Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan
Download 0.66 Mb.
|
INFORMATIKA 5-6 to\'garak konspekti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning tashkiliy qismi
- Tasvir imkoniyati
Asosiy tushunchalar: Piksel, tasvir, matritsa va o‘lcham hamda ekran imkoniyati va tasvir imkioniyati.
Mavzuni boshlashga hozirlik: O‘qituvchi tomonidan kompyuterlarni ishga hozirlanadi. IBM kopyuterlari uchun Paint Bruch, PAINT, PhotoShop va AutoCAD grafik muxarrirlaridan biortasi tayyorlanadi. Darsning tashkiliy qismi : o’quvchilarning darsga tayyorligi; sinf xonasini va kompyuterva uning qurilmalarini darsga tayyorligi; davomatni aniqlash; Mavzuni yoritish: O‘quvchilarga grafik muharrir haqida tushuncha beriladi. Ularning turlari va vazifalari haqida gapiriladi. Kompyuter tasvirlari qo‘llaniladigan sohalar aytib o‘tiladi. IBM kopyuterlari uchun PAINT, PhotoShop va AutoCAD grafik muharrirlarining ahamiyati va ishlatish sohalari haqida qisqa axborot beriladi. K ompyuter ekrani har qanday tasvirni mayda nuqtalarning majmuyi sifatida aks ettiradi. Ekranning har bir shunday nuqtasi piksel deb ataladi. Ekrandagi tasvirning biror qismi kattalashtirilsa, piksel rangli to’g’ri to’rtburchak shakliga egaligini ko’rish mumkin. Piksellarning ekranda joylashishini shaxmat doskasidagi kataklarning joylashishiga yoki rangli jadvalga o’xshatish mumkin. Demak, piksellar majmui ekranda tasvirni hosil qiluvchi jadvalni (matritsani) tashkil etar ekan. Kompyuter grafikasida ekran imkoniyati va tasvir imkoniyati tushunchalarini bir biridan farqlash lozimligi tushuntiriladi. Ekran imkoniyati - bu kompyuter sistemasining va operatsion sistemaning hususiyati bo‘lib, monitor, videoqurilma va operatsion sistema imkoniyatlariga bog‘liq. Ekran imkoniyati piksellarda o‘lchanadi va ekranda to‘lig‘icha joylashadigan tasvir o‘lchamini aniqlaydi. Tasvir imkoniyati - bu tasvirning xususiyati bo‘lib, bir dyuym uzunlikdagi kesmada nechta nuqta tasvirlangani (dpi) bilan o‘lchanishi aytib beriladi. Tasvir imkoniyatining qiymati tasvir faylida saqlanib, tasvirning yana bir xususiyati - haqiqiy o‘lchami bilan bog‘liq bo‘lishi tushuntiriladi. Tasvirning haqiqiy o‘lchami piksellarda yoki uzunlik o‘lchov birliklarida (millimetr, santimetr, dyum) o‘lchanishi misollar yordamida tushuntiriladi. Agar tasvirni ekranda ko‘rish kerak bo‘lsa, uning o‘lchamini piksellarda berish, yoki tasvirni qog‘ozga chop etish kerak bo‘lsa, uning o‘lchamini uzunlik o‘lchov birliklarida berish qulayligini misollar yordamida namoyish qilinadi. Tasvirning yana bir xususiyati - unda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan rang miqdori haqida, ya’ni, turli tasvirlar turli rang ko‘lamiga ega bo‘lishi, ya’ni mumkin oq-qora shtrixli, nimrang tasvir -kulrangning oqdan qoragacha asta o‘tib boruvchi tuslari, indekslangan rangli, to‘liq rangli bo‘lishi ayitiladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling