Informatika va axborot texnologiyalari fani mazmunini yillik va tematik rejalashtirish Maqsad


Download 8.17 Kb.
Sana19.11.2023
Hajmi8.17 Kb.
#1786367
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyalari fani mazmunini yillik va -fayllar.org


Informatika va axborot texnologiyalari fani mazmunini yillik va tematik rejalashtirish Maqsad

Amaliy mashg‘ulot № 17.



Informatika va axborot texnologiyalari fani mazmunini yillik 

va tematik rejalashtirish 

Maqsad: Talabalarga Informatika va axborot texnologiyalari fani mazmunini yillik va
tematik rejalashtirish uslubiyotini o‘rgatish 


Nazariy ma’lumotlar: Darsga tayyorlanish – o`qituvchi uchun o`ta ma’suliyatli va
mashaqqatli ish, bu o`qituvchining o`ziga xos ijodiy laboratoriyasi, lekin yaratish uchun 
uslubiyot sohasida yaxshi nazariy bilimga ega bo`lishi, shu bilan birga darsga tayyorlanish
va rivojlantirishni bilishi kerak. 
Rejalashtirish tizimi o`z ichiga quyidagilarni oladi.

Yillik va yarim yillik rejalashtirish.



Tematik rejalashtirish



Har bir dars rejasi.


Bunday taqsimlanishga muvofiq darsga tayyorlanishni uch bosqichga bo`lish mumkin: 
o
Yang`i o`quv yiliga tayyorlash; 

o
o`quv mavzulari bo`yicha fanlar tizimining tayyorlanishi; 


o
navbatdagi darsga tayyorlanish. 

Birinchi bosqichda sinf o`quvchilari tomonidan nima uchun, nimaga va qanday


o`qitish kerak degan savollar yechiladi. Bunda o`quvchilar o`tgan yili nimani va qanday 
o`qiganligini kelajagini ko`ra bilishi zarur.
Informatika boy‘icha darslarni rejalashtirish uchun dastlabki hujjatlar: 
o
o`quv jarayonida informatika darsing o`rni, darsning mazmunini aniqlovchi, 

kursning rasmiy dasturi;


o
tematik reja, odatda xalq ta’limi vazirligining instruktiv hujjati yoki o`qituvchi 

uchun metodik qo`llanmalari;


O`quv yili boshlangunga qadar o`qituvchi o`quv dasturni o`rganib chiqadi, maktab 
darsligi mazmunini tahlil qiladi, o`qituvchi va o`quvchi uchun alohida adabiyotlar ro`yxatini
tuzadi. O`quv rejasi va dasturiga muvofiq darslar bo`yicha o`quv materialini taxminiy 
bo`linishini o`z ichiga olgan yillik yoki yarim yillik rejalashtirish amalga oshiriladi. Tematik
rejalashtirish har bir aniq darsda berilgan mavzu bo`yicha darslarning umumiy zanjirida 
muhim bo`ginday ko`rib chiqishga imkon beradi. Bu shubhasiz, har bir darsni ahamiyatini
oshiradi, o`qitish sifatini butunlay yaxshilaydi. 
Tematik rejalashtirishning sxemasi:

Dars:
o
Dars maqsadi 

o
Darsning turi 


o
Darsning shakli va o`qitish usuli 

o
Apparat ta’minoti 


o
Dasturiy ta’minoti 

o
Pedagogik dasturiy ta’minoti 


o
Adabiyotlar va internet saytlari 

o
Takrorlash uchun atamalar 


o
Yangi bilimlar va atamalar 

o
Yangi ko`nikmalar 


Informatika darslariga va informatika xonasida darslarni o`tkazishga tayyorlanish va
rejalashtirishning ajratib turuvchi xususiyatlari, dars negiziga qo`shilishi kerak bo`lgan 
pedagogik vositalarni bo`laklarini va barcha tushunchalarni yaxshilab ko`rib chiqish zarur.
Pedagogik dasturiy ta’minot ishlatilishi mo`ljallanayotgan dars tsenariysini ishlab 
chiqishda o`qituvchi bir qator omillarni hisobga olishi kerak.
o
Ular orasida real maqsadga muvofiq o`sha yoki boshqa pedagogik dasturiy 

ta’minotlarni ishlatish;


o
tayin vaqtda pedagogik dasturiy ta’minotdan foydshshnishda talab qilinadigan 

bilim;
o


o`qituvchilarning kompyuter bilan ishlashda gigienik chegarasi

o
Pedagogik dasturiy ta’minot talab qiladigan tayyorlik va qobiliyat; 


o
Pedagogik dasturiy ta’minotning tayyorligi, ishlash imkoniyati va texnik holati. 

Informatika darsiga tayyorlanish o`qituvchining boshqa darslarga tayyorlanish


rejasidan farq qilmaydi. Lekin bir qancha hal qiluvchi omillar borki, ularsiz informatika 
darsiga tayyorlanish samarasiz bo`ladi va maqsadga muvofiq emas.

Topshiriqlar: 
1.Informatika fanidagi mavzular buyicha berilgan interfaol uslullari bilan tashkil etish 
uchun metodik tavsiyanomasini yozib bering.
2.Interfaol metodlardan foydalanib maktab darsligidan tanlangan mavzu asoaida 

namunali dars ishlanmasi tayyorlang. Ppt, mp4, swf





http://fayllar.org
Download 8.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling