Информатика


 – rasm Shart blok sxemasi


Download 7.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/300
Sana25.08.2023
Hajmi7.16 Mb.
#1670002
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   300
Bog'liq
informatika Mominov

4.9 – rasm Shart blok sxemasi.
 
Ha
Yo`q 


204 
4.10 –rasm.Algoritmga misollar. 

 Mustahkamlash uchun savollar. 
1. Algoritmlarni qanday ifodalash mumkin ? 
2. Har doim ham algoritmni odatiy til bilan ifodalab bo`ladimi ? 
3. Blok-sxema yordamida algoritmni ifodalash zarurmi ? 
4. Axborotni kiritish va chiqarish sxemasini chizib bering. 
5. Maxsus algoritmik tillarni sanab bering. 
6. Dasturlash tillari va algoritmlarning farqi bormi ? 
7. ALGOL qachon yaratilgan va nima ma`noni beradi ? 
8. Algoritmning asosiy turlarini ayting. 
9. Tarmoqlanuvchi algoritmga qanday mulohazadan foyalaniladi ? 
10. Takrorlanuvchi algoritm deganda nimani tushunasiz ? 


205 
V BOB. C++ DASTURLASH TILI 
5.1. C++ dasturlash tiliga kirish 

Muhim so`zlar: B, B++, C, C++, dasturlash tili, alfavit, raqamlar, 
maxsus simvollar, identifikator, xizmatchi so`zlar, amal, unary, binary, ternary.  

Bilib olasiz: C++ yaratilish tarixi, C++ imkoniyatlari, C++ alfaviti, 
identifikator tushunchasi, C++ da identifikatorlarni e`lon qilish va farqlash, C++ 
tilining xizmatchi so`zlari va C++dagi amallarning turlarini. 
C++ dasturlash tilining yaratilishi haqida ma`lumot.  C++ dasturlash tili 
C dasturlash tiliga asoslangan. C dasturlash tili o`z navbatida B va BCPL 
dasturlashgan tillaridan kelib chiqqan. BCPL - 1967 yilda Martin Richards
tomonidan o`ylab topilgan bo`lib, operatsion tizimlarni yaratish uchun 
mo`ljallangan. Ken Thompson o`zining B tilida BCPL ning ko`p xossalarini 
yaratishga harakat qilgan va B dasturlash tilida asosan operatsion tizimning 
birinchi variantlarini yozgan. BCPL ham, B ham tipsiz til bo`lgan. Ya`ni 
o`zgaruvchilarning ma`lum bir tipi bo`lmagan - har bir o`zgaruvchi kompyuter 
xotirasida faqat bir bayt joy egallagan. O`zgaruvchini qanday sifatda ishlatish esa, 
ya`ni butun sonmi, haqiqiy sonmi yoki harfmi, dasturchining vazifasi bo`lgan.
C tilini Dennis Ritchie B tiliga asoslanib yaratdi va ilk bor C tilini 1972 yili 
Bell Laboratoriyasida, DEC PDP-11 kompyuterida qo`lladi. C o`zidan oldingi B 
va BCPL tillarining juda ko`p muhim tomonlarini o`z ichiga olish bilan bir qatorda 
o`zgaruvchilarni tiplashtiradi va turli yangiliklar kiritilgan. Boshlanishda C asosan 
UNIX tizimlarida keng tarqaldi. C mashina arxitekturasi bilan tez muloqot qiluvchi 
dasturlash tilidir. 1983 yilda, C tili keng tarqalganligi sababli, uni standartlash 
harakati boshlandi. Buning uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (ANSI
qoshida X3J11 texnik komitet tuzildi. 1989 yilda ushbu standart qabul qilindi. 
Standartni dunyo bo`yicha keng tarqatish maqsadida 1990 yilda ANSI va Dunyo 
Standartlar Tashkiloti (ISO) hamkorlikda C ning ANSI/ISO 9899:1990 standartini 
qabul qilishdi. Shuning uchun C da yozilgan dasturlar mayda o`zgarishlar yoki 
umuman o`zgarishlarsiz juda ko`p kompyuter platformalarida ishlaydi. 


206 
C++ 1980 -yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan 
tarzda tuzildi. C++ juda ko`p imkoniyatlarni o`z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u 
ob`yektlar asosida dasturlashga imkon beradi. Dasturlarni tez va sifatli yozishga 
hozirgi kunda katta ahamiyat berilmoqda. Buni ta`minlash uchun ob`yektli 
dasturlash g`oyasi ilgari surildi. Xuddi 1970 - yillar boshida strukturali dasturlash 
kabi, dasturlarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob`yektlar orqali tuzish 
dasturlash sohasida inqilob qildi. 
C++ dan tashqari boshqa ko`p ob`yektli dasturlashga yo`naltirilgan tillar 
mavjud. C++ esa gibrid tildir. Unda C ga o`xshab strukturali dasturlash yoki 
yangicha, ob`yektlar bilan dasturlash mumkin. Yangicha deyishimiz ham nisbiydir. 
Ob`yektli dasturlash falsafasi paydo bo`lganiga ham yigirma yildan oshyapti. 
C++ funksiya va ob`yektlarning juda katta kutubxonasiga ega. Ya`ni C++ 
tilida dasturlashni o`rganish ikki qismga bo`linadi. Birinchisi bu C++ ni o`zini 
o`rganish, ikkinchisi esa C++ ning standart kutubxonasidagi tayyor ob`ekt-
funksiyalardan foydalanishni o`rganishdir. 

Download 7.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   300




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling