Информатика
UUCP yordamida bog`lanish
Download 7.16 Mb. Pdf ko'rish
|
informatika Mominov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustahkamlash uchun savollar.
- 9.5. Intеrnеtni ishlash tartibi Muhim so`zlar
UUCP yordamida bog`lanish. UNIX opеratsion tizimi UUCP (Unix-to-
Unix CoPy) dеb ataluvchi sеrvisdan foydalanadi va ma`lumotlarni standart tеlеfon tarmoqlari bo`yicha uzatish imkoniga ega. UUCP faqat fayllarni bir tizimdan boshqasiga uzata oladi, Internet pochtasi va USENET bilan ishlashga imkon bеradi. UUCP kеng tarqalgan. Bu bog`lanish uchun tеlеfon tarmog`i va modеm zarur. Mustahkamlash uchun savollar. 1.Protokol deganda nimani tushunasiz ? 2.Server kompyuterning vazifasini ayting. 3.Proxy server qanday server ? 4.HTTP ning vazifasi ? 5.FTP ning HTTP dan avzalligi ? 6.Internetga bog`lanishning necha xil usuli bor ? 7.T`o`g`ridan – to`g`ri ulanish haqida gapirib bering. 8.SLIP bo`glanish qanday bog`lanish ? 9.UUCP nima degani ? 10.Dialup va Dialup Access ning farqlarini ayting. 9.5. Intеrnеtni ishlash tartibi Muhim so`zlar: web brouzer, dastur, OT, internet, DNS, domen, maqsadli, geografik. Bilib olasiz: internetda ishlashga yordam beruvchi dasturlarni, internet yo`l boshlovchi, veb brauzerlar haqida ma`lumot, domen tushunchasi, tuzulishi, dunyodagi domen turlari va soni, milliy tilga tarjima qilingan domenlaer. Internet sahifalaridan foydalanish uchun har bir kompyuterda veb-brauzer dastur bo`lishi shart. Odatda OTlarda veb brauzerlar mavjud. Masalan, Windows OTda Internet explorer (o`zbekchaga internet boshlovchisi) dasturi mavjud. 450 Web browser — inglizcha so‗z bo‗lib, ―vebni ko‗zdan kechiruvchi‖, ―vebni ko‗rib chiquvchi‖ ma‘nolarini beradi. Bizga bu so‗z rus tilidan kirib kelganligi, rus tilida esa ―браузер‖ kabi aytilishini hisobga olib(hozircha) biz ham ―brauzer‖ so‗zini ishlata qoldik. Turk tilida ―Ağ tarayıcısı‖ kabi tarjimasi mavjud. ―web‖ so‗zi esa World Wide Web ning qisqa ma‘nodagi ko‗rinishi. Veb brauzer butunjahon to‗rida joylashgan sahifani yuklash, tahlil qilish va uni ko‗rsatish, sahifalararo o‗tishlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Veb brouzer biror sahifani yuklash va sahifaga ma‘lumotlar yuborish uchun HTTP protokolidan foydalanadi. Ko‗pchilik brouzerlar FTP protokoli bo‗yicha ham ishlashadi: fayllar ro‗yxatini sahifa ko‗rinishida chop etadi. Veb brauzer veb-sahifani (butun jahon to‗rida joylashgan sahifa) siz uchun qulay ko‗rinishda chop etadi — ma‘lum qoidalar bo‗yicha rasmlarni, matnlarni (ularning ko‗rinishi, rangi, kattaligi), ovoz yoki video ma‘lumotlarini, turli animatsiyalarni mos tavishda joylashtirib chiqadi. Bundan tashqari, sahifadagi siz kiritgan ma‘lumotlarni kerak joyga jo‗natish, boshqa sahifaga o‗tish, JavsScript kodlarini ishlatish kabi vazifalarni ham bajaradi. Veb brauzerlarning tarixi. Birinchi eng keng tarqalgan brauzer Mosaic bo‗lgan. Undan so‗ng Netscape Navigator brauzeri yetakchilik qildi. 1995-yili Microsoft kompaniyasi Windows 95 tarkibida Internet Explorer brauzerini chiqarish orqali Netscape Navigatorning yetakchiligiga katta xavf sola boshladi va bir necha yillardan so‗ng Netscape Navigator brauzeri deyarli foydalanishdan chiqib ketdi. Internet Explorer esa 95% ulush bilan dunyoning eng keng tarqalgan brauzeriga aylandi. Netscape Navigator kodini ommaga havola qilingandan so‗ng, u asosida Mozilla va Mozilla Firefox brauzerlari yaratildi. Hozirda foydalanuvchilar uchun juda ko‗p alternativ brauzerlar mavjud. Dunyoda 75 ta veb brauzer yaratuvchi kompaniyalar mavjud bo`lib, ularning ro`yxatini http://www.webdevelopersnotes.com veb sahifadan olish mumkin. Download 7.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling