Informatika o`qituvchisini innovatsion faoliyatini loyixalash Reja
Download 122.5 Kb.
|
Informatika o`qituvchisini innovatsion faoliyatini loyixalash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik (ta’lim) texnologiya”(si)
Natijalar (ta’lim mahsulotlari) – ta’lim jarayonining yakuniy oqibatlari, ko‘zlangan maqsadlarni amalga oshirish darajasi.
Ta’lim beruvchilar – o‘qituvchilar, pedagoglar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari. Tahsil oluvchilar – o‘quvchi, tahsil oluvchi, tinglovchi, ya’ni o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi ta’lim muassasasida mashg‘ulotlarga qatnashuvchi. Ta’lim berish - qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan, ta’lim beruvchini tahsil oluvchi bilan tartibli o‘zaro harakati. Ta’lim berish, ikkita bir-biri bilan uzluksiz bog‘liq hodisalardan iborat: o‘qitish va o‘qishdan. O‘qitish – ta’lim oluvchilarga bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar (BKM) yig‘indisini yetkazishga va ularni ta’lim jarayonida tarbiyalashga yo‘naltirilgan ta’lim beruvchining maxsus faoliyati. O‘qish faoliyatini boshqarish o‘qitish predmeti hisoblanadi. O‘qish – 1) tahsil oluvchilarning BKM ni o‘zlashtirishga, psixologik jarayonlarni va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan, maxsus tashkil qilingan faol mustaqil faoliyati: 2) tashkil qilingan o‘quv-bilish faoliyati bo‘lib, ushbu jarayonda tahsil oluvchi hissiy qabul qilish, abstraksiyalash va amaliyotga suyangan holda bilmaslikdan bilimlilikka, to‘liq bilmaslikdan to‘liqroq va mukammal bilishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi. BKM – bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar. Bilim – ushbu predmetni nazariy o‘zlashtirganligini ifodalaydigan inson g‘oyalarining yig‘indisi. Ko‘nikma – o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash usullarini (yo‘llarini, harakatlarini) egallash. Malaka– avtomatik darajagacha, mukammallikning yuqori darajasigacha yetkazilgan ko‘nikma. Yuqorida keltirilgan tushunchalar tahlilidan kelib chiqib, har qanday so‘z, tushunchalar jamiyatdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda muomalaga kiritiladi. Pedagogika adabiyotlarda pedagogik texnologiyaga berilgan boshqa ta’riflar ham keltiriladi, bizningcha, eng maqbuli YuNESKO ta’rifidir. “Pedagogik (ta’lim) texnologiya”(si) – ta’lim-tarbiya va shaxsni rivojlantirish jarayonlarini maqbullashtirish maqsadida inson va texnika iimkoniyatlari hamda ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olib o‘quvchilarda bilim, ish-harakat usullari va ijobiy shaxsiy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirishni ko‘zda tutuvchi loyihalashtirish, tatbiq etish (amalga oshirish), natijalarni maqsad bilan qiyoslab kerakli tuzatishlarni kiritish bosqichlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi tizimdir. Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqarish texnologiyasidan kelib chiqqan holda uch xil atamasi mavjud: Download 122.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling