O’pkaning gistalogik tuzilishi. Plevra


-rasm. O’pka alveolasi va


Download 0.95 Mb.
bet4/6
Sana06.02.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1170648
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’pkaning gistalogik tuzilishi.Plevra

188-rasm. O’pka alveolasi va
gemokapillyarlarning devori (sxema):
1-alveola ichi; 2-alveolyar epiteliotsit; 3-gemokapillyarning endoteliotsiti; 4-kapillyar ichi; 5-bazal membrana; 6-eritrotsit.

O`pkaning vaskulya-rizatsiyasi. O`pka to`-qimasi bronxial arteriya orqali oziqlanadi. Gaz-lar almashinishini esa o`pka arteriyasi siste-masi amalga oshiradi. Ikkala sistema o`rtasida anastomozlar mavjud. O`pka tomirlarga juda boy organ bo`lib, bu uning gaz almashinish vazifasi bilan bog`liq. O`pka arteriyasining tarmoqlari bronxial daraxt bo`ylab alveola-lar asosigacha borib yetadi va kapillyarlar to`rini hosil qiladi. Alveolalarni o`rab tu-ruvchi kapillyarlar alveolalar devori bilan juda yaqin aloqada bo`ladi (188-rasm). Kapillyarlar yig`ilib venalarni hosil qiladi. O`pkaning limfatik sistemasi limfa kapil-lyarlari va tomirlarining yuza va chuqur joylashgan to`rlaridan iborat. Yuza to`r visseral plevrada joylashadi. Chuqur to`r o`pka bo`lakchalari ichida, bo`lakchalararo to`siqlarda, qon tomirlari va bronxlar atrofida joylashadi.
O`pkani simpatik va parasimpatik nervlar innervatsiya qiladi. Harakatlantiruvchi nerv tolalari tomirlar va bronxlarni innervatsiya qiladi. Simpatik tolalar qon tomirlari muskulaturasini qisqartiradi, parasimpatik tolalar bo`shashtiradi, bronxlarda esa bu nervlarning ta`siri aksincha bo`ladi. Sezuvchi nerv tolalari o`pka to`qimasi va qon tomirlari bilan bog`liq. Butasimon, halqalar shaklidagi va boshqa retseptorlar bo`ladi.
O`pka tug`ilishdan keyin gazlar almashinishining boshlanishi natijasida va organizmning o`sishi bilan bog`liq holda katta o`zgarishlarga uchraydi, uning nafas olish yuzasi oshadi, stromasida elastik tolalar ko`payadi. Yosh ulg`ayishi bilan esa respirator yuza kichrayadi, biriktiruvchi to`qima miqdori ortadi, bronxlarda tuzlar o`tirib qolib, gaz almashinish vazifasi susayadi. Shilliq pardadagi kambial elementlar hisobiga fiziologik regeneratsiya amalga oshadi. Organning biror qismi xirurgik yo`l bilan olib tashlansa bu qism tiklanmaydi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling