Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar bilan bog‘liq savollar bilan murojaat qilish va darslikdagi 1, 2 – mashqlarni bajarishni tavsiya etish maqsadga muvofiq. O‘quvchilar avval tayyorlab kelgan “Mening oilam” mavzusidagi hikoyani Wordda Familiya, Sharifi kabilarni nusxa ko‘chirishdan foydalanib yozishlari hamda avval o‘zlari yozgan matnlarni tahrir qilishlari mumkin.
O‘quvchilar matn tayyorlashda vaqt yo‘qotmasliklari uchun o‘qituvchi yomonidan turli (masalan, quyida keltirilgan “Qo‘shimcha mashqlarda keltirilgan Tahrir1” kabi) matnlarni avvaldan tayyorlab o‘quvchilarning kompyuterlariga o‘tkazib qo‘yilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shunda o‘quvchilar bu hujjatlarni ochib faqat dars mavzusi bilan bog‘liq amaliy ishlar bajaradilar. Bu dars samarasini oshirishga, yani o‘quvchilar tomonidan ko‘nikma va malakalarni egallashlariga yordam beradi.
Uyga vazifa:
“Ona-Vatan – O‘zbekistonim” mavzusida hikoya yozib kelish.
Qo‘shimcha savol va topshiriqlar
Hujjat tahrir qilinganidan so‘ng uni qanday saqlanadi?
Matnda belgilangan biror qism qanday nomlanadi ?
Matndagi bir nechta satr qanday o‘chiriladi ?
Matndagi biror so‘z yoki satrni boshqa satrga ko‘chirish jarayonini misollarda ko‘rsating.
Tahrirlashda ishlatiladigan klavishlar haqida so‘zlab bering.
Qo‘shimcha mashqlar.
Quyidagi birinchi ustundagi matnlarni yozib “Tahrir1” nomli hujjat hosil qiling va uni “Tahrir2” nomli hujjat kabi saqlab, so‘ngra ikkinchi ustundagi kabi tahrir qiling.
T/r
|
“Tahrir1”
|
“Tahrir2”
|
1.
|
Kereli belgila klavturadaterilad
|
Kerakli belgilar klaviaturada teriladi
|
2.
|
Beshkarrayigirma
|
Besh karra besh bu yigirma besh
|
3.
|
Matnga bror belgi qoshishchun avvl yurgchchi mtnningning belgi qoshi kk blgan joga o‘rnatish krak
|
Matnga biror belgi qo‘shish uchun avval yurgichni matnning belgi qo‘yilishi kerak bo‘lgan joyiga o‘rnatish kerak
|
Do'stlaringiz bilan baham: |