O’pkaning gistalogik tuzilishi. Plevra


-rasm. Kalamush o’pka alveolasining rastrlovchi electron mikroskopda ko’rinishi, 3500 marta kat


Download 0.95 Mb.
bet3/6
Sana06.02.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1170648
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’pkaning gistalogik tuzilishi.Plevra

187-rasm. Kalamush o’pka alveolasining rastrlovchi electron mikroskopda ko’rinishi, 3500 marta kat.
1-2 tip mikrovorsinkali alveolatsitlarning anikal yuzasi; 2-surfaktantning ajralishi; 3-hujayralarning chegaralari; 4-gemokapillyarlar; 5-alveolalar o’rtasidagi pora (I.K.Romanova bo’yicha).
Alveolalar devorida bir necha xildagi hujayralarni farq qilish mumkin. (187-rasm). Shulardan birinchi xili respirator alveolotsitlar bo`lib, ularning apikal uchida kalta mikrotukchalar bor. Organellalari yaxshi taraqqiy qilmagan, pino-tsitoz pufakchalari uchraydi, o`zagi oval yoki yumaloq shaklda bo`lib, 1-2 ta o`zakchaga ega. Ikkinchi xil hujayralar ko`plab mito-xondriyalar, yaxshi rivojlangan plastinkali kompleks va ko`plab osmiofil kiritmalarga ega bo`lib, o`ta tabaqalangan hujayralardir. Bular surfaktant nomini olgan lipoproteid tabiatli modda ishlab chiqaradi. Surfaktant nafas chiqarilganda alveolalar devorining yopishib qolmasligini ta`minlaydi va alveolotsitlardan havo o`tishi uchun qulay sharoit yaratadi. Uchinchi xil alveolotsitlar apikal uchida mikrotukchalari bo`lgan neyroepitelial hujayralardir. Ular ancha kam uchraydi, serotonin va boshqa fiziologik faol moddalar ishlab chiqaradi.
Alveolyar epiteliy ostida bazal membrana va elastik tolalar to`ri mavjud. Qon kapillyarlarining to`ri epiteliyning bazal membranasiga zich yopishib turadi. Aero-gematik baryer (havo-qon to`sig`i) kislorod alveola ichidagi havodan qonga, qondagi karbonat angidrid esa alveola ichiga o`tishi yo`lidagi to`siqdir. U morfologik jihatdan respirator epiteliy, kapillyarlar devoridagi endoteliy va ularning bazal membranalaridir. Eng yupqa joyda - alveolotsitlar va endoteliotsitlarning o`zaklari joylashmagan joyda - bu to`siqning qalinligi 0,5 mkm atrofida bo`ladi. Alveolalar devorining tashqi qismida, alveolyar epiteliotsitlardan farq qiluvchi septal hujayralar joylashadi. Ularning kichik limfotsitlarga, fibroblastlarga va plazmotsitlarga o`xshash xillari farq qilinadi. O`pka alveolalari devorida, ba`zan ular bo`shlig`ida makrofaglarni uchratish mumkin. Makrofaglar mononuklear fagotsitlar sistemasiga kirib, sitoplazmasida tutib olingan yot zarrachalar, lipoid tomchilar va vakuolalar bor. Ular alveolalar orasidagi biriktiruvchi to`qimadan alveola i chiga kiradi.







Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling