Informatika va axborot texnologiyalari fani amalyotchisi Pardayev Abrorbekning


Download 66.09 Kb.
bet4/26
Sana21.06.2023
Hajmi66.09 Kb.
#1642944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
2- top.10-sinf informatika mavzular bo\'yicha konspekt (2)

I. Tashkiliy qism:
1.Salomlashish.
2.Yo'qlama qilish.
3.Uyga vazifani so'rash.
III. Yangi mavzuni o`rganish: Matematikadan yoki fi zikadan darsliklaringizni varaqlasangiz turli ko‘rinishdagi ifoda va formulalarni ko‘rasiz. Turli ifoda va formulalarni yozish uchun Word dasturining formulalar muharriri deb ataluvchi imkoniyatidan foydalaniladi. Kalit so‘zlar: formula muharriri, formula joylashtirish, formulani tahrirlash.
FORMULALAR MUHARRIRINI ISHGA TUSHIRISH :Hujjatga maxsus belgilarni joylashtirish va formatlashning ba’zi imkoniyatlari yordamida sodda formulalar yozish mumkin. Murakkabroq formulalar yozish uchun Joylashtirish (Вставка) tasmasining Simvollar (Символы) guruhidan Формула ( ) tugmasi beradigan imkoniyatlardan foydalaniladi. Biror formulani yozish uchun yurgich formula joylashtirilishi lozim bo‘lgan satrga o‘rnatiladi va Формула ( ) tugmasi tanlanadi. Natijada rasmidagi kabi formula uchun joy aks etadi. Menyular satrida esa Formula bilan ishlashKonstruktor (Работа с формулами-Конструктор) kontekst-menyusi va unga mos quyidagi tasma aks etadi: Formulalar muharriridan chiqish uchun sichqoncha ko‘rsatkichini ish sohasining bo‘sh joyiga olib kelib sichqonchaning chap tugmasi bir marta bosiladi.
FORMULALAR MUHARRIRI IMKONIYATLARI ;Formulalar muharririning imkoniyatlari juda keng. U bir necha guruhdan iborat bo‘lib, har bir guruh yana ma’lum bir amallar belgilari majmuyidan iborat bo‘limlarga bo‘lingan. Masalan, turli ko‘rinishdagi munosabat belgilari, kasrlar va radikallar belgilari, qavslar shablonlari shular jumlasidandir: Agar yozilgan formulada xatolik bo‘lsa, bu formulaga tuzatish kiritish mumkin. Buning uchun sichqoncha ko‘rsatkichini yozilgan formula ustiga olib kelib, chap tugmasi bir marta bosiladi. Natijada yurgich yozilgan formula lavhasi ichiga joylashadi, menyular satrida esa Formula bilan ishlash-Konstruktor (Работа с формулами-Конструктор) kontekstmenyusi va unga mos tasma aks etadi. Shundan keyin yurgichni kerakli joyga sichqoncha yoki yo‘nalish klavishlari yordamida joylashtirish va xatoni tuzatish mumkin bo‘ladi.

Download 66.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling