O’pkaning gistalogik tuzilishi. Plevra


Download 0.95 Mb.
bet1/6
Sana06.02.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1170648
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’pkaning gistalogik tuzilishi.Plevra


O’pkaning gistalogik tuzilishi.Plevra
Reja:

  1. O`pkaning havo yo`llari

  2. O’pka atsinusi

  3. Plevraning xususiyati

O`pkaning havo yo`llari - daraxtsimon tarmoqlanuvchi bronxlar va respirator bo`lim alveolalar sistemasidir. Alveolalar eng kichik bronxlarning oxirgi ko`r qismlaridir. Kichik bronx (bronxiola)lar - bo`lakcha bronxlari va ularning yanada mayda tarmoqlari - respirator bronxiolalar, alveolalar bilan birgalikda o`pka bo`lakchalarini hosil qiladi. O`pka bo`lakchalari tarkibiga qon tomirlari va kapillyarlar ham kiradi. Ushbu strukturalarni bo`lakcha ichi biriktiruvchi to`qima o`zaro tutashtirib turadi. Bo`lakchaning shakli piramidaga o`xshash bo`lib, bo`lakchalar orasida interstitsial (oraliq) to`qima joylashadi. Piramidaning o`tkir uchi o`pka ichiga qarab yo`nalgan. Bo`lakchali tuzilish cho`chqa va kavsh qaytaruvchilar o`pkasida yaxshi ifodalangan.


Bronxial daraxt. Traxeyaning bifurkatsiyasi natijasida bosh bronxlar hosil bo`lib, ular o`pka to`qimalari ichiga kirib boradi va yirik, o`rta va mayda bronxlarga tarmoqlanadi. O`pka bo`lakchasiga kirib boruvchi bo`lakcha bronxi bronxiola hisoblanadi. Bo`lakcha bronxi mayda bronxning davomi bo`lib, tuzilishiga ko`ra unga o`xshash. Bo`lakcha bronxi bo`lakcha ichida tarmoqlanib terminal, keyin respirator (alveolyar) bronxiolalar hosil qiladi. Respirator bronxiolalarning devorida onda-sonda alveolalar uchraydi. Bu bronxiolalar bir necha marta tarmoqlanib alveolyar yo`llarga ochiladi. Bunday yo`llar 2-3 ta alveolyar xaltacha bilan tugaydi. Alveolyar yo`llar va xaltachalarning devori o`pka alveolalaridan iborat.
Bosh bronxlar devorining tuzilishi traxeyanikiga o`xshash, lekin tog`aylar haqiqiy (uchlari tutash) halqalar hosil qilgan va ularning diametri o`zgarmasdir. Katta bronxlarda tog`aylar to`r shaklida bo`lib, preparatlarda alohida-alohida yotuvchi plastinkalar kabi ko`rinadi. Bronxlar diametri kichiklashishi bilan shilliq pardada asta-sekin o`rta parda xarakterini oluvchi silliq muskul qavat yuzaga keladi va qalinlasha boradi, tog`ay esa kamayadi.






Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling