Darsning tashkiliy qismi :
o’quvchilarning darsga tayyorligi;
sinf xonasini va kompyuterva uning qurilmalarini darsga tayyorligi;
davomatni aniqlash;
Mavzuni yoritish:
Dars ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi shaklida olib boriladi.
O‘quvchilarga turli shakllar Chizish uskunalar paneli orqali amalga oshirilishi va uning qanday imkoniyatlar berishi aytib o’tiladi. Keyingi qadamda ularga Chizish uskunalar paneli va Paint uskunalar panelining o’xshash yoki farqli tomonlarini aytib berish tavsiya etiladi.
O‘quvchilar dars mazmuni bilan tanish bo’lganligi uchun aylana, ellips, yoy, uchburchak, to’g’ri to’rtburchak, kub, quyosh, oy kabi shakllarni chizib ko’rsatiladi. Ularga Paintdagi kabi amallar: shakllarga o’zgartirishlar (chiziq rangi va turi, o’lchami, shaklni bo‘yash, akslantirish va burish) kiritishni mustaqil bajarish tavsiya etiladi.
Chizilgan ba’zi shakllarda sariq rangli romb aks etishi va uning (shaklni o’zgartirish) vazifasi aytib o’tiladi. Bu rombning vazifasini o’quvchilar o’zlari amalda ko’rib chiqishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘quvchilar e’tiborini Chizish uskunalar panelidagi Ta’sir ko‘rsatish bo‘limiga qaratish lozim. Bu bo‘limdagi Guruhlash va Tartib amallarining vazifasini tushunish juda muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |