Информатика


Mustahkamlash uchun savollar


Download 7.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/300
Sana25.08.2023
Hajmi7.16 Mb.
#1670002
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   300
Bog'liq
informatika Mominov

 Mustahkamlash uchun savollar. 
1. Axborot va ma`lumot nimaga ko`payib bormoqda ? 
2. Jamiyatni axborotlashtirish g`oyalarini ilgari surgan olimlar sanang? 
3. Nima sababdan svilizatsiyaning eng yuqori cho`qqilarida axborot tizimlar 
va texnologiyalari turibdi ? 
4. Axborot muhitida ishlovchilar soni 1990 –yilda necha foizni tashkil 
etgan? 
5. Jamiyatni axborotlashtirish deganda nimani tushunasiz ? 
6. Axborot tizimi nima ? 
7. Dastlabki axborot tizimlari qachon yaratilgan ? 
8. O`zbekistonda AKT sohasida ko`rsatilayotgan xizmat hajmi haqida nima 
bilasiz? 


432 
9. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi respublikamizda nech 
Mbit/s teng ? 
10. Respublikamizda jamiyatni axborotlashtirish uchun qanday chora-
tadbirlar olib borilmoqda ? 
9.2. Kompyutеr tarmoqlari 

Muhim so`zlar: kompyuter tarmoqlari, shina, halqasimon, yulduzsimon, 
axborot tezligi, PAN, LAN, CAN, MAN, WAN, GAN, tugunlar munosabati, OT, 
kabel, Bluetuoth, WI-FI. 

Bilib olasiz: Kompyuter tarmoqlarining yaratilishi, kompyuter 
tarmog`ining ta`rifi, tarmoqda kompyuterlarni ulash, tarmoq topologiyasi, tarmoq 
tezligi, tarmoq turlari, tarmoqlarni tugunlar bo`yicha turlash, tarmoqni OT 
asosida tuslash, tarmoqda axborot tashuvchi kabel turlari, yangi Bluetooth va WI-
FI standartlari.
1960-1970 yillarga kelib, markazlashtirilgan ishchi kompyuterlar 
majmuasini yaratish g`oyalari ilgari surildi. 1970 yilning boshlariga kelib, 
markazlashtirilgan ishchi kompyuterlar o`zaro bog`landi va ilk axborotlar 
uzatildi. Shu sabab bahona fanda kompyuterlar majmuasini bank sohasiga 
qo`llash maqsadida bir nechta EHMlar tarmoqlari tushunchasi kirib keldi. 
Kompyuter tarmog`i deb ikki va undan ortiq kompyuterlarning o`zaro 
axbotor almashish imkoniyatiga aytiladi. 
Kompyuter tarmoqlarining rivojlanishining asosiy sabablaridan elektron 
resurslardan hamkorlikda foydalanishdir. Kompyuter tarmoqlari orqali 
foydalanuvchilar bir vaqtning o`zida amaliy dasturlar, ma`lumotlar bazasi, turli 
xil fayllar bilan ishlashlari mumkin. Bundan tashqari, zaruriy axborotni uzatish 
va qabul qilish oson va tez amalga oshiriladi. Juda katta va ommabob bo`lgan 
ma`lumotlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Kompyuterning tashqi 
qurilmalari printer, skaner, modem, disk yurituvchi qurilmalari bilan birgalikda 
ishlashga, foydalanishga qulay.


433 
Texnik va tizimli dasturiy ta`minot orqali o`zaro bir-birlari bilan ishlay 
oladigan kompyuterlar majmuasiga kompyuter tarmog`i deyiladi. 
Kompyuterlarni tarmoqda ulash usullari tarmoq topologiyasi dеb 
yuritiladi. Odatda uchta topologiya qo`llaniladi.
1. Umumiy shina. Bu ulanishda tarmoqdagi barcha kompyutеrlar bitta 
aloqa chizig`iga parallеl bog`lanadi. Bunday shinalarni boshqarish ham alohida, 
ham markazlashgan bo`lishi mumkin. Markazlashgan boshqaruvda tarmoqqa 
maхsus kompyutеr-hakam ulanadi, uning vazifasi tarmoqda aхborotni uzatishni 
boshqarishdir. Alohida boshqaruvda hamma kompyutеrlar bir хil maqomga ega, 
ular mustaqil ma`lumotlarni uzatish kanalini boshqaradi.

Download 7.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   300




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling