Информатика


UUCP yordamida bog`lanish


Download 7.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/300
Sana25.08.2023
Hajmi7.16 Mb.
#1670002
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   300
Bog'liq
informatika Mominov

UUCP yordamida bog`lanish. UNIX opеratsion tizimi UUCP (Unix-to-
Unix CoPy) dеb ataluvchi sеrvisdan foydalanadi va ma`lumotlarni standart tеlеfon 
tarmoqlari bo`yicha uzatish imkoniga ega. UUCP faqat fayllarni bir tizimdan 
boshqasiga uzata oladi, Internet pochtasi va USENET bilan ishlashga imkon 
bеradi. UUCP kеng tarqalgan. Bu bog`lanish uchun tеlеfon tarmog`i va modеm 
zarur.

 Mustahkamlash uchun savollar. 
1.Protokol deganda nimani tushunasiz ? 
2.Server kompyuterning vazifasini ayting. 
3.Proxy server qanday server ? 
4.HTTP ning vazifasi ? 
5.FTP ning HTTP dan avzalligi ? 
6.Internetga bog`lanishning necha xil usuli bor ? 
7.T`o`g`ridan – to`g`ri ulanish haqida gapirib bering. 
8.SLIP bo`glanish qanday bog`lanish ? 
9.UUCP nima degani ? 
10.Dialup va Dialup Access ning farqlarini ayting. 
9.5. Intеrnеtni ishlash tartibi 

Muhim so`zlar: web brouzer, dastur, OT, internet, DNS, domen, 
maqsadli, geografik.  

Bilib olasiz: internetda ishlashga yordam beruvchi dasturlarni, internet 
yo`l boshlovchi, veb brauzerlar haqida ma`lumot, domen tushunchasi, tuzulishi
dunyodagi domen turlari va soni, milliy tilga tarjima qilingan domenlaer. 
Internet sahifalaridan foydalanish uchun har bir kompyuterda veb-brauzer 
dastur bo`lishi shart. Odatda OTlarda veb brauzerlar mavjud. Masalan, 
Windows OTda Internet explorer (o`zbekchaga internet boshlovchisi) dasturi 
mavjud.


450 
Web browser — inglizcha so‗z bo‗lib, ―vebni ko‗zdan kechiruvchi‖, 
―vebni ko‗rib chiquvchi‖ ma‘nolarini beradi. Bizga bu so‗z rus tilidan kirib 
kelganligi, rus tilida esa ―браузер‖ kabi aytilishini hisobga olib(hozircha) biz 
ham ―brauzer‖ so‗zini ishlata qoldik. Turk tilida ―Ağ tarayıcısı‖ kabi tarjimasi 
mavjud. ―web‖ so‗zi esa World Wide Web ning qisqa ma‘nodagi ko‗rinishi. 
Veb brauzer butunjahon to‗rida joylashgan sahifani yuklash, tahlil qilish va uni 
ko‗rsatish, sahifalararo o‗tishlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Veb 
brouzer biror sahifani yuklash va sahifaga ma‘lumotlar yuborish uchun HTTP 
protokolidan foydalanadi. Ko‗pchilik brouzerlar FTP protokoli bo‗yicha ham 
ishlashadi: fayllar ro‗yxatini sahifa ko‗rinishida chop etadi.
Veb brauzer veb-sahifani (butun jahon to‗rida joylashgan sahifa) siz 
uchun qulay ko‗rinishda chop etadi — ma‘lum qoidalar bo‗yicha rasmlarni, 
matnlarni (ularning ko‗rinishi, rangi, kattaligi), ovoz yoki video ma‘lumotlarini, 
turli animatsiyalarni mos tavishda joylashtirib chiqadi. Bundan tashqari, 
sahifadagi siz kiritgan ma‘lumotlarni kerak joyga jo‗natish, boshqa sahifaga 
o‗tish, JavsScript kodlarini ishlatish kabi vazifalarni ham bajaradi. 
Veb brauzerlarning tarixi. Birinchi eng keng tarqalgan brauzer Mosaic 
bo‗lgan. Undan so‗ng Netscape Navigator brauzeri yetakchilik qildi. 1995-yili 
Microsoft kompaniyasi Windows 95 tarkibida Internet Explorer brauzerini 
chiqarish orqali Netscape Navigatorning yetakchiligiga katta xavf sola boshladi 
va bir necha yillardan so‗ng Netscape Navigator brauzeri deyarli 
foydalanishdan chiqib ketdi. Internet Explorer esa 95% ulush bilan dunyoning 
eng keng tarqalgan brauzeriga aylandi. Netscape Navigator kodini ommaga 
havola qilingandan so‗ng, u asosida Mozilla va Mozilla Firefox brauzerlari 
yaratildi. Hozirda foydalanuvchilar uchun juda ko‗p alternativ brauzerlar 
mavjud. Dunyoda 75 ta veb brauzer yaratuvchi kompaniyalar mavjud bo`lib, 
ularning ro`yxatini 
http://www.webdevelopersnotes.com
veb sahifadan olish 
mumkin. 

Download 7.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   300




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling