Informatika va axborot
Download 4.2 Mb. Pdf ko'rish
|
10-sinf-informatika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent – 2017
- Shartli belgilar
- SO‘Z BOSHI Qadrli o‘quvchilar!
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI O‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik 1-nashri O‘zbekiston Respubllkasi Xalq ta'limi vazirligi tasdiqlagan Toshkent – 2017 UDK: BBK Mualliflar: Taylaqov Norbek Isaqulovich Axmedov Akrom Burxonovich Paradyeva Mehriniso Daniyarovna Abdug‘aniyev Abduvali Abdulhayevich Mirsanov Uralboy Muxammadiyevich Pedagogika fanlari doktori, professor N.I.Taylaqovning Norbek Isaqulovich umumiy tahriri ostida. Taqrizchilar: A.Abduqodirov – Toshkent davlat pedagogika universiteti “Informatika o‘qitish metodikasi” kafedrasi professori, pedgogika fanlari doktori, S.Jumanazarov – TSHO‘QTMOI kafedrasi mudiri fizika - matematika fanlari nomzodi, dotsent, S.Eshtemirov – Samarqand Davlat universiteti “Informatika” kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi, B.Boltayev – Respublika ta’lim markazi bosh mutaxassisi. B.Karimov – Toshkent shahridagi 90-umumiy o‘rta ta’lim maktabining oliy toifali informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi. Shartli belgilar: – darsning boshlanishi; – yodda saqlang; – savol va topshiriqlar; – uyga vazifa. Respublika maqsadli kitob jamg'armasi mablag'Iari hisobidan chop etildi ISBN: 9789943485945 3 SO‘Z BOSHI Qadrli o‘quvchilar! Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli Qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limining davlat ta’lim standarti hamda umumiy o‘rta ta’limning informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha malaka talablari asosida yaratilgan. Darslikda sizning quyi sinflarda olgan Microsoft Office Excel elektron jadvalda ishlashni davom ettirib, MS Excel 2010 da amallar va formulalar, funksiyalar kutubxonasi bilan ishlash hamda mantiqiy va matematik funksiyalardan foydalanib, amallar bajarishni o‘rganasiz. Darslikning ikkinchi bobida MS Access 2010 ma’lumotlar ombori haqida tushuncha berilib, uning boshqarish tizimlari, jumladan, ma’lumotlar omborini tashkil etish, ma’lumotlar omborida jadvallarni o‘zaro bog‘lash, ma’lum bir shablon bo‘yicha ma’lumotlar qidirish va ularning qayta ishlash usullari bilan tanishasiz. Darslikning uchinchi bobida Delphi dasturlash muhitida ilovalar yaratish asoslari bilan tanishasiz. Xususan, ilova oynasini hosil qilish, unga tayyor boshqarish obyektlarini joylash va interfaol ilovalarni yaratish imkoniyatlarini o‘zlashtirasiz. Bir so‘z bilan aytganda, darslikdagi bilimlarni o‘zlashtirib, siz uzviy ravishda o‘z-o‘zingizni ma’naviy, ruhiy va intelektual rivojlantirish, kamolotga intilish, kognitivlik ko‘nikmalaringizni mustaqil ravishda muntazam oshirib borasiz va o‘z xatti-harakatingizni baholash imkoniyatiga ega bo‘lasiz degan umiddamiz. Download 4.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling