Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan


Download 0.66 Mb.
bet1/26
Sana19.07.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1661191
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
INFORMATIKA 5-6 to\'garak konspekti


1- mashg‘ulot
Mavzu: Shaxsiy kompyuterning tashkil etilishi, protsessor, asosiy plata, disk yurituvchi, ma’lumotlarni saqlash vositalari haqida
Dars maqsadi:
O‘quvchilarga shaxsiy kompyuterning tashkil etilishi, protsessor, asosiy plata, disk yurituvchi, ma’lumotlarni saqlash vositalari, vinchester, kompyuterning ba’zi qo‘shimcha qurilmalari, kompyuterni ishga tushirish haqida ma’lumot berish.
Asosiy tushunchalar:
Monitor, sistema bloki, klaviatura, tashqi xotira, disket, kompakt disk, vinchester, CD-ROM, disk yuritgich, sichqoncha, printer, karnay, quloqchin, kontekst-menyu.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Informatika darsligi. Informatikadan 5–sinf uchun electron dars ishlanma va mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. Mavzuga oid taqdimot slayd tayyorlanadi.
Darsning tashkiliy qismi :
o’quvchilarning darsga tayyorligi;

  1. sinf xonasini va kompyuterva uning qurilmalarini darsga tayyorligi;

  2. davomatni aniqlash;

Mavzuni yoritish:
Dars ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi shaklida olib boriladi.
O‘quvchilarga zamonaviy shaxsiy kompyuterning tashkil etilishi haqida ma’lumot 5-sinfda o‘quvchi yoshiga mos holda bayon qilingan. Monitor, sistema bloki, klaviatura amalda ko‘rsatib beriladi. Ularni o‘quvchilar o‘z kompyuterlarida amalda ko‘rishadi.
Monitorlar turlarining ko‘pligi, tasvir imkoniyatlari farqlanishi va zararli tomonlari haqida gapiriladi. Klaviaturaning vazifasi haqida so‘zlab, ularning turli xilda bo‘lishiga qaramay asosan bir xil klavishlardan iborat ekanligi uqtiriladi.
Sistema bloki turli yigiluvchi qismlarning birligi ekanligi ko‘rsatib beriladi (masalan, asosiy plata, protsessor, diskyuritgich, CD-ROM va hokazo). Shu o‘rinda sistema bloki bilan protsessor farqlanishini ta’kidlab o‘tiladi.
Ma’lumotlar (masalan, kino, klip, qo‘shiq, musiqa, rasmlar) hayotdagi kabi kompyuterda ham uzoq vaqt saqlanishi mumkinligi aytib o‘tiladi. O‘quvchilarga ozgina dam berish va ulardagi kopmpyuterr savodxonlilgiga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish uchun ular e’tiboriga klassik kuy, qo‘shiq yoki klip havola etilishi mumkin. Bu kuy, qo‘shiq yoki klip kompyuterga qanday olib kelib joylashtirilishini izohlab berish orqali kompakt disk, CD-ROM, vinchester haqida ma’lumot berish qiziqarli bo‘ladi. Kuyni eshitishda yoki klipni ko‘rish va ovozni eshitishda yordam beruvchi qurilmalar, ya’ni monitor, karnay, quloqchin haqida gapirib o‘tiladi. Shu o‘rinda, kichik hajmdagi ma’lumotlar (masalan, hikoyalar,
referatlar, maqolalar) bir kompyuiterdan boshqasiga qanday olib kelib joylashtirilishida disket va diskyuritgichning ahamiyati so‘zlab beriladi.
Endi hikoya yoki referatlar kompyuterdan qog‘ozga o‘tkazilishida printer kerakligi, ular bir necha xil (matritsali, purkovchi, lazerli) bo‘lishi haqida gapirib, amalda ko‘rsatib beriladi.
Kuyni eshitish yoki hikoyani chop etish jarayonida o‘quvchilar kompyuterni boshqarishda sichqonchaning ahamiyatini, kontekst-menyu ko‘rinishi qandayligini kuztishadi.
Kompyuterni ishga tushirish ketma-ketligi doskaga yozib, o‘quvchilarga bu ketma-ketlikni Xavfsizlik texnikasi qoidalari asosida amalda bajarish tavsiya qilinadi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling