“Informatika va axborot texnologiyalari” fanining predmeti, ob’ekti, metodi va boshqa fanlar bilan o’zaro a’loqadorligi


Download 0.83 Mb.
Sana13.04.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1349706
Bog'liq
1-mavzu

"Informatsion-kommunikatsion texnologiyalari"fanining predmeti va vazifasi

R E J A:

  • Fanning predmet va vazifalari
  • Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari va manbaalari
  • Axborot texnologiyalarining tarkibiy tuzilishi va klassifikasiyasi
  •  

    Tayanch so’z va iboralar. Axborot, texnologiya, ob’ekt, axborotni yg’ish, qayta ishlash, uzatish, qaror qabul qilish, informatika, saqlash, va h.q.

ADABIYOTLAR

  • Kennet C.Laudon, Jane P.Laudon. Management Information Systems.14-edition. 1914. 670 p.
  • Informatika va axborot texnologiyalari. Ma’ruzalar to’plami. T. 2015.-1- ma’ruza.
  • B.Begalov va boshqalar. Informatika va axborot texnologiyalari. O’quv qo’llanma. T. 2013. -566 bet
  • A.Kenjaboev va boshqalar. Informatika va axborot texnologiyalari. O’quv qo’llanma. T. 2013. -160 bet

“Informatsion-kommunikatsion texnologiyalari” (IKT) fani haqida tushuncha

Bu fan ikkita qismdan iborat

Informatika sohasining asosiy resursi bu - axborotdir


Informatika
Axborot texnologiyalari

“Informatsion-kommunikatsion texnologiyalari” (IKT) fani haqida tushuncha

Axborot inson nutqida, kitobdagi matnlarda, musavvir tasvirida va boshqalarda mavjuddir.


Moliyaviy kelishuv
Fikr
Axborot almashishi

“Informatsion-kommunikatsion texnologiyalari” (IKT) fani haqida tushuncha

Informatika fanining vazifasi – axborotlarni qayta ishlashning yangi usullari va vositalarini yaratish hamda ularni amaliyotda qo’llashdan iboratdir.

“Informatsion-kommunikatsion texnologiyalari” (IKT) fani haqida tushuncha

“Axborot texnologiyalari” vazifasi axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuidir.

“Informatsion-kommunikatsion texnologiyalari” (IKT) fani haqida tushuncha

Texnik vositalarda axborotlarni to’plash, ro’yxatga olish, kompyuter texnologiyasi yordamida axborotlarni yg’ish, saqlash, qayta ishlash, uzatish, va xo’jalik faoliyatini avtomatlash-tirilgan holda tashkil etishdan iborat.

IKT asosiy omillari

Informatsion-kommunikatsion texnologiya-arining omillari ikkitaga bo’linadi:

  • Ichki omillar
  • Tashqi omillar

Ichki omillar

Bu axborotni paydo bo’lishi, (yaratilishi) turlari, xossalari axborot bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k.

Tashqi omillar

Bu axborot texnologiyasining turli texnik uskunaviy vositalari orqali axborot bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.

IAT asosiy omillari


Axborot
Texnik ta’minot
Dasturiy ta’minot
Tarmoq ta’minoti
Tizim
IAT asosiy omillari

Informatsion-kommunikatsion texnologiyalar fanining vazifalari

  • Boshqaruv hodimlarini ob’ekt haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash.
  • Komp’yuterlar va hisoblash texnik vositalarida xo’jalik ma’lumotlarini qayta ishlash.
  • Xo’jalik faoliyati tashqi va ishki aloqalarini axborot hisobini bog’liq holda olib borish.
  • Xo’jalikni rivojlantirishda peja topshiriqlarni tuzish va ishlab chiqish.
  • Xo’jalik faoliyati ma’lumotlarini son va sifat jihatdan tahlil qilish va h.k.

O’zbekistonda IAT ni rivojlanish jarayonlari va uning boshqa sohalarga ta’siri

O’zR Prezidentining “Komputerlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida” 2002 yil 30 maydagi ПФ-3080-son farmoni


Iqtisodiyotning turli tarmoqlari, boshqaruv, biznes, fan va ta’lim sohalariga axborot texnologiyalarini keng joriy etish hamda aholining turli qatlamlariga zamonaviy komputer va axborot tizimlaridan keng foydalanishlari uchun qulay shart-sharoit yaratib berishda bu farmonning qabul qilinishi asosiy qadam bo’ldi.

O’zR Prezidentining“Axborot –kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2005 yil 8 iyuldagi PQ-117 qarori


Bu qarorga asosan: - 2010 yilgacha telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish; - 2010 yilgacha mahalliy davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlari faoliyatida АКТni qo’llash dasturlari; - Milliy axborot-qidiruv tizimini shakllantirish dasturlarini yaratish. - Davlat organlarining web-saytlarini va Hukumat portallarini rivojlantirish

Informatsion-kommunikatsion texnologiyalarining xo’jalik faoliyatidagi ahamiyati.

  • Ishlab chqarish xo’jalik faoliyati rahbarlarini tezkorligini oshirish, ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish.
  • Boshqaruv va xizmatchi hodimlarni og’ir mehnatlardan ozod qilish.
  • Hodimlarni axborotlardan foydalanish darajasini oshirish va axborotlarni qayta ishlash vaqtini kamaytirish.
  • Axborot oqimlarini markazlashtirish va avtomatlashtirish asosida qog’ozbozlikni kamaytirish.
  • Axborotlarga nisbatan ishonchlilik,aniqlik va tezkorlikni oshirish va h.k.

Mavzu bo’iycha savollar

  • Informatika faning vazifasi nima?
  • Axborot texnologiyalari deganda nimani tushunasiz?
  • IATning omillari?
  • IATning vazifasi va maqsadi?
  • O’zP IAT rivojlantirish maqsadida qabul qilingan qarorlar?

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling