Informatika va axborot texnologiyalari fanini elektron darsliklardan foydalanib oqitish texnologiyasi


- Axborot jamiyati tushunchasi, mamlakatimizdagi axborotga oid qonunlar mazmuni, lokal va xalqaro tarmoqlarni bilish


Download 0.57 Mb.
bet4/7
Sana06.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1172307
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fanidan elektron o’quv-uslubiy majmua yaratish metodikasi.

- Axborot jamiyati tushunchasi, mamlakatimizdagi axborotga oid qonunlar mazmuni, lokal va xalqaro tarmoqlarni bilish.
Respublikamizdagi o’rta maxsus, kasb-hunar, maktab tàlimi tizimida faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilarni malaka oshirish kurslarida ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari bo’yicha yangi bilimlar tizimi bilan qurollantirishni uzluksiz tashkil etish davr talabidir. Mamlakatimizda ta’lim sohasida ro’y berayotgan tub yangilanishlar har bir ta’lim muassasasida o’quv jarayoni metodik ta’minotini rivojlantirishni talab etadi. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari yaqin yillar ichida pedagogik innovatsiyalarning asosiy manbai bo’lib qoladi.Ta’lim oluvchilar uchun mustaqil bilim olish imkoniyatlarini oshirish, ta’limning elektron axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish ta’lim mazmunini takomillashtirishning zaruriy shartlaridan biri sanaladi.Ta’lim–pedagogik jarayonning muhim tarkibi bo’lib, o’quvchi-talaba bilan o’qituvchi(pedagog)ning shaxsga yo’naltirilgan o’zaro munosabatlari hisoblanadi. Ijtimoiy bilimga teng bo’lgan pedagogik texnologiyalarning tashkil topishida fanning roli ortib bormoqda.
O’rta maxsus ta’lim DTS o’quv jarayonida yangi pedagogik texnologiya, tàlim dasturlari, umumdemokratik prinsiplarda tashkiliy boshqaruv funksiyalarni rivojlantirish, o’quvchilarga shaxs sifatida qarash, o’quv-tarbiya jarayonini demokratlashtirish, ijtimoiylashtirish, ijtimoy muassa sifatida maktab huquqlarini kengaytirishni joriy qilishni nazarda tutib o’rta maxsus ta’limining asosiy yo’nalishlarini aniqlaydi. O’qituvchi va talabaning maqsadi bo’yicha natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq: natijaga erishishga qaratilgan, bunda talabalarning bilim saviyasi, guruh harakteri, sharoitga qarab ishlatilgan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun balkim, komp’yuter bilan ishlash lozimdir, balkim film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo’lar, bular o’qituvchi va talabaga bog’liq.
« Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko’nikma va malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. O’qitishdan ko’zlanadigan maqsad bu davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko’nikmalarini o’quvchiga yetkazishdan iborat. Qachonki o’quvchi tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib yetilsa yoki o’quvchi malaka oshirish uchun mo’ljallangan topshiriqlarni amalda namoyish etib bera olsagina o’qitish muvaffaqiyatli kechdi deb hisoblasa bo’ladi.
Ma’lumki, ta’lim olish (ma’lumot olish) jarayoni – bu ma’naviy va aqliy qobiliyatlarni tizimli rivojlantirib borish, bilim va tushunchalarni shakllantirish va olingan bilimdan foydalana olish qobiliyatini tarkib toptirishdan iborat jarayondir. Bu jarayon ta’lim oluvchining o’zi orqali yoki boshqa birov- ta’lim beruvchining ko’magida amalga oshirilishi mumkin. Ta’lim olish jarayoni esa turli xil metodlarga(usullarga) tayangan holda kechadi. Metod – grekcha “Metodos” so’zidan olingan bo’lib, “izlanish” yoki “bilish yo’li”, “nazariya”,“ta’limot” ma’nosini anglatadi. Ta’lim metodini(usulini) - ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchining ma’lum maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga va tartibga solingan yo’l-yo’rig’i sifatida ta’riflash mumkin.Kant fikricha “agar biz nimanidir metod deb aytsak, unda u asosiy qonuniyatlar bo’yicha harakat usuli bo’lish kerak” ya’ni, boshqa so’zlar bilan aytganda, metod - bu ko’r-ko’rona harakat bo’lmay, balkim yo’llantiruvchi, oydinlashtiruvchi, ma’lum nazariyaga asoslangan bo’ladi.Ulug’ nemis faylasufi Gegel fikricha, metod-bu subyektiv tomonda bo’lgan qurol hisoblanib, uning harakat usuli hamdir.Umuman olganda, metod-bu ilmiy bilimni tartiblashtiruvchi va bilishning asosiy nazariy instrumenti bo’lib,olib boruvchi izlanish yo’li hisoblanadi. Metod deb, yana shunday prinsiplar sistemasini ham tushunish mumkinki, qaysiki bu prinsiplar qoida, ma’lum topshiriqlar yechish faoliyati regulyativi bo’lsa.Metoddan ham keng fikrni, uning ta’limoticbo’lgancmetodologiyanbildiradi. Ta’lim modelini, esa bir yoki bir nechta ta’lim metodlari yordamida amalga oshiriladigan ta’lim jarayoni amalga oshirish tuzilmasi, deb qarashimiz mumkin. Ta’lim metodi - bu ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchining ma’lum maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga solingan yo’l-yo’rig’idir. Pedagogik metodlarning turlari. Ta’lim metodlarini ta’lim maqsadlariga erishish bo’yicha, o’quvchi va o’qituvchining birgalikdagi ish faoliyatini tashkil qilishning belgilari bo’yicha quyidagicha guruhlarga bo’lish mumkin: O’qituvchi markazda bo’lgan uslublar; O’quvchi markazda bo’lgan (interfaol yoki interaktiv) uslublar. Odatda ushbu uslublardan biri yoki bir nechtasi ayrim o’qitish modellarida birvarakayiga foydalaniladi. Odatda dars jarayoni ikki yoki undan ortiq asosiy uslublardan tashkil topadi va bu uslublar dars mavzusiga to’la muvofiq bo’lib, o’quvchilarning bilim va tajribasi qay bosqichda ekanligiga qarab qo’llaniladi. O’qituvchi markazda bo’lgan uslub. Bu uslub orqali o’qituvchi o’zi egallagan ma’lumot va ko’nikmalarni o’quvchilarning sezgi organlari orqali uzatish yo’llarini qidiradi. Bunda o’quvchilarning ishtiroki passiv bo’ladi, ya’ni ular tinglaydilar, kuzatadilar va ma’ruzalarni yozib boradilar. Bu uslublar asosan o’qituvchining quyidagi faoliyat turlari orqali amalga oshiriladi: Og’zaki o’qitish usuli (ma’ruza, hikoya) Insonlar o’rtasidagi eng sodda muloqot yo’llaridan biri – og’zaki nutq – og’zaki ta’rif yoki asosiy mazmunning og’zaki ifodasi hisoblanadi. Bu uslub butunlay «so’zlash» orqali amalaga oshiriladigan o’qitishning eng rasmiy uslubi hisoblanadi. U 40 daqiqa yoki undan uzoqroq davom etadi va odatda o’quvchining ishtiroki uchun hech qanday imkoniyat qoldirmaydi.Bunda asosan o’quvchining eshitish qobiliyati ishga solinadi. Tasviriy ifodalarni qo’llash usuli (illustratsiya) Bu faoliyat orqali yetkazilishi kerak bo’lgan bilim yoki malakalarni tasvirlovchi rasmlar orqali o’quvchilarning ko’rish qobiliyati ishga solinadi. O’quvchilarga yetkazilmoqchi bo’lgan ma’lumotlar tasvirlab berish orqali turli simvollar yordamida yetkaziladi. Bunday tasviriy ifodalar quyidagi vositalar yordamida amalga oshiriladi: doska, maxsus oq doska, video tasvir, videoproyektor, kodoskop, kompyuter grafiklar, magnit taxta, rasmlar, suratlar, bo’yoqli rasmlar, grafik va jadvallar, diagrammalar, namunaviy va maxsus shaffof qog’ozga tushirilgan tasvirlar. Namoyish etish usuli (demonstratsiya) O’qituvchi ma’lum bir asbob yoki jihozdan foydalanish vazifasini yoki topshiriqqa aloqador harakatlarni namuna sifatida namoyish etib berishi mumkin. Yakka holda namoyish etish o’quvchini ko’rish qobiliyatidan foydalanishga undaydi. Informatika va AT ni o’qitishda qo’llaniladigan innovatsion texnologiyalar. Akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalari ta’lim jarayonida yangi innovatsion texnologiyalar asosida darslarni tashkillashimiz mumkin.


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling