Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi
Download 15.45 Kb.
|
.trashed-1696700337-1OhfVG6QbPejXoK0IRLb1hkBL6zdp0oAf49my3nh
mavzu: Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi fani va uning informatika oʻqituvchisining uzluksiz ta’limi tizimidagi oʻrni. Ushbu mavzuda Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi fani va uning informatika o‘qituvchisining uzluksiz ta’limi tizimidagi o‘rni haqida ma’lumotlar beriladi. Mavzu orqali tinglovchilardagi informatika fanini o‘qitish uslubiyoti kursi va uning bo‘lajak informatika o‘qituvchisining uzluksiz ta’limi tizimidagi o‘rni haqidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, mustahkamlashdan iborat. «Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi» fani umumta’lim maktab «Informatika va axborot texnologiyasi» fanlarini o‘qitish qonuniyatlarini tadqiq qiluvchi bo‘lim hisoblanadi. Informatika fanini o‘qitish qo‘yidagi maqsadni ko‘zda tutadi: Bo‘lajak o‘qituvchilarni informatika fanini ijodiy o‘qitish va o‘zlarining amaliy faoliyatlarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari bilan qurollantirish; Bo‘lajak o‘qituvchilarni informatika sohasi bo‘yicha turli-tuman shakldagi sinf va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o‘tkazishga tayyorlash; Bo‘lajak o‘qituvchilarni ta’lim sohasini axborotlashtirishning yo‘llari va ulkan istiqbollari haqidagi tasavvurlarini rivojlashtirish hamda chuqurlashtirish. Bo‘lajak informatika o‘qituvchisi o‘sib kelayotgan avlodning umumta’lim maktablari «Informatika va axborot texnologiyalari» fanlarining ahamiyatini, ularning mazmunini ajratish tamoyillarini, shuningdek, ularning boshqa fanlar bilan aloqadorligini tushunishi zarur. Download 15.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling