilganlar bazasini yaratish, mavjud berilganlar bazasini ochish va o‘zgartirish mumkin. Toad Data Modeler muhitida jadvallar, so‘rovlar yaratish mumkin.
Yaratilgan jadvalga birlamchi va tashqi kalitlarni qo‘shish mumkin. Toad Data Modeler muhitida keltirilgan imkoniyatlarni chuqurroq o‘rganish uchun talabalar
o‘quv loyihasini tuzib olishimiz kerak, buning uchun loyihani ikki usulda modellashtirishni amalga oshirish taklif etiladi. Birinchi usulda berilganlar bazasining konseptual (universal) relatsion modelini yaratish nazarda tutiladi.
Ikkinclii usulda esa, avval mantiqiy modelni yaratib so‘ngra mantiqiy modelni fizik modelga o‘tkazib, uni tekshirib, xatolari bo‘lsa tuzatib, MS Access va MS SQL Server relatsion berilganlar bazalarini boshqarish tizimlari uchun berilganlar bazasi va SQL so‘rovlarni yaratib, ularning skriptlarini hosil qilish tag`dim etilgan.
Talaba bitiruv malakaviy ishini ikki bob va bir necha bo`limlarga bo`lgan holda ish olib borgan.
Birinchi bobda. Berilganlar bazalarini boshqarish tizimida Toad Data Modeler muhitining imkoniyatlari va Toad Data Modeler muhitida amalga oshiriladigan ishlar to`liq o`rganib chiqilgan.



Download 33.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling