Informatika va axborot texnologiyalari fanini elektron darsliklardan foydalanib oqitish texnologiyasi
-§ O’rta maxsus ta’lim jarayonida 7-sinf informatika va AT fanini o’qitish metodikasi
Download 0.57 Mb.
|
7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fanidan elektron o’quv-uslubiy majmua yaratish metodikasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- - Elektron jadval tushunchasi, ularning turlari, elektron jadvallarni ishga tushirish va ulardan chiqish tartibi, elektron jadval yacheykalari ustida amallar bajarish qoidalarini bilish;
1.2-§ O’rta maxsus ta’lim jarayonida 7-sinf informatika va AT fanini o’qitish metodikasi.
Tàlim-tarbiyaning asosiy maqsadlaridan biri boĺgan informatika va axborot texnologiyalarining fan sifatida o’ziga xosligi, uning zamonaviy fanlar tizimida tutgan o’rni va ahamiyatidan, hozirgi jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda «Informatika va AT» fanini o’qitishning maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin: - o’quvchilarda kompyuter savodxonligini shakllantirish; - o’quvchilarda axborotga ishlov berish, uzatish va undan foydalanish jarayonlari haqidagi bilimlar asoslarini mustahkam va ongli o’zlashtirib olishlarini tàminlash; - o’quvchilarga dunyoning zamonaviy ilmiy ko’rinishini shakllantirishda axborot jarayonlarining ahamiyatini, jamiyatning rivojida yangi axborot va kommunikatsion texnologiyalarning ahamiyatini ochib berish; - kompyuterlardan ongli va ratsional foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish. «Informatika va AT» fanining pedagogik vazifalari insonning umumiy tàlim olishidagi asosiy vazifalarini hal etishda qo’shadigan o’ziga hos xissasi bilan aniqlanadi. 1. O’quvchilarda informatika haqidagi bilimni shakllantirish va ular tafakkurini rivojlantirish. 2. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Bu muhim vazifani hal etishda butun pedagogik jamoa barcha o’quv predmetlarini o’qitish jarayonida ishtirok etadi. 3. Milliy mafkura ruhida tarbiyalash. 4. O’quvchilarni amaliy faoliyatga, mehnatga, tàlim olishni davom ettirishga tayyorlash. Yuqoridagi masalalardan hech biri boshqalaridan ajratilmagan holda, alohida hal etilmasligi lozim. Ular bir butunlikda bir-biri bilan chambarchas bog’liq holda amalga oshirilishi lozim. o’quvchilar informatika asoslarini mustahkam egallashlari asosidagina ularning tafakkurini tarbiyalash va ilmiy dunyoqarashni yaratish mumkin. Ikkinchi tomondan, mantiqiy fikrlashga o’rgatish bilangina, o’quvchilarning informatikani fan sifatida uning o’ziga xos tomonlarini chuqur tushunishlariga erishish mumkin. Bundan tashqari, informatikani o’qitish jarayonida amaliy faoliyatga tayyorlash vazifasini to’g’ri hal etishga erishish uchun informatika kursining ilmiyligini oshirish lozim. Faqatgina to’g’ri va chuqur xulosalar qila olsagina, o’quvchilar har bir masalani echishga tanqidiy va ijodiy yondasha oladilar, yangi muammolar oldida o’zlarini yo’qotib qo’ymaydilar va turli shart-sharoitlarda unumli faoliyat ko’rsata oladilar. SHuningdek, amaliy ish o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytiradi va uni yangi faktlar bilan boyitishadi, hamda informatikadan bilim darajalarini oshiradi, chuqur, to’liq va mustahkam bo’lishini tàminlaydi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari o’zlashtirishi zarur bo’lgan informatika va AT fani mazmuniga qo’yiladigan talablar: - Informatsiya, o’lchov birliklari, xususiyatlari, vatanimizda informatika fanining taraqqiyoti, algoritm tushunchasi, dastur, uning turlari, EHM umumiy tuzilishini bilish; - Norton Commander (NC) operatsion qobig’i haqida tushuncha, fayl tushunchasi, fayllarning turlari va nomlanishi, NCda fayllar ustida bajariladigan amallar, funktsional tugmachalar va ulardan foydalanish, amaliy dasturlar va ularning asosiy turlarini bilish; - Windows nima, Windows dasturining afzalliklari va o’ziga xos xususiyatlarini bilish; - Kompyuter grafikasi tushunchasi, grafik muharrirlari va ularda tasvir hosil qilish, grafik muharrirlarning matnlar muharrirlaridan farqi va o’xshashliklarini bilish; - Matn muharrirlari, ularning turlari, matnlarni kiritish va xotirada saqlash, xotiradan o’qish, ularni tahrir qilish usullari, matnlarni shakllantirish, bosmaga chiqarish usullarini bilish; - Elektron jadval tushunchasi, ularning turlari, elektron jadvallarni ishga tushirish va ulardan chiqish tartibi, elektron jadval yacheykalari ustida amallar bajarish qoidalarini bilish; - Màlumotlar bazasi, ularning turlari va hosil qilish usullari, màlumotlar bazasini ishga tushirish va undan foydalanish tartibi, màlumotlar bazasini boshqarish tizimlari haqida tushunchaga ega bo’lishdan iborat. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling