67
30-DARS. MS ACCESS 2010 DA MA’LUMOTLAR
OMBORINI HOSIL QILISH VA TAHRIRLASHDA
FORMALARDAN FOYDALANISH
Formalar MO yangi ma’lumotlarni kiritish va mavjud ma’lumotlarni
ko‘rib chiqish uchun ishlatiladi.
Forma ma’lumotlarni kiritish uchun mo‘ljallangan maydonlari bo‘lgan
elektron blank ko‘rinishiga ega. Bu maydonlarga kiritilgan ma’lumotlar
bevosita MOning jadvaliga qo‘shiladi.
Umuman olganda,
forma hosil qilinmasdan ham ma’lumotlarni
asosiy
jadvalga kiritish mumkin. Lekin jadvalga ma’lumotlarni
forma orqali
kiritish ancha qulaylik tug‘diradi. Jadvalga ma’lumotlarni
kiritish uchun
turlicha
forma tuziladi.
MS Access 2010 da MO yangi ma’lumotlarni kiritishning ikki xil usuli
mavjud:
bevosita MO jadvaliga kiritish;
maxsus tuzilgan
formalar orqali kiritish.
Do'stlaringiz bilan baham: