Информатика
-rasm. Xizmatlarning oshishi
Download 7.16 Mb. Pdf ko'rish
|
informatika Mominov
9.2-rasm. Xizmatlarning oshishi
Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tеzligi 362 Mbit/s.ga yеtdi. Intеrnеtdan foydalanuvchilar soni 2,01 mln.ta, ya`ni 1000 fuqaro hisobiga 74 foydalanuvchini tashkil etmoqda. Elеktron hujjat aylanishi tizimining rivojlanishi va amaliyotga tatbiq etilishi, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarishni hajmini oshirish va ularning eksportini rivojlantirish yo`nalishi bo`yicha bir qancha yo`nalishlarda ishlar amalga oshirildi, jumladan: - dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar soni, 2007 yil yakuniga ko`ra 212 tani tashkil etdi. - yil davomida tashkil etilgan o`quv markazlarida 1077 ta dasturchi tayyorlandi. 2007 yil mobaynida Axborot-kutubxona markazlari (AKM) fondi 26 ming adabiyotga oshib, ularning umumiy fondi 4,342 mln. nusxani tashkil etgan va 119 431 mingga yaqin hujjatlarning elеktron ko`rinishi hamda 240 mingdan ortiq kitoblar, dissеrtatsiyalar, avtorеfеratlar va jurnallarning bibliografik yozuvidan iborat yig`ma elеktron katalog shakllantirilgan. 2007 yil yakunida O`zbеkiston aloqa va axborotlashtirish sohasi tizimidagi aktsionеrlik kompaniyalari, jamiyat va korxonalarida malaka oshirish bo`yicha ishlab chiqilgan rеjalari asosida, rеspublikadagi turli malaka oshirish markazlari hamda soha malaka oshirish markazlari bilan tеgishli xo`jalik shartnomalari asosida rahbarlar, mutaxassis va xodimlarning tеxnik savodxonligi, mutaxassisligi bo`yicha malakaviy o`quv kurslari, sеminar va trеninglari tashkillashtirilgan tarzda amalga oshirilib, hisobot davrida jami 7199 nafar rahbar va mutaxassis xodimlar o`z malakalarini oshirishdi. (shundan 6330 nafari AKT bo`yicha), jumladan: Injеnеr-tеxnik markazida-2533; Viloyat malaka oshirish va fuqaro muhofazasi institutlarida–396; Toshkеnt aloqa kasb-hunar kollеjida-40; boshqa o`quv markazlarida-538 va joylarda tashkil etilgan o`quv kurs va mashg`ulotlarida-3692. Yuqorida keltirilgan ma`lumotlar 2008 yildagi statistik ma`lumotlarga asoslanadi. Bundan ko`rinib turibdiki bizning Respublikamiz ham axborotlashgan jamiyatlar sirasiga kirib, axborot tizimlari turli sohalarda qo`llanilib kelinmoqda desak xato bo`lmaydi. Download 7.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling